O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


10 
BIRINCHI QISM 
I - BOB
 .
NEFTGAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH 
JARAYONINING MAQSADI VA VAZIFALARI 
 
Neftgaz to‘plamlarining izlov va razvedkasi tushunchasi 
Neft va gaz to‘plamlarini izlash va razvedka ishlari murakkab, uzoq muddatli va qimmat 
jarayon bo‘lib, u adabiyotlarda neft va gaz uchun olib boriladigan
geologiya-ravedka ishlari
(GRI) 
deb ham ataladi. 
Bu jarayon bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan geologiya-razvedka ishlarining turli 
metodlarini qamrab oladi. 
1.1. Neftgaz to‘plamlarining izlov va razvedka ishlarining maqsad
va vazifalari 
Tizimiy asosda bajariluvchi geologiya-razvedka ishlarining maqsadi uglevodorodlarning 
razvedka qilingan, sanoat ahamiyatiga molik zaxiralarini tayyorlashdan iborat. Bu maqsadga erishish 
esa o‘z navbatida davlatning neftgaz sanoatidagi xom ashyo bazasini mustahkamlab, suyuq 
uglevodorodlar va tabiiy gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichlari dinamikasini ta’minlashga asos yaratadi.
Geologiya-razvedka jarayoni natijasida aniqlangan neftgaz to‘plami iqtisodiy jihatdan 
baholanadi va uni ishlatishlikka tayyorlanadi. 
Neft va gaz uchun bajariladigan geologik-razvedka ishlarining asosiy vazifalariga xalq
xo‘jaligini suyuq gazsimon uglevodorodlarning razvedka qilingan zahiralari bilan ta’minlash 
hamda xom ashyo tayyorlovchi sanoat sohalarini rivojlantirish maqsadida er qa’rini reja asosida 
o‘rganish jarayoni kiradi. 
Bajariladigan ishlarni oqilona rejalashtirish va konlarni samarali o‘zlashtirishga tayyorlash 
maqsadida geologik-razvedka jarayoni va bir-biriga bog‘liq regional, izlov va razvedka etaplariga, 
ular o‘z navbatida bosqichlarga va kichik bosqichlarga bo‘linadi. Har bir etap va bosqichlar geologik 
ob’ektlarning o‘rganilganlik darajasiga, asosiy masalalarning echimi turiga, ishlar majmui tipiga va 
yakuniy hujjatlarga ko‘ra tavsiflanadi. Bosqichlarga bo‘lishda bajariladigan ishlarning ketma-ketligi,
GRI kompleksining amalga oshirilishi hamda konlarni izlash va razvedka qilish jarayonida 
aniqlangan geologik ob’ektlarning o‘ziga xos xususiyatlari asos qilib olinadi. 
Geologik-razvedka ishlari jarayoni quyidagi bosqichlardan tarkib topadi: 


11 

neft-gazlilik istiqbolini regional o‘rganish; 

neft-gazlilik istiqbolini zonalar bo‘yicha o‘rganish va tutqichlarni izlash: 

maxsus geofizik metodlar bilan belgilangan strukturalar va tutqichlarni hamda “uyum” 
turidagi anomaliya (UTA) ob’ektlarini izlov burg‘ilashga tayyorlash; 

neft va gaz uyumlari va konlarini izlash hamda ularning dastlabki o‘lchamini tavsiflash; 

neft va gaz konlarini razvedka qilish, o‘zlashtirishga tayyorlash va zahiralarni hisoblash; 
-
murakkab geologik tuzilishli ayrim konlarni qo‘shimcha razvedka qilish. 
Neft va gaz uchun bajariladigan geologik-razvedka ishlarining asosiy 
vazifalariga xalq xo‘jaligini suyuq va gazsimon uglevodorodlarning razvedka 
qilingan zaxiralari bilan ta’minlash hamda xom ashyo tayyorlovchi sanoat 
sohalarini rivojlantirish maqsadida er qa’rini reja asosida o‘rganish jarayoni kiradi. 
Geologik-razvedka ishlari regional ishlar bilan boshlanadi, lekin istiqbolli 
uchastkalarda izlov va razvedka ishlarining turli muddatlarda o‘tkazilishi sababli 
bitta hudud chegarasida GRI ning turli etap va bosqichlarini birgalikda o‘tkazishga 
to‘g‘ri keladi. 
Har bir bosqichda qo‘llaniladigan tadqiqotlarning metodlari va turlari 
geologik-geofizik komplekslar tarkibiga kiradi va ular bajariladigan GRI ning 
geologik va iqtisodiy samaradorligini ta’minlashi zarur. 
Geologik-geofizik ishlar kompleksiga izlov burg‘ilashi boshlanishidan oldingi 
yoki burg‘ilash jarayonidagi UV ning bashoratli resurslarini hisoblash hamda izlov
burg‘ilashiga tayyorlangan har bir struktura bo‘yicha neft, tabiiy gaz va 
kondensatlarning istiqbolli resurslarini aniqlash kiradi. UV ning istiqbolli resurslarini 
S
3
toifa bo‘yicha hisoblash jarayoni istiqbolli resurslarga tenglashtirilgan taxminiy 
zaxiralarni o‘zlashtirishning foydaliligini baholash bilan birga olib boriladi. 
Ilmiy ishlanmalar va amaliy tavsiyalar ijobiy samara olinishi taxmin 
qilinayotgan tashkilotlarda ekspertizadan o‘tkaziladi. Agarda ular ijobiy baholansa, 
ish bajaruvchi tashkilotning loyiha-smeta hujjatlariga zaruriy o‘zgartirishlar 
(qo‘shimchalar) kiritilib, amaliyotga tatbiq etish uchun qabul qilinadi. 


12 
Neft va gaz konlarini izlash va razvedka qilish ob’ektlar bo‘yicha 
tasdiqlangan va rejaga, tuzilgan geologik vazifalarga va loyihalarga muvofiq 
amalga oshiriladi [35]. 
Izlov va razvedka ishlari ishlab chiqarish tashkilotlari, loyiha va ilmiy-tadqiqot 
institutlari tomonidan birgalikda loyihalanadi. Yirik va o‘rtacha kattalikdagi neft va 
gaz konlari xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun ularni 
razvedka qilish loyihasini tuzishni yirik ilmiy tashkilotlarga mualliflik nazoratini 
olib borishni topshirgan holda yuklatish mumkin. 
Geologik-razvedka ishlarining barcha bosqichlarida ishlab chiqarish va 
ilmiy-tadqiqot 
tashkilotlari 
tomonidan 
tezkor 
tahlil 
qilinadi, 
natijalar 
umumlashtiriladi va ishlarning samaradorligi baholanadi, ular quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: 
- istiqbolli strukturalar va konlarning tuzilishi modelini aniqlash, navbatdagi 
izlov, razvedka va parmetrik quduqlarning burg‘ilanadigan o‘rnini belgilash 
maqsadida bajarilgan izlov-razvedka burg‘ilashi, 2D va 3D umumiy chuqurlik 
nuqtalari metodi (UCHNM) va boshqa dala geofizika metodlari yordamida 
to‘plangan materiallarni kompleks tadqiq qilish va ularga ishlov berishni; 
- sinash uchun istiqbolli ob’ektlarni ajratish maqsadida quduqlarni geofizik 
tadqiq qilish materiallarini umumlashtirish va tahlil qilishni; 
- izlov va razvedka quduqlaridan olingan salbiy natijalar sababini 
o‘rganishda keyingi bajariladigan ishlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, ya’ni 
ob’ektni izlov burg‘ilashidan chiqarish yoki ularni davom ettirishni; 
- O‘zbekiston Respublikasining neft-gazli regionalarida yaqin kelajakda 
qaziladigan chuqur izlov-razvedka quduqlarini va seysmik razvedka ishlari hajmini 
GRI yo‘nalishlari bo‘yicha joylashtirish taklifini tayyorlashni. 
Izlov va razvedka ishlarining barcha bosqichlarida olingan natijalarni 
geologik-iqtisodiy baholash zarurdir. Unda bajarilgan ishlar majmuining iqtisodiy 
samaradorligi aniqlanadi, geologik-razvedka ishlarini geologik hamda iqtisodiy 
sharoitlarni hisobga olgan holda davom ettirishning yoki to‘xtatishning maqsadga 


13 
muvofiqligi asoslanadi, ya’ni konlarning kutilayotgan zaxiralarini o‘zlashtirishning 
foydaliligi baholanadi. 
Quyidagilar mazkur ishlar natijalarini ifodalaydigan asosiy hujjatlar 
hisoblanadi: 
1) tegishli Yo‘riqnomalarga muvofiq bajarilgan ishlar to‘g‘risida tuzilgan 
geologik hisobotlar;
2) ijobiy natijalar olingan hollarda:
a) izlov bosqichidagi ishlar bajarilgandan va konning geologik tuzilishi 
tavsiflangandan so‘ng razvedka bosqichi loyihasi tuziladi yoki konni tajriba-sanoat 
miqyosida ishlatishga yoki konservatsiyalashga (vaqtincha to‘xtatishga) topshirish 
uchun ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy reglamenti;
v) razvedka bosqichi zaxiralarini hisoblash bo‘yicha tuzilgan hisobot; 
3) izlov bosqichida salbiy natijalar olingan hollarda o‘tkazilgan tadqiqotlar 
to‘g‘risida hisobot tuziladi va unda olingan natijalar va xulosalar va keyingi 
ishlarning maqsadga muvofiqligi tahlili beriladi; 
4) hisobotda keltirilgan xulosalar asosida F-03-GR davlat statistik hisoboti 
shakliga tegishli qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə