O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti sirtqi bo`lim “jismoniy madaniyat yo`nalishi”


Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullari



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix27.02.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#84193
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mustaqil ish1

Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullari

 

1. Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullarini sinflashtirish. 



Dastlabki nazorat: 

Kelayotgan dasturlarni detektor dasturlari bilan tekshirish. 

Profilaktika: 

"Yozishdan himoyalangan" disketalar bilan ishlash, yozish uchun disketadan foydalanishni 

minimallashtirish, ilgarigi va amaldagi disketalarni alohida saqlash, dasturlarni vinchesterda 

arxivlangan holda saqlash. 

Taftish (Reviziya): 

Yangi dasturlarni maxsus dasturlar yordamida tekshirish. 

Karantin: 

Har qanday yangi dastur yangi karantin muddatini o'tashi lozim. Ular mutaxassislar 

tomonidan viruslarga tekshirilgan bo'lishi kerak. 

Filtrlashtirish: 




FluSbot   Plus,   MaceVaccine, ANTIWS2 turdagi dasturlar orqali ehtimoldagi viruslarni 

tutish. 


Terapiya: (davolash). 

Dasturni    dastlabki "sog'lom" holatga keltirish. Bu ish har bir fayldan zararli viruslarni 

"tishlab olib tashlash" usuli bilan amalga oshiriladi. 

Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, virusdan himoyalanishning bir necha turdagi 

dasturiy vositalari mavjud: dastur-detektorlar (disketa yoki diskdagi viruslarni "tutadi") va 

dastur-faglar (viruslardan davolaydi). Ular har bir foydalanuvchida bo'lishi va kompyuter 

ishga tushirilishidan oldin doimo sinab ko'rilishi kerak. 

  

Shuni ta'kidlash kerakki, eng qulay detektorlar bir emas, ko`plab keng tarqalgan viruslarni 



"ushlaydi". Dastur-fagalar zararlangan dasturlarni tiklashni ta'minlaydi. Ish jarayonida faga 

virus tanasini "tishlaydi" va virus o'zgartirib yuborgan buyruqlar ketma-ketligini tiklaydi. Biz 

tilga olayotgan kompyuter viruslari fagasi hozirda yaratilib bo'lingan. Hozir turli fagalarni 

yig'ish bilan odamlar band bo'lishmoqda. Bu, bizningcha, noto'g'ri. Asosiy e'tiborni 

zararlanishning oldini olishga qaratish lozim. "1 gramm profilaktika 1 kilogramm davolashga 

teng" maqoli naqadar to'g'ri. 

 

 

  



Antivirus dasturlarini ishlatishdagi yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatolarga batafsil to'xtab 

o'tamiz. 

Antivirus vositalarini qo'llashdagi eng ko'p yo'l qo'yiladigan xato - zararlangan kompyuterda 

ularni ishlatib yuborishdir. Virus aniqlangach, keyingi hatti-harakat quyidagicha bo'ladi: 

kompyuterni o'chiring va uni himoyalangan sistemali disket yordamida qayta yuklang 

(bunday disketa sizda albatta bo'lishi kerak). Mazkur disketada antivirus dasturlari joylashgan 

bo'lishi kerak. 

Antivirus dasturini ishga tushiring. 

Zararlangan operatsion sistemalarda amallarni bajarish va dasturlarni ishga tushirish qo'pol 

xato va misli ko'rilmagan yo'qotishlarga sabab bo'ladi. 

Jumladan

, bunda hali zararlanmagan 

dasturlar ham talofat ko'rishi mumkin. Masalan, Sizning kompyuteringiz RCE-1800 virusi 

bilan zararlangan bo'lsin. Mazkur virusga mo'ljallanmagan faga dasturni extiyotsizlik bilan 

ishlatish qolgan yuklovchi modullarni ham ishdan chiqaradi. 

Yana ko'p uchraydigan xatolardan biri antivirus vositalarini haddan tashqari ishonish. 

Garchand, bunday dasturlarni juda yuqori darajadagi dasturchilar yaratsalar-da, ular har doim 

ham ishonchli emas. Har qanday dastur kabi, ular ham xatolardan holi emas. Bu detektorlarga 

ham, fagalarga ham taaluqli. Shu yerda biz ta'kidlashimiz lozimki, biz faga deb atalayotgan 

dasturlar aslida "detektor-faga"ning o'zi. Shuning uchun ularning ishida viruslarni aniqlashda 

ham, ularni davolashda ham xatolar bo'lishi mumkin. 



Ishlatilayotgan detektorlar ko'pincha viruslarni payqamay, zararlangan fayllarni o'tkazib 

yuboradilar. Masalan, juda mashhur McAFee Associates firmasiga tegishli SCAN kompleks 

detektori bizning mamlakatimizda keng tarqalgan viruslarni payqamay o'tkazib yuboradi va 

yangi, bir nechta yolg'on ishlanmalar beradi. Shuning uchun bir nechta detektorlarni bir yo'la 

qo'llash "ovoz berish yo'li bilan" zararli dasturlarning ro'yxatini tuzish mumkin. 

Arxivda saqlanayotgan dasturlarga detektorlarni qo'llash samarasiz ekanligini ta'kidlash 

lozim. Bunda dasturlarni arxivdan ozod etish lozim. Aks holda, detektor mazkur fayllarni 

tekshirmaydi. Yana faga noo'rin dasturning foydali qismini "tishlashi mumkin". Aynan shu 

yerda detektor yolg'on axborot bergan bo'ladi. Faga ishlab turgan dasturni ishdan chiqarishi 

hech gap emas. Yana bir eng katta, yo'l qo'yiladigan xatolardan biri himoyalanmagan 

disketaning qo'lma-qo'l yurishi 

va ishonchsiz disketalarni yuklashdir. Shuning uchun disketalarni doimo himoyalash kerak. 

Faqat ishonchli disketalardangina foydalanish darkor. 

Va yana bir yo'l qo'yiladigan xatoga maxsus to'xtalamiz. Bu A disk yuritgichda disketa bo'la 

turib, kompyuterni qayta yuklashdir. Bunda BIOC aynan disk yuritgichdagi disketadan 

dasturni yuklaydi, natijada disketadagi boot-virus vinchesterga yuqadi. 

Faganing sifati, 

eng avvalo

, u qayta ishlayotgan viruslar soniga bog’liq. Bundan tashqari, 

interfeys qulayligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bular faganing hisobotini yaxshilaydi. 

Odatda, fagalar bir necha viruslarga mo'ljallangan bo'lib, qolganlari uchun samarasiz bo'lishi 

mumkin. 


 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə