O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

 
“UY. DARAXT. ODAM” METODIKASI. 
“Uy, daraxt, odam” metodikasi proyektiv metodikalar sirasiga kiradi. 
Mazkur metodika 1948 yil J.Bak tomonidan katta yoshdagi kishilar va bolalarni 
o`rganish uchun taklif etilgan. 
“Uy, daraxt, odam” proyektiv metodikasini individual hamda guruhiy 
tarzda qo`llash mumkin. Sinaluvchiga oq qog`oz, qalam berilib, uy, daraxt, 
odam rasmini chizish vazifasi topshiriladi.


237 
Ko‘rsatma: Uy, daraxt va odam (butun bo‘yicha) rasmini chizing. Rasmda 
qandaydir ish harakatni tasvirlashga harakat kiling. Odamning karikaturasini 
chizmang. 
So`ng ishlab chiqilgan reja bo`yicha suhbat o`tkaziladi
Olingan ma’lumotlarni qayta ishlashda uy, daraxt va odam rasmini 
chizilish tartibi testni tavsiflash usuli sifatida qaraladi: 
-
agar daraxt rasmi birinchi bo‘lib chizilgan bo‘lsa, bunda inson uchun 
asosiy bo‘lgan narsa-hayotiy energiya (quvvat); 
-
agar uy birinchi navbatda chizilgan bo‘lsa, birini o‘rinda inson uchun 
xavfsizlik, muvaffaqiyat yoki bu tushunchalarning rad etilishi turadi. 
TESTDAGI BELGILAR TAVSIFI 
UY 
Eski uy – 
subektning o’ziga bo’lgan munosabatini aks ettiradi. 
Uzoqdagi uy – 
biror narsadan yuz o’girish (xo’rlanganlik) 
Yaqindagi uy – 
ochiq ko’ngillik, mehmondo’stlik, iliq xissiyotlar. 
Uy o’rniga uning rejasi (tepadan loyihalashtirilgani) – 
jiddiy konflikt 
Turli qurilishlar – 
uy egasiga nisbatan agressiyaning namoyon bo’lishi. 
Deraza – eshigi yopiq uy – 
subekt shaxslararo munosabatga kirishib 
ketishi holatida. 
Faqat devorning o’ziga (eshiksiz) chizilgan zina – 
reallikni to’g’ri 
baholashga halaqit beradigan konfliktli vaziyatning namoyon bo’lishi. 
Subektning izolyatsiyalanganligi (hatto uning o’zi samimiy munosabatga 
kirishishni istasa ham). 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə