O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov


Lokal ko‘tarilmalarning aerokosmik s’emkalardagi tasviri



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Lokal ko‘tarilmalarning aerokosmik s’emkalardagi tasviri 
Ma’lumki, neft va gaz to‘plamlarining lokal toifalari – neft va gaz konlari va 
uyulari aksariyat hollarda qatlamlarning antiklinal egikliklari bilan bog‘liq holda 
uchraydi. SHuning uchun ham neft va gazni eng avvalo neftgazlilikning qulay 
shart-sharoitlari mavjud bo‘lgan hududlardagi antiklinallar va gumbaz 
ko‘tarilmalarda izlash lozim.
Demak, neft va gaz uchun bajariladigan izlov-razvedka ishlarida birinchi 
darajali vazifa deb - bu lokal strukturalarni izlashdan iborat deb qabul qilingan.
Ayniqsa 
bu 
masalaning 
echimi 
kam 
tadqiq 
etilgan, 
avvallari 
o‘zlashtirilmagan rayonlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday rayonlarda, 
hali geofizik va burg‘ilash jarayonlari boshlanmasdan oldingi regional ishlar 
darajasida lokal ko‘tarilmalarni aniqlash uchun aerometod s’emka juda katta 
yordam berishi mumkin.
Bunday metodlarni qo‘llashlik eng yosh faol tektonik jarayonlar bilan 
tavsiflangan rayonlarda yosh hamda uzviy rivojlangan burmalarni xaritalash 
imkonini beradi. 
Zamonaviy relefning eng yosh tektonik harakatlar natijasida shakllanganigi 
qayd etilgan. Hamda zamonaviy relef ko‘tarilmalarning eng yangi davrda (neogen-
to‘rtlamchi) rivoj topib o‘sganligi haqida ma’lumot berishi mumkin. SHuning 


23 
uchun ham aerofotosuratlarda aks etgan landshaft er yuzasida aks etgan lokal 
ko‘tarilmalarning, 
ba’zida 
esa 
ko‘milgan 
strukturalar 
bilan 
bog‘liq 
ko‘tarilmalarning maydon bo‘ylab joylashganligini belgilash imkonini beradi. 
Eng yosh ko‘tarilish tektonik harakatlarini boshidan o‘tkazayotgan lokal 
ko‘tarilmalar aerofotosuratlarda, ko‘p hollarda odatiy tarzda gidrografik to‘r 
tasvirida aks etgan bo‘ladi.
Fotosuratlarda bu hol strukturalar ustida radial, aylana yoki ellipis shaklda 
aks etadi. Bunda markazdan qochuvchi radial tasvirlar gumbazsimon, qubba 
ko‘tarilmalar bilan, markaz tomon yo‘nalganlari esa - egikliklar, botiqliklar bilan 
bog‘liq bo‘ladi. Daryo vodiylari lokal ko‘tarilmalarni aylanib o‘tishligi 
aerosuratlarda aks etadi va ularni oson interpretatsiyalash mumkin. 
Neftgazli strukturalarni izlashda geobotanik ma’lumotlar ham katta yordam 
berishi mumkin. Kuzatuvlarga ko‘ra, lokal ko‘tarilmalar ustidagi tepaliklar 
chekka qismlarini aks ettiruvchi aerofotosuratlarda ko‘pincha dog‘lar va chiziqlar 
qayd etiladi, ularning ranglari (“fototon”) tutashgan maydonlarnikidan farq qiladi. 
Aksariyat hollarda bunday fototonlarning o‘zgarishiga o‘simliklarning nonormal 
rivojlanishi sabab bo‘ladi. Bu esa ayrim holatlarda tuproqning keragidan ortiq
sho‘rlanganligi, boshqa hollarda - tuproq qatlamlariga uglevodorodlarning sizib 
chiqishi bilan bog‘liq. Neftli strukturalar ustidagi fototonlarning bunday 
o‘zgarishlari qator neftgazli hududlarda qayd etilgan. 
Lokal ko‘tarilmalarni aniqlashda aerometodlarning ahamiyati na faqat
bunday ob’ektlarning joylashgan erini va umumiy chegarasini belgilashda, balki
bu metodlar yordamida maydonlarni mufassal xaritalab, ma’lum uchastkalarda 
geologiya-razvedka ishlarini o‘tkazishga aniq tavsiyalar tayyorlashda hamdir. 
Aerofotosuratlarda aks etgan geomorfologik belgilardan foydalanish hozirgi 
davrda musbiy tektonik harakatlar davom etayotgan ko‘milgan (er sathida aks 
etmagan) lokal ko‘tarilmalarni aniqlash imkonini beradi. Bunday belgilar asosida 
G‘arbiy – Sibir tekisliklaridagi neft va gaz izlash uchun maqbul bo‘lgan 
strukturalar aniqlangan. 


24 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə