O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

“Psixologning etik kodeksi” 
Etika bu - xulq-atvor meyrlarining yig‘indisi, jamiyat ma'lum 
guruhlarining axloqi. Har qanday kasbiy guruh ish faoliyatida, ish yuritishning 
qonun-qoidalari ishlab chiqiladi, mana shu qoidalarning yig‘indisi kasbiy etikani 
tashkil qiladi. Xuddi shunday, vrachlik etikasi, ilmiy etika to‘g‘risida aytish 
mumkin. Ko‘pchilik vrachlik etikasi muximligini biladi.
8
Qadimgi yunon faylasufi va vrachi Gippokrat vrachlar etik qoidalarini 
belgilab bergan. Endilikda bu Gippokrat qasami deb nomlanadi, va tibbiy etika 
asosini tashkil qiladi. Psixologning kasbiy ish faoliyati bu insonning ichki 
dunyosi, shaxsiyati bilan ishlashdan iborat. Bu ish faoliyati etikaning o‘zgacha 
qonun va prinsiplariga bo‘ysunishni talab etadi. Psixologiya shunday 
imkoniyatlarga egaki, bularni qo‘llash juda ehtiyotkorlikni talab etadi. 
Psixolog kasbiy etikasining muhim prinsiplarini ko‘rib chiqamiz: 
1)
Kasbiy layoqatlik prinsipi. 
Psixolog o‘z xaq huquqini va majburiyatini, imkoniyat va chegarasini 
bilish kerak. U o‘zining kasbiy imkoniyatini yaxshi bilishi kerak va ish kasbiy 
tayyorgarchiligi chegarasida faoliyat olib borishi lozim. Rivojlantiruvchi, 
to‘g‘rilovchi, konsultativ dastur qo‘llayotganda psixolog uning nazariy 
8
Зеер Э. Ф. Психология профессий: учебное пособие для студентов вузов. М., 2003. 336 s.


35 
asoslarini bilishi va uni olib borishning texnologiyasini uqib olishi kerak. 
Layoqatli va butunlikcha psixologik yordam tashkil etish uchun psixolog 
kasbdoshlaori va yondosh mutaxassislik vakillari ya'ni psixiatrdar, vrach 
psi'oterapevtlar, neyropsixologlar bilan aloqa o‘rnatish kerak. Mijozga “Yo‘q 
men bu savollar bilan shug‘ullanmayman, boshqa mutaxassisga murojat qiling” 
degan javob uning layoqatlilik ko‘rsatkichi bo‘ladi. 
Shaxsiy layoqatlilik prinsipi psixologdan faqatgina biladigan, shu savolni 
echish uchun amaliy ish metodlariga ega bo‘lgan xolat kirishishi mumkinligini 
talab etadi. Psixologik masalalarni echishda psixolog nazariy ko‘rsatmalar va 
amaliy tajribaga suyanishi kerak. 
2)
Insonga zarar yetkazmaslik prinsipi 
Psixolog o‘z ish faoliyatini avvalo buyurtmachining foydasidan kelib 
chiqqan xolda olib boradi. Lekin shu bilan birga zarar etkazmaslik prinsipiga 
amal qiladi, u yoki bu darajada amaliy tajribalarga qo‘shilgan mijozlar 
maxsuliyat sezishi kerak. Ko‘pgina psixologik jarayonlar orqaga qaytmasligini 
nazarda tutish kerak. Gippokrat tomondan tuzilgan bu zara etkazish etikaviy 
qoida nafaqat vrachlar, psixologlar uchun xam juda muxim. Psixologning olib 
borgan psixologik jarayonlari insonning sog‘ligiga, jamiyatdagi o‘rniga,
qiziqishlariga zarar etkazmasligi lozim. Bundan tashqari, psixologik taxlil 
javoblaridan xabari bor insonlar xam tekshiriluvchiga zarar etkazmasliklarini 
ta'minlash zarur. Buning uchun psixolog o‘z takliflarini shakllantirib, ularni 
saqlanishini tartibga soladi. 
3)
Ob'ektivlik prinsipi 
Psixolog har qanday insonga nisbatan boshqacha qarashga yo‘l ko‘ya 
olmaydi. Xar qanday sharoitda xam ob'ektiv bo‘lish, boshqalar fikri ta'siriga 
tushmasligi kerak. Tajriba olib borilayotgan insonning yuridik va jamoatdagi 
o‘rni, boshqalarning unga nisbatan ijobiy yoki salbiy qarashlari psixolog fikriga 
ta'sir etmasligi lozim. Ish davomida olingan javoblar xar doim ilmiy asoslangan, 
tekshirilgan va xar tomonlama o‘ylab ko‘rilgan bo‘lishi kerak. 
Psixolog bilag quyuq shaxsiy aloqalarbo‘lish extimoli qoidalarga to‘g‘ri 


36 
kelmaydi. Psixolog chetdan, xissiyotga berilmasdan mijozning muammolariga 
qarab, varor qabul qiladi. 
4)
Mijozni xurmat qilish prinsipi 
Psixolog tajriba qilinayotgan mijozni qarashlarini xurmat qilishi, u bilan 
aloqada rostgo‘y, xaqqoniy bo‘lishi talab qilinadi. Psixolog bilan muloqot 
davomida mijoz unga nisbatan ishonch, moyillik, va qoniqish xissini sezishi 
kerak. 
Amaliy psixolog va mijoz o‘rtasida tenglikka asoslangan muloqot asalga 
oshsa, bu ish jarayoni optimal olib borilayotganidan darak beradi Mijoz o‘zini 
psixologning to‘laqonli xamkoridek sezishi kerak. Amaliy psixolog mijozning 
xarakatlariga nisbatan baxolovchi gaplar aytishdan o‘zini tiyishi va unga 
keraksiz maslaxatlar berishdan o‘zini qaytarishi kerak. 
Buyurtmachiga 
psixolog 
tarafdan 
beriladigan 
yordam 
maslaxat 
ko‘rinishida bo‘lishi kerak, uning kasbiy ishbilarmonligiga xurmat bilan qarab, 
extiyotkorona fikr bildirishi kerak. 
5)
Kasbiy konfidensiallikka rioya qilish 
Psixolog psixodiagnostik metodikalarni maxfiyligini saqlay bilishi lozim. 
Bu shuni bildiradiki, kasbiy metodikalar proqessional bo‘lmagan insonlar 
qo‘liga tushmasligi kerak. 
Psixolog psixodiagnostik tajribalarning natijalarini maxfmyligini saqlab, 
javoblarni bexos yoki atayin tarqalib ketishini oldini olish uchun xizmat qiladi. 
Mijoz to‘g‘risidagi ma'lumotlar xech qanday xolatda ochiq munozaraga 
qo‘yilishi kerak emas. 
Tajriba qilinayotgan mijoz o‘zining psixologik ko‘rinishini bilishga 
qiziqishi mumkin. Bunday xolatda psixolog ma'lumotning ma'lum bir qismini 
ko‘rsatishi mumkin. G. Lessing fikriga ko‘ra “Mijozga faqat xaqiqatni va faqat 
xaqiqatni aytish kerak, lekin xammasini emas”. 
Jahon psixologiyasi tajribalari ko’rsatadiki, psixodiagnostika va psixologik 
testlar bilan shug’ullanishda ma’lum standartlar va kodekslarga amal qilinadi. 
Ushbu standart va kodekslarga ko’ra, psixodiagnostik metodika natijalarini 


37 
sharhlash uchun psixolog mas’uldir. Agar psixadiagnostik tekshiruv natijasida 
tekshirilgan shaxs biror ma’naviy yoki moddiy zarar ko’rsa, psixolog javobgar 
hisoblanadi. Bundan ko’rinadiki, psixolog- psixodiagnost o’zining kasbiy 
huquqiga ega. Ular kasbiy-etikaviy tamoyillarni doimo yodda tutishi va ularga 
amal qilishi lozim. Biz taqdim etayotgan kasbiy-etikaviy tamoyillar faqat 
mutaxassis-psixologlar uchungina emas, balki ta’lim muassasasi rahbari, 
pedagoglar uchun ham mo’ljallangan. Kasbiy faoliyat jarayonida ushbu kasbiy-
etikaviy tamoyillarga amal qilish foydadan xoli emas.
Psixodiagnostning kasbiy-etikaviy tamoyillari: 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə