Tuz gumbazli strukturalar belgilari Tuz gumbaz tektonikasi namoyon bo‘lgan oblastlarda o‘simliklar va tuproq
qoplamalarining namoyonlik tavsiflari tuz gumbazlarni aniqlash imkonini beradi.
Masalan, sho‘r cho‘l mintaqalaridagi tuz gumbazli tuzilmalar aerofotosur’atlarida
qubba strukturalarning gumbaz qismida kuchli namlanganlik deflyasion
pasayishlikda o‘simliklar kuzatilmaydi. Pasayishlik markazida tuzning diapirsimon
do‘ngligi fotosuratda ochiq rang bilan qayd etiladi. CHuqurliklar yon bag‘ri
emirilgan va mayda tartibdagi erozion kesishishlar bilan qoplanadi.
Balchiq vulqonli tuzilmalarning deshifrovkalash belgilari Aerofotosuratlarda juda yaxshi namoyon bo‘ladigan balchiq vulqonlari
yopiq (er sathida aks etmagan) neftgazli tuzilmalarning yondosh deshifrovkalash
belgisi sifatida xizmat qiladi. Odatda ular antiklinallarning gumbaz qismlari bilan
bog‘liq.
Masalan, Turkmanistonda balchiqli vulqon strukturalar chukurlikdagi
antiklinallarning asosiy ko‘rsatgichi hisoblanadi. Quruqlik aerofotosuratlarida
balchiqli vulqonlar o‘simliklar mavjud bo‘lmagan uchastkalarni aniqlash bilan
xaritalanadi, yirik masshtabdagi suratlarda esa - suyuq konsistensiyali tepalik
brekchiyalari yoki suv bilan to‘lgan aylana shaklidagi vulqon og‘zi (kraterlar)
orqali aniqlanadi.
Balchiqli vulkanizm bilan murakkablashgan suv osti tuzilmalarini aniqlash Aerometodlar yordamida balchiqli vulkanizm bilan murakkablashgan suv
osti neftli tuzilmalarni aniqlash mumkin. Suv osti ob’ektlarini aerosur’atga
tushirish bo‘yicha maxsus metodika ishlab chiqilgan bo‘lib, ular yordamida
ma’lum dengiz burmalarining tuzilishi aniqlashtiriladi.
Bunday metodni qo‘llash asosida Kaspiy, Qora va Azov dengizlarining suv
osti yon bag‘irliklarida yangi tuzilmalar aniqlangan.
Aerofotosuratlar yordamida balchiqli vulqonlarni xaritalash neft va gaz
to‘plamlarini izlashda muhim ahamiyatga ega, chunki ular neftli va gazli joylar
alomati hisoblanadi va qoidaga ko‘ra antiklinal burmalarning buzilgan qismlariga
25
joylashgan bo‘ladi. Aerosuratalarda suv osti balchiqli vulqonlar qattiq jinsli
harsang tepalik brekchiyalaridan yuvilib tushgan pastliklarni to‘ldirgan chig‘anoq
yotqiziqlar bilan ifodalangan konsentrik yoy sifatida aks etgan.