O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A


Y.RIJONKINNING “KOMMUNIKATIV ORALIQNI O’RGANISH”



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

Y.RIJONKINNING “KOMMUNIKATIV ORALIQNI O’RGANISH” 
TESTI 
“Kommunikativ 
oraliqni 
o’rganish” 
testi
dan 
foydalanish 
tekshiriluvchilar uchun ortiqcha muammo tug‘dirmaydi. Metodika muloqotga 
kirishuvchilarni ma’lumot ayriboshlash jarayonida bir-biriga o‘zaro 
ta’sirlashuvi, muloqot jarayonidagi oraliqqa aniqlik kiritadi. Buning uchun 
muloqot ishtirokchilari bir-biriga qanchalik yaqin yoki uzoq turishi hamda 
o‘rtadagi kommunikativlik (kommunikator va retsipient) rolini aniqlashda bir 
qator topshiriqlarni bajarishlari lozim.
Testni o‘tkazish:
Test materiali sifatida sinaluvchi va guruhning har bir 
a’zosi o‘rtasida 100 mm o‘lchamdagi ikki nuqta aks etgan varaqa beriladi. 
Bunda tekshiriluvchi bilan guruhning har bir a’zosi o‘zaro bir-birlarini 
yoqtirishiga ko‘ra, bir-biridan 100 mm o‘lchamda ajratilgan ikki nuqta orasidagi 
masofani hosil qiluvchi qutblarga ko‘ra 100 balli shkalada baholashi shart. Test 
ikki bosqichda amalga oshiriladi. Muloqotdoshlarni o‘zaro yoqtirish xususiyatini 
baholashga qutbdagi nuqtalar orasidan to‘g‘ri chiziq o‘tkazish orqali, “Men” 
olmoshi ifodalangan nuqtadan familiya ko‘rsatilgan nuqtaga qarab yoki aksincha 
ifodalash yordami bilan erishiladi.
1
Bosqich. Sinaluvchiga ko‘rsatma: “Hayotda doimo birbiringiz bilan 
muloqot qilishingizga, ma’lumo(axborot) almashinishnigizga to‘g‘ri keladi. 
SHu bilan birga har biringiz kim bilandir suhbatlashishga, tinglashga ehtiyoj 
sezasiz. Tabiiyki, bu ehtiyojlar atrofingizdagi barcha kishilarga birdek 
bo‘lmaydi. Oldingizga qo‘yilgan varaqada (siz va guruhdoshlaringiz ismi 
keltirilgan) ikki nuqta keltirilgan. Tasavvur qiling chap tarfdagi nuqtada Siz 


214 
turibsiz, o‘ng tarafdagi nuqtada esa sizning o‘rtog‘ingiz. Nuqtalar orasidagi 
masofa siz bilan o‘rtog‘ingiz o‘rtasidagi oraliq masofani bildiradi. Biron bir 
yangilikni keltirilgan guruhdoshlaringiz bilan o‘rtoqlashish istagi tug‘ildi, 
deylik. Siz ularga qay darajada yaqin borgan bo‘lar edingiz?” Buni ifodalash 
uchun o‘z nuqtangizdan turib o‘rog‘ingiz ismi, familiyasi keltirilgan nuqtasiga 
qadar zarur bo‘lgan chiziqni torting.
2
Bosqich. Sinaluvchiga ko‘rsatma: “Sizning oldingizda xuddi 
shunday ikki nuqta keltirildi. Faraz qiling, sizni qiziqtirgan masla yuzasidan 
o‘rtog‘ingizning fikrini bilmoqchisiz. Uni qanchalik o‘zingizga yaqinlashtirgan 
bo‘lar edingiz. O‘z ” ikkinchisida esa (sherikdan”Men”gacha) jarayonning 
sub’ekti ma’nosini bildiradi.

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə