O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A


Funksiyali : “Sizning fikringizcha sinfdoshlaringizdan kim sinf  etakchisi bo‘lishga loyiq?”  3.  Amaliy



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

Funksiyali
: “Sizning fikringizcha sinfdoshlaringizdan kim sinf 
etakchisi bo‘lishga loyiq?” 
3. 
Amaliy
: “Siz navbatchilikni kim bilan birga o‘tkazgan bo‘lar 
edingiz?”, “Sizga berilgan topshiriqni kim bilan birga bajargan bo‘lar edingiz?” 
4. 
Emotsional: 
“O‘zingiz uchun og‘ir damlarda shu sinfdoshlaringizdan 
kimga yordam so‘rab murojaat qilgan bo‘lar edingiz?”, “O‘z sirlaringizni 
sinfdoshlaringizdan kimga aytishni lozim topgan bo‘lar edingiz?” 
5. 
Kommunikativ: 
“O‘qishni tugatgandan so‘ng shu sinfdoshlaringdan 
kim bilan birga, bir joyda ishlashni, o‘qishni xohlaysiz?” va boshqa shu kabi 
savollar aniqlanishi lozim bo‘lgan norasmiy liderga xos bo‘lgan sifatlarni ham 
belgilab beradi. 
Sotsiometrik tadqiqot samaradorligini oshirish uchun uni guruhning 
barcha a’zolari ishtirok etayotgan vaqtda va guruh a’zolari bir-birlarini yaxshi 
bilagn holatda o‘tkazish lozim. Tanlovlarni qayd etish uchun sinaluvchilarga 
sotsiometrik matritsa tarqatiladi. Tanlovlarni birov bilan maslahatlashmasdan 


211 
mustaqil ravishda amalga oshirish talab qilinadi. Iloji boricha, har bir stolda bitta 
o‘quvchi test savollariga javob yozishni ta’minlanishi zarur. 
Har bir o‘quvchi to‘ldirgan «sotsiometrik kartochkalar» asosida 
«sotsiomatritsa» (sotsiometrik matritsa) to‘ldiriladi.
Sotsiometriyada kishining guruhdagi statusini (o‘rni) izohlovchi maxsus 
terminlar mavjud. Y.L.Kolominskiy o‘quvchilar jamoasidagi shaxslararo 
munosabatlar tizimini asosan sotsiometriya uslubi bilan o‘rgangan. U o‘z 
tadqiqot ishida statuslarni quyidagicha guruhlagan. I guruhga, “yulduzlar” 
guruhiga 6 va undan ko‘p tanlov olganlar, ya’ni tadqiqot jarayonida o‘rtachadan 
ikki barobar ko‘p tanlov olgan o‘quvchilarni kiritgan. II guruhga, “yoqimtoylar” 
guruhiga 3-5ta tanlov, ya’ni o‘rtacha va undan bir, bir yarim barobar ko‘p tanlov 
olganlar kiritilgan. 1 - 2 tanlov olgan o‘quvchilar “qabul qilinmaganlar” -III 
guruhni tashkil qilishgan. IV guruhga esa umuman tanlov olmaganlarni-
“yakkalanib” qolganlarni kiritgan.
O‘tkazish tartibi:
kichikroq qog‘ozga o‘quvchining ismi va familiyasi 
yozilib, tagiga chiziladi. O‘quvchiga: “Eng yakin do‘stlaringdan 3 tasining ismi 
va familiyasini ketma-ket shu qog‘ozga yoz, birinchi o‘ringa kimni qo‘yasan, 
ikkinchi o‘ringa kimni va hakozo”, deb aytiladi. Bu qog‘ozlar to‘planib natijalar 
umumlashtiriladi va sotsiometrik matritsa tuziladi.

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə