29
MAVZU:
PSIXODIAGNOSTIK TEKSHIRUV VA TADQIQOTLAR.
Reja:
1.
Psixodiagnostik tadqiqot o`tkazish bosqichlari.
2. Test o’tkazish sharoitini tayorlash.
3. L.S.Vigotskiy bo’yicha psixologik diagnoz turlari.
4. Diagnostik ma`lumotlardan foydalanish va ularni joriy qilish qoidalari.
Tayanch
tushunchalar:
psixodiagnostika,
psixologik
diagnoz,
simptomatik diagnoz, etiologik tashhis, tipologik diagnoz,
etika
Psixodiagnostika psixolog faoliyati yo`nalishlaridan biri bo`lib, quidagi
bosqichlarni o`z ichiga oladi:
1.
Mijozning psixologga murojaatini o`rganish. Diagnostga murojaat
oddiy, hayotiy so`zlashuv tilida bo`lganligi sababli,
uni ilmiy psixologik
ko`rinishga aylantirish, ya`ni qilingan amaliy talab asosida psixologik
muammoni belgilab olish (mijoz talabini psixologik muammoga aylantirish).
Tashqaridan kuzatuvchi sifatida muammoni chuqur anglash.
2.
Muammoni hal qilish uchun tushgan talab bo`yicha birlamchi axborotni
to`plash: oila a`zolari, faoliyatni (o`quv yoki mehnat)
muvaffaqiyatli bajatish
haqida; yaqin atrofdagilar bilan munosabatlari haqida; tibbiy xulosa;
anamnez
yig`ish.
3.
To`plangan ma`lumot asoaida farazni ilgari surish va uni tekshirish
uchun diagnostik metodlarni tanlash.
4.
Diagnostik tekshiruv o`tkazish, natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish.
5.
Qo`lga kiritilgan diagnostic ma`lumotlardan kelib chiqib,
asosiy
xulosalar chiqarish.
6.
Psixologik yordam, ta`sirot turlarini aniqlash, ya`ni amaliy tavsiyalar
ishlab chiqish, maslahat ishlari uchun asosiy yo`nalishlarni belgilash.
30
Masalan, kollej ishlab chiqarish ustasidan psixologga 1-kurs
talabasi
ustidan o`zini yomon tutishi, darsda ko`pincha intizomni buzishi, o`rtoqlari bilan
urishishi haqida murojaat tushdi ( 1-bosqicn).
Suhbat asosida buning sabablarini aniqlash bo`yicha birlamchi axborot
to`planadi (2-bosqich).
Ma`lumotlar asosida negative holatlar yangi
jamoaga moslashuv hamda
o`quvchining o`zini tasdiqlash ehtiyoji va uni noadekvat usullar vositasida
egallash mumkinligi to`g`risida faraz ilgari suriladi, metodlar (sotsiometriya,
referentometriya, suhbat) tanlanadi (3-bosqich).
Farazni tekshirish uchun diagnostik tadqiqot o`tkaziladi ( 4-bosqich).
Qo`lga kiritilgan ma`lumotlar asosida farazning to`g`ri ekanligi va intizom
buzilishining sababi o`quvchining shaxslararo
munosabatlarda past mavqeni
egallaganligi haqida xulosa chiqariladi (5-bosqich).
Suhbat jarayonida o`quvchining harbiy sohaga bo`lgan qiziqishlari
aniqlanganligi sababli sport sektsiyasiga va harbiy vatanparvarlik klubiga a`zo
bo`lish tavsiya qilinadi (6-bosqich). Shuningdek, o`quvchining o`ziga bo`lgan
ishonchini oshirish uchun guruhiy treninglar shaklida
psixokorrektsion ishlar
olib borilishi zarurligi tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: