O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A


- «Ekspressiya guruhlari » subtesti



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

2- «Ekspressiya guruhlari » subtesti 
Bu subtestda Siz, gavdani tutish, imo-ishora, mimika, ifodali harakatlar
inson holatini aks ettirgan rasmlar bilan ishlaysiz.
Topshiriq mohiyatini tushuntirish uchun sizlarga namuna keltiramiz. Bu 
misolda chapda insonning muayan bir holatini ifodalovchi, ya’ni muayan bir
fikr, tuyg‘u, maqsadni ifodalagan rasmlar keltirilgan.
O‘ng tomondagi to‘rta rasmdan biri shunday holatni, fikrni yoki maqsadni 
ifodalaydi. O‘sha rasmni topishingiz kerak.
To‘g‘ri javob 2-rasmda bo‘lib, u chap tomondagi rasmdagi singari holatni 
(zo‘riqish yoki asabiylashishni) ifodalagan. SHu sababli, javoblar varaqida 2 
raqamini aylana ichiga olinadi. 1, 3, 4-rasmlar mos kelmaydi, chunki ular 
boshqa holatlarni aks ettirgan (quvonch va muvaffaqiyatli holat). 
SHunday qilib, o‘ng tomondagi subtestdagi barcha topshiriqlarni o‘ng 
tomondagi rasmlardan chap tomondagi rasmga mos kelganini toping va uning 
javoblar varaqasida belgilang.
Subtestni bajarishi uchun 7 daqiqa vaqt ajratiladi. Vaqt tugashiga bir 
daqiqa qolganda, Sizga ogohlantirish beriladi. Topshiriqni tez bajarishga harakat 
qiling. Bitta topshiriq uchun ko‘p vaqt ajratmang. Murakkab topshiriqni bajarish 


218 
uchun agar vaqt qolgan bo‘lsa, yana qaytishingiz mumkin. Murakkab 
vaziyatlarga ham, hattoki u sizningcha ishonchli javob bo‘lmasa-da, javob 
bering. 
3- «Verbal ekspressiyasi» subtesti 
Bu testning har bir topshirig‘ining chap tomonida bir kishini boshqa kishiga
so‘zlagan jumlasi berilgan bo‘lib, o‘ng tomonida esa muomalaning uch vaziyati 
keltirilgan. Chap tomonda keltirilgan jumlalardan biri boshqa ma’noga ega. 
Misol keltiramiz (ilova asosida). 
Kar inson- o‘rtog‘i : «Marhamat qilib, takrorlang» 
Kar odamning gapi o‘rtog‘iga muloyim iltimosni anglatmoqda. 2-3- 
vaziyatlarda jumlalar shunday ma’noga ega. Faqat 1- vaziyatda: haqoratlangan 
kishining nutqida, u boshqa ma’noni ifodalaydi. SHu sababli, javoblar 
varaqasida 1 - raqamini aylanacha ichiga olib qo‘yish zarur.
Shunday qilib, har bir topshiriqdagi shunday muomala vaziyatini tanlangki
u chap tomondagi qolgan ikki vaziyatdan farq qiluvchi boshqa mazmundagi 
jumlani ifoda esin 
Subtestni bajarish uchun 5 daqiqa beriladi. Vaqt tugashiga bir daqiqa 
qolganda ogohlantirilasiz. Topshiriqni tez bajarishga harakat qiling. Bitta 
topshiriq uchun ko‘p vaqt ajratmang. Murakkab topshiriqni bajarish uchun agar 
vaqt qolgan bo‘lsa, yana qaytishingiz mumkin. Murakkab vaziyatlarga ham 
javob bering, hattoki u sizningcha ishonchli javob bo‘lmasa-da. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə