O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi “Iqtisodiy nazariya fanidan Mavzu


Iqtisodiyot nazaryasi va uning mohiyati



Yüklə 63,93 Kb.
səhifə3/13
tarix19.04.2023
ölçüsü63,93 Kb.
#106282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2 5388864194634320605

Iqtisodiyot nazaryasi va uning mohiyati.

Biz yashar ekanmiz, turli-tuman ne`matlarni iste`mol qilishimiz zarur. Shuning uchun ham biz ularni ishlab chiqaramiz, ayirboshlaymiz, taqsimlaymiz va oxir-oqibatda iste`mol qilamiz. Resurslarni cheklanganligi sharoitida esa har bir faoliyatimiz taqqoslash, tanlash va qaror qabul qilish bilan bog`liq. Resurslarni cheklanganligi ulardan samarali foydalanishni obektiv zaruratga aylantiradi.
Iqtisodiy xayot esa nihoyatda murakkab va ko`p qirrali. Maqsadga etishish uchun esa uni har taraflama chuqur o`rganishimiz zarur. Iqtisodiy hayotni turli iqtisodiy fanlar o`rganadi. Lekin ularning orasida iqtisodiyot nazariyasi o`zining fundamental xarakteri iqtisodiy fanlarga ilmiy-uslubiy asos bo`lib xizmat qilishi, amaliy tavsiyalar berishi bilan alohida ajralib turadi.
Iqtisodiy muammolarni bilish, o`rganish o`z faoliyatida qo`llash nafaqat iqtisodchi mutaxassislar balki barcha uchun zarur. Chunki u murakkab iqtisodiyot dunyosini tushunishni, iqtisodiy, tahliliy fikr yuritishni o`rgatadi.
Mazkur kitobning birinchi bo`limi iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslarini o`rganishni maqsad qilib, birinchi bob fanning predmeti va metodlariga bag`ishlangan.
Iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiy nazariyaning vujudga kelishi. Iqtisodiyot har qanday jamiyatning asosi, rivojlanib borish shart-sharoiti, chunki hayot eng avvalo, tiriklik ne`matlari ishlab chiqarishni ob`ektiv zarur qilib qo`yadi. Insonlar hayot kechirishlari uchun o`z ehtiyojlarini qondirishlari shart. Qamiyat bor ekan, ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan ne`matlarni ayirboshlash, taqsimlash va iste`mol qilish mavjud va bu jarayon uzluksiz tarzda bir-biriga bog`liq holda yuz beradi.
«Iqtisodiyot» so`zi odatda ikki va hatto uch ma`noda ishlatiladi. Birinchidan, iqtisodiyot — bu xo`jalik yuritish, inson tomonidan yaratilgan turli ne`matlardan foydalanib hayot kechirish, insonlar hayotini ta`minlash va yaxshilash tizimi. Ikkinchidan, iqtisodiyot — bu resurslar va jamiyat a`zolari tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarning firma va uy xo`jaliklari orasidagi uzluksiz doiraviy harakati. Uchinchidan, iqtisodiyot — bu fan, turli-tuman cheklangan resurslardan foydalanib, jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan, xo`jalik yuritish jarayonida odamlar o`rtasida vujudga keladigan munosabatlar haqidagi bilimlar majmui.
«Iqtisodiyot» so`zining o`zagini «iqtisod» so`zi tashkil etadi. Iqtisod so`zining o`zbek tilidagi lug`aviy ma`nosi sarf-xarajatlarda tejamkorlik demakdir. Mashhur ma`rifatparvar vatandoshimiz Abdullo Avloniy iqtisodga shunday ta`rif beradi. «Iqtisod deb pul va mol kabi ne`matlarning qadrini bilmoqqa aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o`rinsiz erga bir tiyin sarf qilmas, o`rni kelganda so`mni ayamas».
Inson yaratilibdiki, mehnatini engillashtirish, hayot kechirishi uchun zarur ehtiyojlarini to`laroq qondirishga harakat qiladi. Mehnat qilishning o`zi ham tirikchilik o`tkazishga qaratilgan. Demak, inson dunyoga kelibdiki tirikchilik harakatida bo`ladi, desak xato qilmaymiz. Insonning mehnat unumi qancha yuqori bo`lsa, tirikchilik kechirish uchun ne`matlar shuncha ko`p yaratiladi. Ana shuning uchun ham ajdodlarimizning diqqat-e`tibori qanday qilib hayot kechirish uchun zarur ne`matlarni ko`paytirish yo`llarini topishga qaratilgan. Eng aqlli, zukkolar o`z davriga, sharoitiga mos ravishda eng maqbul yo`llarni topishgan va undan foydalanishni tavsiya etishgan. Ulardan ko`plarining nomi tarixda qolgan. O`z davrida shakllangan iqtisodiy qarashlar qadimgi qo`lyozmalarda aks etgan. Iqtisodiy qarashlarning fan sifatida shakllanishi dunyo tsivilizatsiyasining «beshigi» deb tan olingan Qadimgi Misr, Sharq mutafakkirlari ta`limoti, ilgari surgan fikrlari bilan boshlanadi.
Ular jumlasiga miloddan XX asr ilgari qadimgi Bobilda podsho Xammurapi qonunlari, Qadimgi Hindistonda (miloddan VI asr ilgari)gi Manu qonunlari, Qadimgi Xitoy mutafakkirlari, ayniqsa Konfutsiy (miloddan avvalgi 551—479 yillar) asarlarini kiritish mumkin. Ulardagi fikrlarga diqqat qilsak, mehnat taqsimotiga hamda yaratilgan mahsulotning taqsimlanishiga asosiy e`tibor qaratilgan. Bu bejiz emas. Chunki shu davrda aynan mehnat taqsimoti hamda mehnat natijasida yaratilgan mahsulot taqsimoti jamiyat taraqqiyotida, aholining turmush darajasida asosiy rol o`ynagan. Keyinchalik, iqtisodiy fikrlar Qadimgi Yunoniston va Rimda yanada rivojlantiriladi, ma`lum tizimga solinadi. U iqtisodiyotga xo`jalik yuritishning umumiy qoidalari majmui sifatida qarab, ularga rioya qilish boylikni ko`paytirishini ko`rsatadi. Boylik — bu turli mahsulotlar, buyumlar yig`indisi bo`lib, u natural xo`jaliklarda yaratiladi. Aristotelning fikricha, natural xo`jalik bu — ideal — kam-ko`stsiz xo`jalik. Ularning boy-kambag`allik darajasi er va unga ishlov beruvchi qullar (Aristotelning iborasi bilan aytganda «gapiruvchi mehnat qurollari») miqdoriga bog`liq deb ko`rsatgan.
Qadimgi Rim mutafakkirlari asosiy diqqat-e`tiborlarini miloddan avvalgi qishloq xo`jalik muammolariga, qullar mehnatini tashkil etish, erga mulkchilik masalalariga qaratishgan. Ular orasida Varron (miloddan avvalgi 116—27 yillar), M. Katon (miloddan avvalgi 234—149 yillar), Kolumella (miloddan bir asr avval) va boshqalar ajralib turadilar. Milodning dastlabki ming yilligidan iqtisodiy fikr, iqtisodiy ta`limot rivojida din muhim rol o`ynadi. Iqtisodiy qarashlarda tub o`zgarishlar yuz berdi. Bu eng avvalo, quldorlikni qoralashda ko`rinadi.
Iqtisodiy qarashlarning rivojlanishida muqaddas kitoblar — «Tavrot», «Zabur», «Injil» va, ayniqsa, «Qur`on» katta ahamiyatga ega. Ana shu davrda O`rta Osiyoda iqtisodiy tafakkurning rivojlanishi buyuk allomalarimiz Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy va boshqalarning nomi bilan bog`liq.
Ularning asarlarida iqtisodiy qarashlar bir butun holda berilgan bo`lsa-da, ular alohida diqqat-e`tiborga loyiq. Forobiy (870—950) bilan Ibn Sino (980—1037) dunyoqarashlarida inson ehtiyojlari asosiy o`rin olgan. Forobiyning fikricha, jamiyat shakllanishining birinchi sababi insonlarning moddiy ehtiyojlaridir. Marjinalizmning iqtisodiy fikr rivojiga qo`shgan hissasi iste`molchilar ruhiyatini o`rganish, aniq iqtisodiy vaziyatda sub`ektning o`zini tutishi, erkin raqobat kurashi sharoitida firma faoliyatining samaradorligini oshirish bo`yicha matematikaga oid uslublardan foydalanish printsiplari bo`lib, hozirgi paytda ham nazariy tadqiqotlarda keng qo`llaniladi.
XIX asrning ikkinchi yarmida klassik maktab bilan marjinalizm maktabi o`rtasida kurash kuchaydi. Qator savollarga birida javob topilsa, ikkinchisida topilmay qoldi. Uchinchi, har ikkisini birlashtiruvchi nuqtai nazar zarur bo`lib qoldi. Bu vazifani iqtisodiy nazariyadagi navbatdagi, iqtisodiy ta`limot tarixiga neoklassik maktab bo`lib kirgan kontseptsiya bajardi. Bu yo`nalish asoschisi Alfred Marshall hisoblanadi. S. Millning shogirdi bo`lgan Marshall avval klassik maktab tarafdori bo`lgan, lekin marjinal tahlilning ijobiy tomonlariga befarq qarab turolmadi. 1890 yili uning «Iqtisodiyot printsiplari» (Principles of economics) nomli kitobi nashrdan chiqdi. Unda Marshall «ekonomiks» atamasi bilan (politekonomiya) siyosiy iqtisodni nazarda tutgan. Ular iqtisodiy nazariyaga umumiy tarzda quyidagicha ta`rif berish mumkin deyishadi. Iqtisodiyot nazariyasi insonning moddiy ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishga erishish maqsadida cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yoki ularni boshqarish muammolarini tadqiq etadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti haqida aniq tasavvurga ega bo`lish uchun uning tadqiqot doirasi, ob`ekti, sub`ekti, maqsadi va vazifalarini alohida ko`rsatib o`tish maqsadga muvofiq. Iqtisodiyot nazariyasining tadqiqot doirasi - bu xo`jalik faoliyati yuritish muhitidir. Bu muhit mikro - firma, korxonalar, mezo - tarmoqlar, makro - mamlakat, mega - jahon miqyosi doirasida bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, kishilar iqtisodiy aloqalarni, ular o`rtasidagi bog`lanishlarni, iqtisodiy munosabatlarni o`z xohishlaricha tanlay olmaydilar, chunki bu ob`ektiv reallikdan kelib chiqadi. Agar jamiyatda monopoliyalar hukmronligi mavjud bo`lsa yoki totalitar, markazdan boshqariladigan iqtisodiyot bo`lsa, yoki bozor iqtisodiyoti bo`lsa
iqtisodiy munosabatlar ham shunga muvofiq bo`ladi. Har kim o`z xohishiga ko`ra, ulardan boshqacha munosabatlarni o`rnata olmaydi, chunki ob`ektiv reallik, iqtisodiy sharoit shunday. Ana shu ob`ektiv reallikni o`rganib, ularning oqibati haqida xulosa chiqarish mumkin. Tadqiqot sub`ekti — bu inson, kishilar guruhi va davlatdir. Iqtisodiyot nazariyasi umum insoniy fan bo`lib quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Iqtisodiy sir-asrorlarni o`rganish, bilib olish. Iqtisodiy hodisalar va ularning bog`lanishlarini har tomonlama o`rganish, ularning qonunlarini ochishga yordam beradi. Ular asosida esa milliy iqtisodiyot rivojlanadi. Buning uchun turli-tuman axborotlar, faktlar, statistik ma`lumotlar, hujjatlar, obro`li olimlar, arboblarning kitoblari, ishlari o`rganiladi.
2. Iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishini oldindan aytish, prognoz qilish (yunoncha — prognosic — oldindan ko`rmoq, bajarmoq, qilmoq). Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy jarayonlarni o`rganish natijasida yaqin kelajakda jamiyatning ilmiy-texnik, sotsial-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollarini ilmiy asoslab beradi. Mikromiqyosda esa har bir xo`jalik yurituvchi sub`ekt o`z manfaatidan kelib chiqib, kelajakda qanday faoliyat yuritish masalalari bo`yicha ma`lum bir qarorga keladi.
I.A.Smit va D.Rikardo g‘oyalari shakllanishining tarixiy shart sharoitlari. Klassik iqtisodiy maktabning to‘la shakllanishi. XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi choragida Buyuk Britaniyada boshqa davlatlarga nisbatan iqtisodiy g‘oyalarning rivojlanishi uchun nixoyatda qulay sharoitlar yuzaga keldi, bu g‘oyalar A.Smit va D.Rikardo bilimlarida o‘z aksini topdi. Ular tomonidan yaratilgan ta’limot ingliz klassik iqtisodiyotining asosi bo‘ldi va jaxon iqtisodiyoti fikriga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu olimlar o‘zlaridan oldingi merkantilizm, ilk klassik maktab va fiziokratizm g‘oyalarini mukammal o‘rganib, shular asosida yangi iqtisodiy maktabning shakllanishini nixoyasiga yetkazdilar. Klassik maktabning shakllanishida ayniqsa sanoat inqilobi katta rol uynadi. R.Xeylbroner va L.Turoularning fikriga ko‘ra, shu davrda bozor jamiyati vujudga keldi. Bu tizimda kapital bozori paydo bo‘ldi va ishlab chiqarishda doimo boylik oqimi, ya’ni banklar va boshqa moliya kompaniyalari tomonidan tashqil etiladigan jamgarma va investitsiyalar oqimi vujudga keladi, karz oluvchilar bu boyliklardan foydalanganliklari uchun foiz to‘laydilar. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan mexnat sarflari, yer va kapitallar ishlab chiqarish omillari deb ataladi. Kapitalizmgacha ishlab chiqarish omillari umuman bo‘lmagan, degan xulosa chiqariladi. Albatta inson mexnati, tabiiy resurslar, shuningdek yer va ishlovchilar san’ati doim bo‘lgan, ammo mexnat, yer va kapital tovar emas edi. Qanday qilib, xak to‘lanmaydigan mexnat, renta puli keltirilmaydigan yer va shaxsiy xazina ishlab chiqarish omiliga aylanib qoldi? Bu kapitalistik tuzumni keltirib chiqargan inqilob bilan bog‘liq. O‘z yerlaridan maxrum bo‘lgan ijarachilar shaxarlarga ketishga va u 18 yerda o‘z ishchi kuchini ishlab chiqarish faktori sifatida sotishga majbur edilar. Bozor jamiyati uchun xayotiy zarur bo‘lgan ishlab chiqarish omillari tarixiy o‘zgarishlar tufayli yuzaga keldi. Oqibatda mexnat tovarga aylandi, yer kuchmas mulk bo‘lib qoldi. Ammo kapitalizmning iqtisodiy erkinligi ba’zilar uchun yutuk, ko‘pchilik uchun esa qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Bozor tizimi bir tomondan ishonchsizlik, azob-ukubat sababi bo‘lsa, shu vaqtning o‘zida taraqqiyot, imkoni va yutuklari manbai hamdir. XVIII asrning ikkinchi yarmida
«Texnik yo‘nalishda» gi ishbilarmonlar guruxi iqtisodiyot tarixida butunlay yangi insonlarni vujudga keltirdi. Sanoat inqilobi dastlab yengil sanoat, xususan, tukimachilik sohasida boshlandi va mashinasozlik vujudga kelishi bilan nixoyalandi, J.Key tukimachilik moqkisini, 1733 yilda J.Xargrivs o‘z kizining nomi bilan atalgan «Jenni» mexanik to‘quv dastgoxini kashf etdi, sanoat inqilobi iqtisodiyot va ijtimoiy xayotga keskin o‘zgarishlarga olib keldi.1701-1802 yillar oraligida tukimachilik rivoji tufayli Angliyada paxta tolasidan foydalanish 6000 foizga usdi. 1788-1838 yillarda cho‘yan eritish 68 ming tonnadan 1347 ming tonnagacha oshdi. 2. A.Smitning iqtisodiy g‘oyalari. Uning «xalqlar boyligi» asaridagi iqtisodiy qarashlar. A. Smit (1723-1790) Shotlandiyaning kerqoldi shaxrida bojxona chinovnigi oilasida dunyoga keldi. Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim oldi. 1759 yilda o‘qigan leksiyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga bagishlangan o‘zining birinchi «Axlokiy xissiyot nazariyasi» kitobni yaratdi. U 1766 yilda o‘zining bosh asari –« Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risidagi tadqiqot»ni yozishga kirishdi. Bu asar 1776 yil martda Londonda chop etildi. Smitning bu asari 5 kitobdan iborat bo‘lib, birinchisida qiymat va qo‘shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida – kapital jamgarilishining shakllanishi davrida yevropaning iqtisodiy rivojlanishi, uchinchisida – kapitalizm taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari, turtinchisida- Merkantilizm va fiziokratlarning bilimlariga munosabati, beshinchisida esa davlat moliya tizimi tadqiq etilgan. A.Smit tomonidan tadqiq etilgan insonning tabiati, inson va jamiyat orasidagi munosabatlar klassik (mumtoz) maktab qarashlarining asosini tashqil etdi.
Bunda «Iqtisodiy odam» tushunchasi keninrok paydo bo‘lishiga qaramasdan, uning kashfiyotchilari A.Smitga tayanganlar. Smit o‘z asarlarida va tadqiqotlarida odamlar ba’zi bir shunday tabiiy xususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tuzumga bog‘liq emas, degan xulosaga asoslandi. Ana shunday xususiyatdan biri Egoizm bo‘lib, odamlar o‘z xo‘jalik 19 faoliyatlarida unga amal qiladilar. Xar bir odam o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zda tutadi, ammo bu xolatda ko‘p boshqa xolatlardagi kabi, u «Ko‘rinmas qul» tomondan uning niyatida ham bo‘lmagan maksad sari yo‘naltirildi. Smitning ta’rificha foyda ketidan kuvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraladi (Sho‘rolar davrida, markscha-Lenincha g‘oyada tankid qilinar edi).
A.Smit kapitalistik jamiyatni tabiiy tuzum bilan bir deb tushungan, shuning uchun kapitalistik munosabatlar adabiy, kapitalistik xo‘jalik namoyandalarining xususiyatlari odamning tabiiy xususiyatlari kabidir, deb izoxlaydi.bu fikrni bozor munosabatlariga ham tadbiq etish mumkin. A.Smit abstraksiya usulidan foydalanib qator chuqur ilmiy xulosalarga keldi, xodisalarning ichki boglanishi masalalariga kirib bordi. Shunga parallel ravishda u boshqa yo‘ldan ham bordi, kapitalistik xaqikat to‘g‘risidagi bevosita ko‘zatish natijalarini umumlashtirdi.
Birinchi metod izoterik, ikkinchisi - ekzoterik usullar deb ataladi. Mexnat taksimoti va pul to‘g‘risidagi ta’limot. Smit o‘z davri uchun mos ravishda manufakturani ishlab chiqarishning eng ilgor shakli deb baxolaydi, uning tarixan utkinchiligini tushunmaydi. A.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday g‘oya yotadiki, unga ko‘ra jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mexnat tufayli paydo bo‘ladi. A.Smit mexnatni barcha sohalarda (sanoat,qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalari) boylikning asosi deb biladi.
U kapitalistik ishlab chiqarishning manufaktura boskichini taxlil qilish asosida iqtisodiy progress (taraqqiyot) ning muxim omili mexnat taksimotidir, degan xulosaga keldi. Birinchidan, mexnat taksimoti tufayli ayrim ishchilarning chakkonligi va moxirligi oshadi. Ikkinchidan, bir turdagi ishdan boshqasiga o‘tish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi. Uchinchidan, mexnat taksimoti mashinalar ixtiro qilishga imkon tugdiradi, ya’ni takrorlanadigan jarayonlar mashina qullashga qulaylik yaratadi. A.Smit asarida mexnat taksimotining salbiy tomonlari ham berilgan (bir xil mexnat, toliqish…) manufakturadagi mexnat taksimoti va endigina rivojlanib kelayotgan mashina sanoatining salbiy oqibatlari ham tan olinadi. Smit tovar dunyosida pulning stixiyali ravishda, uzoq rivojlanish jarayoni natijasida ajralishini ko‘rsatib berdi. Smit pulning muomala vositasi funksiyasini boshqalarga nisbatan alohida ta’kidlaydi.
Davlatning imkoni boricha iqtisodiyot masalalariga kam aralashuvi. Klassik (mumtoz) maktab vaqillari inson xoxishiga bog‘liq bo‘lmagan ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini tan oladilar. Bu qonunda iqtisod tizimida tabiiy turgunlikni ta’minlashga, o‘z-o‘zini boshqarishga kodir ekanligi tan olinadi. Shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iloji boricha inkor etiladi va erkin savdo-sotik qullaniladi. "Ko‘rinmas qul" yordamida iqtisodiyot avtomatik ravishda erkin bozor munosabatlari doimo rivojlanish kobiliyatiga egadir (ammo bu fikr J.M.Keyns tomonidan rad etiladi). Birinchi bor erkin bozor iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to‘g‘ri ko‘rib chiqilgan. Iqtisodiyotning muxim kategoriyalari bo‘lgan qiymat, pul, foyda, baxo, ish xaqi,renta, kapital va boshqalarga asosan to‘la va to‘g‘ri ta’rif berilgan. Yangi jamiyatning progressiv tomonlari bilan birga bozor iqtisodiyotining bekamu-ko‘st emasligi, uning jiddiy kamchiliklari borligi ham kayd etilgan. Xulosa XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida klassik iqtisodiy maktab to‘la shakllandi, bu ingliz olimlari A.Smit va D.Rikardolar tomonidan amalga oshirildi. Bu tasodifiy vokea bo‘lmay, shu davrda angliyada ob’ektiv shartsharoitlar mavjud edi: burjua inqilobi, manufakturadan fabrikaga o‘tilishi, agrar isloxot, kapitalning dastlabki jamgarilishi, sinfiy va mulkiy differensiatsiya va boshqalar. Birinchi bor erkin bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosiy tamoyillari aniklab berildi. Mexnat taksimoti iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to‘g‘ri ko‘rib chiqilgan. Iqtisodiyotning muxim kategoriyalari bo‘lgan qiymat, pul, baxo, foyda, ish xaqi, renta, kapital va boshqalarga asosan to‘la va to‘g‘ri ta’rif berilgan. Yangi jamiyatning progressiv tomonlari bilan birga bozor iqtisodiyotining bekamu-kust emasligi, uning bir qancha jiddiy kamchiliklari borligi ham kayd etilgan.
Mayda ishlab chiqarish nazariyalarining vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari. XV111 asr oxiri va X1X asr boshlaridagi sanoat tuntarishi katta iqtisodiyijtimoiy o‘zgarishlarga olib keldi. Proletariat bilan burjuaziya jamiyatning asosiy sinflari bo‘lib, qaror topdi. Mashina ishlab chiqarishi vujudga keldi ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashdi. Mexnatning kapitalga rasman buysunishi xaqikatga aylandi. Proletariatning kashshoqlashuvi, ishsizlik, ijtimoiy ishlab chiqarishning tartibsizligi, ijtimoiy tabakalanish kuchaydi. Kapitalistik takror ishlab chiqarish asta-sekin mayda ishlab chiqarishning ijtimoiy negizlarini ko‘pora boshladi. Mashina industriyasi iqtisodiyotning umuman o‘sishiga, ammo axoli katta qismining kashshoqlashuviga olib keldi, byudjet xolatni tushuntirib berish talab etildi va yangi iqtisodiy qarashlar paydo bo‘ldi. Kapitilistik rivojlanishdan orqada qolgan va mayda tovar ishlab chiqarish ustun bo‘lgan sharoitda sanoat tuntarishi davriga kirayotgan mamlakatlarda bu jarayonlar, ayniqsa, utkir tus oldi. Bunday mamlakatlarda guyoki proletariat manfaatlarini ximoya qilib kapitalizmni tankid qiluvchi qarashlar paydo bo‘lishi tabiiy bir xol edi. Mayda ishlab chiqaruvchilar nazariyasini yaratgan olimlar sotsialistlarga ham shuningdek, klassik iqtisodiy maktabga ham babbaravar qarshi turuvchi ta’limotni ilgari surishga intildilar.
Mayda ishlab chiqarish nazariyotchilari kapitalistik jamiyatda yirik sanoat mayda tovar ishlab chiqarishni sikib chiqarishini, yollanma qullikni kengaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina belgilarni tankid qildilar, birok xususiy mulkchilikni, soxibkorlikning erkinligini va shu kabilarni tankiddan tashqari qoldirdilar (ya’ni bozor munosabatlari qo‘llab-quvvatlangan). Paydo bo‘lgan mayda Burjuaziya ijtimoiy-iqtisodiy mavkei mayda ishlab chiqarish, siyosiy iqtisodning ziddiyatligi va noizchilligini oldindan belgilab kuygan edi, uning rivoji bir necha boskichni o‘z ichiga oladi. Avvali insonparvarlik, sungra esa xayr-exson maktabi shakllandi. Agar birinchi maktab xali kapitalizmdan voz kechishni orzu qilgan, uni chetlab kuyishga intilgan, proletariatning qulfatlari xususida astoydil ko‘z yoshi qilgan bo‘lsa, ikkinchi maktab kapitilizmni islox qilish loyixasini ilgari surib, hammani o‘rta xollarga aylantirmoqchi bo‘lgan, u "Kichik kapitalizm" tarafdori edi.
Mayda ishlab chiqarish nazariyotchilari xayolparast sotsialistlarning g‘oyalariga qarshi turar edilar. Marksizm ta’limoti ommalashuviga qarshilik qilishga o‘rindilar. Bu oqim uzoq davr mobaynida turli mamlakatalardagi iqtisodiy qarashlarning shakllanishiga katta ta’sir utkazib keldi. Bu g‘oyalar ayniqsa kam rivojlangan mamlakatlarda uzoq saqlangan. 2. Simond de sismondning iqtisodiy qarashlari va uning nazariyasi. Simond De Sismondi (1773-1842) Shvetsariyalik iqtisodchi, fransuz klassik iqtisodiy maktabini nixoyasiga yetkazuvchi va ayni vaqtda mayda ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy maktabi asoschilaridan biridir. U mu’tabar protestant pastor oilasida tugilib voyaga yetdi, protestantlar qollegiyasini bitirib chikdi, jeneva universitetida ukidi. Siyosat bilan unchalik ko‘p vaqt shugullanmadi, Fransiya ma’naviy va siyosiy fanlar akademiyasining a’zosi etib saylandi. S. Sismondi iqtisod va tarix fanlari sohasida katta ishlarni amalga oshirib, boy ilmiy adabiy meros qoldirdi. "Tosqani qishloq xo‘jaligining ko‘rinishi"(1801), "Savdo boyligi yoki siyosiy iqtisod prinsiplari va ularni savdo qonunchiligida qullanish to‘g‘risida"(1803), "Italiya respublikalarining tarixi" (1807), 1818 yilda esa edinburg ensiklopediyasi uchun "siyosiy iqtisod" maqolasini tayyorladi. Lekin "Siyosiy iqtisod yangi ibtidolari yoki boylikning axoli nufusiga munosabatlari to‘g‘risida" (1819) kitobining nashr qilinishi uning shuxratini keskin oshirdi.
Keyingi yillarda "Siyosiy iqtisoddan etyudlar" (1837) va fundamental tarixiy asarlar "Fratsuzlar tarixi" (31 tom), "Rim imperiyasi qulashining tarixi" va boshqa asarlari nashr qilindi. S.Sismondi g‘oyalarining shakllanishi sanoat tuntarilishi davri bilan, shuningdek, mayda ishlab chiqaruvchilarining iqtisodiy kuchsizlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu esa o‘z navbatida kapitalizmni feodalizm o‘stidan, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishni mayda ishlab chiqaruvchilar o‘stidan galabasini anglatar edi. S.Sismondi mayda ishlab chiqaruvchilar tomonida turib kapitalizmni tankid qilib, mayda tovar ishlab chiqarishga kaytishni orzu qildi.




  1. Yüklə 63,93 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə