O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov


 Neft va gaz uyumlari va konlari to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

1.2 Neft va gaz uyumlari va konlari to‘g‘risida tushuncha 
Neft va gaz uyumlari deganda turli tipdagi tutqichlarda neft va gazlarning 
ma’lum bir chegaralarda (joylarda) to‘planishi tushuniladi. Uyumning o‘lchami va 
shakli tutqichning genetik tipiga, saqlagichlarning (rezervuarlarning) va undagi 
jinslarning parametrlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Kesimda biri ikkinchisi ustida joylashgan, bir yoki bir necha neft va gaz 
uyumlaridan tarkib topgan er po‘stining ayrim uchastkalari kon deb ataladi. 
Uyumlar soniga ko‘ra bir uyumli va ko‘p uyumli konlar ajratiladi. 
Uyumning sanoat miqyosidagi ahamiyatliligi neft va gaz zahiralari 
ko‘rsatkichlariga qarab belgilanadi, bu ko‘rsatkich uyumning sanoat miqyosida 
o‘zlashtirishning iqtisodiy jihatdan foydaliligini ta’minlaydi. Gaz (neft) zaxiralari va 
resurslarini baholash O‘zbekiston Respublikasining «Er osti boyliklari» (2002 y.) 


14 
qonuniga muvofiq amalga oshirilib, er osti boyliklaridan foydalanish 
munosabatlarini va xom ashyo bazasini rivojlantirish masalalarini hal qilish bilan 
amalga oshiriladi. Neft va gaz zaxiralari tasnifiga va uyumlarni o‘zlashtirishning 
foydaliligiga ko‘ra zaxiralar balans zaxiralarga va balansdan tashqari zaxiralarga 
bo‘linadi.
Uyumni o‘zlashtirishning foydaliligini baholash geologik-iqtisodiy hisob-
kitoblarga, neft va gaz qazib chiqarishning mumkin bo‘lgan texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlariga, ularni tayyorlashga, jihozlashga, transport vositasida tashishga
mahsulotni sotishga bo‘ladigan moliyaviy xarajatlarni hisobga olgan holda amalga 
oshiriladi. 
Neftning balans zaxiralarida unda erigan gaz va oltingugurt, erkin gazdagi 
kondensat va boshqa yo‘lakay komponentlar miqdori ko‘rsatiladi, zamonaviy 
texnika va texnologiyadan to‘liq va samarali foydalanib qazib olinadigan zaxiralar 
ko‘lami baholanadi. 
Uyumlar geologik tuzilishining murakkabligiga ko‘ra ikki guruhga 
bo‘linadi: 
- birinchisiga tuzilishi oddiy bo‘lgan uyumlar kiradi, ularning mahsuldor 
qatlamlari qalinligi va kollektorli xususiyatlari izchilligi (o‘zgarmasligi) bilan 
ajralib turadi. 
- ikkinchisiga tuzilishi murakkab bo‘lgan uyumlar mansub bo‘lib, ulardagi 
mahsuldor gorizontlar ko‘p qatlamliligi, qalinligi va kollektorlik xususiyatlarining 
kesim bo‘yicha, gorizontal va ko‘ndalang yo‘nalishlarda o‘zgaruvchanligi bilan 
tavsiflanadi. 
Neft va gaz uyumlari kollektorlarning tuzilishiga ko‘ra uchta asosiy tipga 
ajratiladi: 
1) qatlam uyumlari, ular ikki xil ko‘rinishda uchraydi:
a) qatlamli gumbazli; 
b) qatlamli litologik, stratigrafik va tektonik to‘silgan; 
2) massiv uyumlar; 


15 
3) litologik-chegaralangan uyumlar, ular biogerm, bar (qumuyum)lar, fatsial 
o‘rin almashinuvchi zonalar, notekis zichlashgan, sementlashgan va 
dolomatlashgan, karst hodisalar rivojlangan, erozion qoldiqlar va boshqalar 
tarqalgan joylarda uchraydi. 
Neft va gaz uyumi bitta izolyasiyalangan tabiiy saqlagichda bo‘lishi mumkin. 
Bunday holatda u qatlamli, massiv yoki litologik chegaralangan tipga mansub 
bo‘ladi. Uyum gidrodinamik bog‘liq (aloqador) tabiiy saqlagichlar guruhlarini 
birlashtirishi mumkin. Ularda gaz-suyuqlik va suv-neft tutash yuza (kontakt)larining 
absolyut balandligi mos holda bir xil bo‘ladi. Bunday uyum massiv yoki massiv-
qatlamli uyum sifatida ajratiladi.
Quduqlar debiti miqdori bo‘yicha to‘rt sinfga bo‘linadi
1.1-jadval 
Sinf 
Quduqlar 
Debitlar 
neft, t/d 
gaz, m
3
/d 

YUqori debitli 
50 dan katta 
500 dan katta 

O‘rtacha debitli 
10-50 
100-500 

Kam debitli 
2-10 
20-100 

Past debitli 
2 dan kichik 
20 dan kichik 
Uglevodorodlarning fazaviy holatiga ko‘ra quyidagi uyumlar ajratiladi (1.2-
jadval).
1.2-jadval 
Sinf 
Tur (tip) 
Tavsif 
B
ir
fa
za
li
Neftli 
Odatda tarkibida erigan gazsimon komponentlar bo‘lib, er 
qa’rida suyuq fazali holatda uchraydi 
Gazli 
Odatda tarkibida suyuq uglevodorodlar umuman bo‘lmaydi 
Gazkondensatli 
Tarkibida erigan suyuq komponentlar bo‘lib, er qa’rida 
gazsimon holatda bo‘ladi 
Ikki
fa
za
li
Gaz-neftli 
Suyuq faza ko‘p bo‘ladi 
Neft-gazli 
Gaz faza ko‘p bo‘ladi 
Gazkondensat-
neftli 
Suyuq faza ustun bo‘lganda neft uyumi gazkondensat qalpoqli 
bo‘ladi 
Neft-
gazkondensatli 
Gaz faza ustun bo‘lganda gazkondensatli uyum neft hoshiyali 
yoki yostiq shaklida bo‘ladi 


16 
Mahsuldor qatlamlarda harakatlanuvchi kuchlarning namoyonlanishini 
boshlang‘ich rejimiga ko‘ra quyidagi uyumlar turi (tipi) ajratiladi 
1.3-jadval 
R
eji
ml
ar
Neft 
Gaz 
erigan gaz 
gaz qalpog‘i 
gravitatsion 
qattiq suv bosimli 
tarang suv bosimli 
gaz bosimli 
gaz-suv bosimli 
Konlarni razvedka etaji deganda turli gipsometrik balandliklarda 
joylashgan,qabul qilingan quduqlar to‘ri bo‘yicha razvedka qilinayotgan bitta yoki 
bir nechta uyum tushuniladi. 
Neft va gaz zaxiralarining chiqarib olinayotgan miqdoriga ko‘ra 

25

konlar 
quyidagi toifalarga bo‘linadi (1.4-jadval). 
1.4-jadval 
Konlar 
Zaxiralar 
neft (10
6
t) 
gaz (10
9
m
3

Ulkan 
300 dan katta 
500 dan katta 
Juda yirik 
100-300 
100-500 
Yirik 
30-100 
30-100 
O‘rtacha 
10-30 
10-30 
Kichik 
10 dan kichik 
10 dan kichik 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


17 
I- bob uchun nazorat savollari: 
1.
 
Geologiya-ravedka ishlari deganda nimalar tushuniladi? 
2. Neft va gaz uchun geologik-razvedka ishlarining asosiy vazifalari nima? 
3. Geologik-razvedka ishlari jarayoni bosqichlariga nimalar kiradi? 
4. Geologik-razvedka ishlarining bosqichlari nimalarni o‘z ichiga oladi? 
5. GRI natijalarini ifodalaydigan asosiy hujjatlarga nimalar kiradi? 
6.
 
Neft va gaz uyumlari to‘g‘risida tushuncha bering? 
7. Neft va gaz konlari to‘g‘risida tushuncha bering?
8. Neft va gaz uyumlarini asosiy turlari (tiplari)? 
9. Uglevodorodlarning fazaviy holatiga ko‘ra uyumlar qanday turlarga 
ajratiladi? 
10. Quduqlar debiti miqdori bo‘yicha qanday sinflarga bo‘linadi?
11. Neft va gaz zaxiralarining chiqarib olinayotgan miqdoriga ko‘ra konlar 
qaysi toifalarga bo‘linadi? 


18 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə