O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti sirtqi bo`lim “jismoniy madaniyat yo`nalishi”


Kompyuter viruslari qanday hosil bo`ladi?



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix27.02.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#84193
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mustaqil ish1

Kompyuter viruslari qanday hosil bo`ladi?

 

Biologik viruslardan farqli ularoq, kompyuter viruslarini inson tomonidan tuziladi. Viruslar 



kompyuter foydalanuvchilariga katta 

zarar yetkazadi. Ular kompyuter ishini to`xtatadi yoki qattiq diskdagi ma’lumotlarni uchiradi. 

Virus sistemaga bir necha yo`llar bilan tushishi mumkin: disketalar, dastur ta’minot 

yuklangan CD-ROM, tarmoq interfeysi yoki modemli bog`lanish, global Internet 

tarmog`idagi elektron pochta. 

Disketa virusdan zararlanishi oson. Zararlangan kompyuterga disketni solib o`qitilganda 

diskning bosh sektoriga virus tushadi. 

Internet ma’lumotlar almashinishiga katta imkoniyat yaratadi. Lekin, kompyuter viruslari va 

zararli dasturlar tarqalishi uchun yaxshi muhit yaratadi. Albatta Internetdan olingan barcha 

ma’lumotlarda virus bor deb bo`lmaydi. Kompyuterda ishlovchi ko’pchilik mutaxassislar va 

operatorlar qabul qilinadigan ma’lumotlarni viruslardan tekshirishni doimo bajaradi. 



Internetda ishlayotgan har bir kishi uchun yaxshi antivirus ximoya zarur. «Kasperskiy 

laboratoriyasi» texnik ta’minot xizmati statistikasiga ko`ra, viruslardan zararlangan 

holatlarning 85% i elektron pochta orqali sodir bo`lgan. 1999 yilga nisbatan xozirgi kunda bu 

ko`rsatkich 70 % tashkil etadi. «Kasperskiy laboratoriyasi» elektron pochtalarga yaxshi 

antivirus ximoyasi kerakligini ta’kidlaydi. 

Virus tuzuvchilarga elektron pochta juda qulay. Amaliyot shuni ko`rsatadiki, ommabop 

dasturlar, 

operastion sistemalar

, ma’lumotlarni uzatish texnologiyalari uchun viruslar ko’plab 

tuzilmoqda. Xozirda elektron pochta biznes va boshqa soxalarda muloqot uchun asosiy vosita 

bo’lib qolmoqda. Shuning uchun virus tuzuvchilari elektron pochtaga diqqatini 

qaratmoqda. 

 

Virus paydo bo`lish belgilari.

 

Zararlangan kompyuterda eng muximi virusni aniqlash. Buning uchun virusni asosiy 



belgilarini bilish kerak: 

1. Funksional dasturlarni ishini to`xtatish yoki noto’g`ri ishlashi; 

2. Kompyuterni sekin ishlashi; 

3. OS ni yuklanmasligi; 

4. Fayl va kataloglarni yo`qolishi yoki ulardagi ma’lumotlarni buzilishi; 

5. Fayllar modifikasiyasining sana va vaqktining o`zgarishi; 

6. Fayl hajmining o`zgarishi; 

7. Diskdagi fayllar miqdorining keskin ko’payishi; 

8. Bo`sh operativ xotira hajmining keskin kamayishi; 

9. Kutilmagan ma’lumotlar va tasvirlarning ekranga chiqishi; 

10.Kutilmagan tovushlarning paydo bo`lishi; 

11 .Kompyuterning tez-tez osilib qolishi. 

Yuqoridagi belgilar boshqa sabablarga ko`ra xam bo`lishi mumkinligini eslatib o`tamiz. 

 

 



Qisqacha tarix.

 

80-yillarda IBM-PC bilan ishlagan kishilar bo`lsa 1987-89 yillardagi viruslarni tarqalishini 



unutishganicha yo`q. Ekrandagi harflar har xil 

ko`rinishda buzilgan va foydalanuvchilar ommasi mutaxassislarga displeylarini olib kela 

boshlashgan. Keyinchalik kompyuter «Yankee Doodle» deb nomlangan o`zgayerlik virusini 



chalishni boshlagan. Lekin, buni tuzatishni xech kim tashlamadi, juda tez hal bo`ldi. Bu 

o`nlab viruslar to`plami edi. 

Shunday qilib, viruslar fayllarni zararlay boshladi. «Brain» va ekranda shariklar paydo 

qiluvchi «Pingpong» viruslari Boot-sektor ustidan ham g`olib chiqishdi. Bu hammasi IBM-

PC dan foydalanuvchilarga unchalik yoqmadi va antiviruslar paydo bo`ldi. Birinchi 

antiviruslardan biri ANTI-KOT: afsonaviy Oleg Kotik o`zining antivirusining birinchi 

versiyasi dunyo yuzini ko`rdi. U 4 ta virusni yo`k qildi. Afsuski, ANTI-KOT MSDOS 

kombinastiyasidan foydalanib fayl oxirida «Time» virusini Aniqlandi. Boshqa antiviruslar esa 

.som va .exe kengaytmali fayllarning har bir harfigacha zanjirlaydi. 

Vaqt o`tishi bilan viruslar ko’payib bormoqda. Bularning hammasi bir-biriga o`xshash, 

xotiraga o`rnashadi, sektor va fayllarga bog`lanadi, fayllarni, disket va vinchesterlarni yo`k 

qiladi. Birinchilardan bo’lib, «Frodo.4096» virusi ommabop bo’lib chiqdi. Bu virus INT2Ih ni 

egallab, DOS ga murojaat etilganda zararlangan fayl xuddi xech narsa bo’lmaganday xolda 

ko`rinish bergan. Ammo, bu MSDOS ustidan o`rnashib hukmini o`tkazgan. Bir yil ham 

o`tmasdanoq «elektr suvaraklar» DOS yadrosiga o`rnashib olishgan. Ko`rinmas virus 

«Deast.512» deb atalgan. Ko`rinmaslik fikri ko’payib 

rivojlanib

 

bordi: 1991 yil yozida kompyuter o`lati - virus «Dir_n» paydo bo`ldi. Biroq ko`rinmaslarga 



qarshi kurash sodda: RAM ni davolab xotirjam bo`lish mumkin. 

Shunday viruslar xam kelib chiqdiki, ular o`zlarini shifrlab olish imkoniyatiga ega bo`lishdi. 

Bu viruslarni davolash va yo`q qilish uchun maxsus kiem dasturlar yaratish kerak bo`lgan. 

Lekin bunga xech kim e’tibor bermadi, toki bu viruslarning yangi avlodlari kelib 

chiqmaguncha. 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə