O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

1-subtest. «YAkunlangan voqea» 
Bu subtestda Siz Barni personajiga bog‘liq sodir bo‘lgan hayotiy vaziyatlar 
tasviriga e’tibor qarating. Barni-kal kishi bo‘lib, ofitsiant bo‘lib ishlaydi. 
Vaziyatlarda uning rafiqasi, kichkina o‘g‘li va Barnining o‘rtog‘i ishtirok 
etadilar. Har bir topshiriqning chap tomonida ma’lum vaziyatni ifodalovchi bir 
qator rasmlar joylashtirilgan. Siz undagi personajlarning kechinma va 
maqsadlarini aniqlang hamda o‘ng tomondagi uchta rasmdan Sizning 
fikringizcha, vaziyatning uzviy davomi bo‘lganini tanlang. 
Namuna : 
Chapdagi rasmda Barni sarmast, tomning chekkasida qo‘rqib, osilib turgan 
va o‘g‘lidan yordam so‘rayotgan holati hamda bolaning otasini bunday og‘ir 
vaziyatda turganini ko‘rib, hayajonlanayotganligi ifodalangan .
1-rasmda keltirilgan vaziyat topshiriqning to‘g‘ri javobdir. SHu sababli 
javoblar varaqasida 1 raqami aylana ichiga olinadi. 1-rasmdagi Barnining o‘g‘li 
bilan rafiqasi devorga narvon qo‘yib unga yordam berish harakati aks ettirilgan 
holat vaziyatning mantiqiy davomi sanaladi.
2-va 3-rasm unchalik to‘g‘ri javoblar emas. 2-rasmda Barnining tomdan 
mustaqil tushayotgan holati, 3-rasmda esa Barnining rafiqasi bilan o‘g‘li uni 
ustidan kulib turgan holatlar mantiqan to‘g‘ri kelmaydi.
Shunday qilib, har bir topshiriqda chapdagi rasmdagi vaziyatdan keyin 
nima sodir bo‘lganligini personajlarning kechinmalari va harakat maqsadlari 
asosida aytib berishingiz kerak.
Javob uchun Siz, o‘zingizga faqatgina qiziqarli bo‘lgan rasmni 
tanlamasdan, balki tipik va topshirilgan vaziyatning mantiqan uzviy davomini 


217 
belgilang. Tanlangan rasmning quyi qismidagi raqamni javoblar varaqasida 
qayd eting. Test kitobchasining o‘ziga hech qanday belgi qo‘yilmasin. 
Subtestning bajarish uchun 6 daqiqa vaqt ajratilgan. Topshiriqni bajarilishi 
uchun ajaratilgan vaqt 1 daqiqa qolganda, ogohlantirilasiz. Topshiriqni tez 
bajarishga harakat qiling. Bitta topshiriq uchun ko‘p vaqt ajratmang. Murakkab 
topshiriqni bajarish uchun agar vaqt qolgan bo‘lsa, yana qaytishingiz mumkin. 
Murakkab vaziyatlarga ham hattoki u sizningcha ishonchli javob bo‘lmasa-da, 
javob bering.

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə