O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A


Gavda mos bo’lmagan ravishda kichkina –



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

Gavda mos bo’lmagan ravishda kichkina –
qadri pastlik hissi. 
DARAXT 
Daraxt hayotiy energiyaning belgisidir, sinaluvchining hayotga bo‘lgan
intilishi daraxt tanasi va shoxlarining yo‘g‘onligi bilan belgilanadi. Agar 


245 
rasmda daraxt sezilarli joyni egallagan bo‘lsa, bu katta energiyadan va hayotga 
ijobiy yondashuvdan dalolat beradi. 
- Shamol tufayli daraxt bir tomonga engashib turibdi - xavfsizlikka va uy 
sharoitidagi sokinlikka intilish. Bu obraz o‘tmishga o‘ralashib qolganlikni ham 
ifodalashi mumkin. 
- Shoxlar yuqoriga yo‘naltirilgan. Agar daraxt erda mustahkam turgan 
bo‘lsa, bunday rasm oldinga intiladigan, etarlicha muvaffaqiyatli hayotga 
erishgan, intilishi bor shaxsni ifodalaydi.
- Shoxlar pastga yo‘naltirilgan. Bunday rasmni hal qilinmagan 
muammolari ko‘p bo`lgan odamlar chizadi. Majnuntol ko‘pincha depressiya va 
o‘tmishga o‘ralashib qolganlikni ifodalaydi. 
 
 “MAVJUD BO‘LMAGAN HAYVON” METODIKASI 
Ushbu metodika o‘z mazmuniga ko‘ra proyektiv metodikalar qatoriga kiradi. 
Uning yordamida shaxsning muayyan xususiyatlari va psixik holatlari haqida 
ma’lumot to‘plash mumkin. Metodika yo‘naltiruvchi xarakterga ega bo‘lganligi 
sababli, u tadqiqot batareyasiga kiruvchi metodikalardan biri sifatida 
qo‘llaniladi. Metodika yordamida: 
- o‘z-o‘ziga baho berish xususiyati; tekshiriluvchining o‘z holatidan 
qoniqmasligi, atrofdagilar tomonidan etarlicha tan olinmaslik; 
- o‘ziga ishonmaslik, qo‘rqinch, jur’atsizlik kabi sifatlar; 
- insonning faoliyatga yo‘nalganligi; 
- fikrlash xususiyatlari; 
- egotsentrizm; 
- shaxsning agressivligi; 
- xavotirlanish va himoya reaksiyalari
- shaxsning ijodiy imkoniyatlari kabi jihatlarni o‘rganish mumkin.
Metodika universal xarakterga ega. Uni turli yoshdagi, turli rivojlanish 
darajasiga ega bo‘lgan sinaluvchilarda o‘tkazish mumkin. Bu erda eng muhimi 
tadqiqotchi tomonidan rasm va uning detallarini to‘g‘ri tavsiflashdir. Metodikani 


246 
o‘tkazish uchun oq yoki sarg‘ish (silliq bo‘lmagan) qog‘oz va o‘rtacha
yumshoqlikdagi qora qalam kerak bo‘ladi. Rangli qalamlar, ruchka, flomaster, 
o‘chirg‘ichdan foydalanish mumkin emas. 
Ko‘rsatma: “Mavjud bo‘lmagan hayvonni o‘ylab topib, uning rasmini 
chizing va nom qo‘ying”.
Metodikani individual tarzda o‘tkazish tavsiya qilinadi. Uni o‘tkazish 
davomiyligi chegaralanmagan. 
Rasm elementlari va ularning tavsiflanishi (sarlavhani ajratib yozish 
kerak).
Normada rasm vertikal qo‘yilgan varaqning o‘rtasida joylashgan bo‘ladi. 
Agar rasm varaqning yuqori chekkasiga yaqin holatda bo‘lsa, bu o‘ziga yuqori 
baho berish, jamiyatda egallagan mavqeidan norozilik, atrofdagilar tomonidan 
etarlicha tan olinmaslik; lavozimga ko‘tarilish va tan olinishga nisbatan e’tiroz; 
o‘z-o‘zini tasdiqlashga intilish belgisi hisoblanadi. 
Agar rasm varaqning quyi qismida joylashgan bo‘lsa, buni o‘ziga nisbatan 
ishonchsizlik, o‘ziga past baho berish, qat’iyatsizlik, tushkunlik sifatida; 
jamoada biror mavqeni egallashga intilmaslik; tan olinish hamda o‘z-o‘zini 
e’tirof etish mavjud emasligi sifatida baholash mumkin. 
Figuraning markaziy qismi tahlili 
(bosh yoki uning o‘rnini bosuvchi qism)
Agar bosh o‘ngga qaragan bo‘lsa, faoliyatga bo‘lgan barqaror intilish, 
harakatchanlikni bildiradi. Bunda rejalashtirilgan, o‘ylangan barcha fikrlar 
amalga oshiriladi yoki garchi oxirigacha etkazilmasada uni amalga oshirishga 
kirishiladi. 
Bosh chap tarafga qaratib chizilgan bo‘lsa, refleksiya, o‘zini boshqalar 
qanday idrok qilishlari haqida o‘ylash, fikrlashga moyillik. Bunday sinaluvchilar 
harakat kishilari emas, ular o‘ylaganlarining bir qisminigina amalga oshiradilar. 
Ba’zida bu shaxsning faol harakat qilishdan cho‘chishi, qat’iyatsizlik sifatida 
qaraladi (biroq buni boshqa yo‘llar orqali tekshirish lozim). 


247 
“Anfas” holati, ya’ni bosh rasm chizayotgan shaxs tomonga qarata 
chizilgan bo‘lsa, bu holat egotsentrizm sifatida talqin etiladi. 
Agar bosh qismda sezgi organlariga mos detallar aks ettirilsa, ya’ni quloq, 
og‘iz, ko‘z – bular axborot olishga qiziquvchanlik, atrofdagilarning o‘zi 
haqidagi fikrlariga ahamiyat berishlik, deb qaraladi. 
Qisman ochiq og‘iz til bilan uyg‘unlashgan holda, biroq lablar aniq 
chizilmagan holda tasvirlansa, kuchli nutqiy faollik (haddan ziyod ko‘p gapirish) 
sifatida, lablar aniq chizilsa, sezgirlik sifatida baholanadi.
Til va lablarsiz, ayniqsa qattiq botirib chizilgan ochiq og‘iz qo‘rqinch va 
tashvish, ishonchsizlikning oson yuzaga kelishidan; tishlar bilan tasvirlangan 
og‘iz – verbal agressiya, ko‘pchilik hollarda himoyaviy agressiya (shaxsga 
qaratilgan salbiy murojatga nisbatan qo‘pollik qilish, g‘ijinish, so‘kinish kabilar) 
dan darak beradi.
Shuni ta’kidlash lozimki, bolalar va o‘smirlar uchun og‘izni dumaloq shaklda 
tasvirlash xosdir. Bu esa sinaluvchidagi qo‘rqinch va xavotirlanish holatlarini 
bildiradi.
Rasmda tasvirlangan ko‘zlarga alohida ahamiyat berish zarur. Agar ko‘z 
qorachig‘i alohida urg‘u bilan chizilsa – bu insonga xos bo‘lgan qo‘rquv 
kechinmasining belgisi sanaladi. Bunda kipriklarning bor yoki yo‘qligiga ham 
ahamiyat berish zarur. Kipriklar – xulq-atvorning namoyishkorona – jazava 
usuli. Erkaklar rasmlarida kipriklar tasvirlansa, ularda ayollar xarakteriga xos 
sifatlar mavjudligidan darakdir. SHuningdek, kipriklar sinaluvchining 
atrofdagilarni o‘z tashqi chiroyi, kiyinish uslubi bilan lol qoldirishga intilishi, bu 
jihatlarga katta e’tibor bilan qarashini bildiradi.
Agar rasmning bosh qismi butun figura o‘lchamiga nisbatan katta bo‘lsa, 
sinaluvchi o‘zidagi va atrofdagi kishilardagi fikrlash, eruditsiyani qadrlashidan 
darak beradi.
Ba’zi hollarda boshda qo‘shimcha detallar, masalan, shox tasvirlanishi 
mumkin. SHoxlar - himoya va agressiya timsoli bo‘lib, boshqa belgilar (tirnoq, 
dag‘al jun, igna) bilan birgalikda tasvirlansa, bu tajovuzkor xarakter, spontan 


248 
yoki himoyaviy agressiya ekanligini bildiradi. Hayvondagi patlar - o‘zini bezab 
ko‘rsatish, o‘zini oqlash, namoyish qilishga moyillik bo‘lsa, yol, jun va shunga 
o‘xshash soch turmaklari - hissiyot, o‘z jinsini ta’kidlash, o‘zining seksual roliga 
e’tiborni qaratish belgisi hisoblanadi.

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə