29
Davlat geologik s’yomka ishlari 1 : 1 000 000 va 1 : 500 000
masshtabda
bajariladi va kam o‘rganilgan hududlarda joyni oldindan tekshirib bilish
(rekogonossirovka) marshrutli razvedka ishlari bilan birga olib boriladi. Bundan
maqsad – u yoki bu foydali qazilmalar turi bo‘yicha,
jumladan neft va gaz izlov-
razvedka ishlarini keyingi bosqichga o‘tkazish uchun geologik tuzilishning
umumiy sifatlarini aniqlash va qulay rayonlarni ajratish.
Geologik-strukturaviy s’yomkada foydalaniladigan eng samarador kompleks
ishlar quyidagilardan iborat: erogeologik,
fotometrik, kosmik tadqiqotlar va
geomorfologik xaritalash. Ular, ayniqsa geologik-geografik va iqlim sharoiti
murakkab bo‘lgan hudud va akvatoriyalarda (ko‘l-botqoq, chakalakzorlashgan
rayonlar, vulqon hodisalari bilan bog‘langan o‘lkalar va h.) geologik-strukturaviy
s’yomka jarayonini tezlashtirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: