O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti sirtqi bo`lim “jismoniy madaniyat yo`nalishi”



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix27.02.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#84193
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mustaqil ish1

Antivirus dasturlari

 

 

Antivirus programmalar.

 

Kompyuter viruslaridan ximoyalanish, ularni yo`q qilish va aniqlash uchun bir necha maxsus 



programmalar yaratilgan. Bunday programmalar antiviruslar deb ataladi. Kompyuterdagi 

ma'lumotlar va dasturlar ma'lum virus dasturi tomonidan o'chirilib yuborilishi yoki 

shikastlanishi mumkin. Virus-dasturlari dasturchilar tomonidan tajriba uchun yoki yomon 

niyatlarda yaratilib, asosan ular quyidagi vositalar orqali Sizning kompyuteringizga kirishi 

mumkin: 

-      - noma'lum disketadagi ma'lumotlarni o'qish natijasida (hujjat, o'yin va boshqalar); 

     - internet tarmog'idan ba'zi xil dasturlarni yuklash natijasida; 

     - elektron-pochta orqali; 

     - lokal tarmoq orqali; 

     - noqonuniy ko'chirilgan va tarqatilayotgan dasturlardan foydalanish oqibatida; 

Virus dasturlari asosan Assembler dasturlash tilida tuziladi va ular salbiy ta'siri bo'yicha bir 

nechta guruhga bo'linadi: 

1. Sodda viruslar - operativ xotirani band qilib, kompyuterning ishlashi sekinlashtiradi. 

2. Maxsus "stels" viruslari, ular joylashishini o'zgartirib turadi va ularni topish ancha 

murakkab. 

3. Ma'lumotlarga o'zgartirish kiritadigan viruslar. 

4. Ma'lumotlarni o'chiradigan viruslar. 

5. Foydalanuvchining ayrim bir (mahfiy) ma'lumotlarini Internet tarmog'i orqali virusni 

yaratgan shaxsga yuboradigan viruslar. 

Antivirus programmalari turlarga bulinadi: 

- programma detektorlar; 



- doktor-programmalar yoki fagi; 

revizor programmalar



- filtrlovchi programmalar; 

- vaksina yoki immunitet programmalar. 

 

Detektor-programmalar - Aniq virusning harakterli holatini qidiradi. Operativ xotira yoki 



fayldagi kerakli ma’lumotni aniqlaydi. Bunday antiviruslarning kamchiligi shundaki, ular 

o`zlariga ma’lum bolgan virusnigina aniqlaydi. 

 

Doktor-programmalar yoki fagi xamda vaksina-programmalar nafaqat viruslarni aniqlaydi 



balki, davolaydi, fayldagi virus tanasini uchiradi, faylni asl holaticha saqlab qoladi. Doktor 

programmalar ko’p miqdordagi viruslarni aniqlash va yo`q qilish imkoniyatiga ega. Bunday 

programmalarga: AVP, AidsTest? Scan? Norton Antivirus, Doctor Web kiradi. 

Yangi viruslar paydo bo`lgan sari yuqoridagi antiviruslarning yangi versiyalari ishlab chiqish 

talab etiladi. 

 

 



Revizor programmalar - viruslardan ishonchli ximoya vositasi xisoblanadi. Revizorlar 

dasturlarni, kataloglar va diskning sistema bo`limi holatini kompyuter virusdan 

zararlanmasdan avval eslab qoladi. Shundan keyin, foydalanuvchining xoxishiga binoan 

oldingi va keyingi holatlarni solishtiradi. O`zgargan holatlarni ekranga chiqaradi. Fayllarni 

holatini solishtirishda uning uzunligi, 

modifikastiya vaqti va sanasi

, hamda boshqa 

parametrini solishtiradi. Revizor programmalar yetarlicha murakkab algoritmlarni xatto stels-

viruslarni xam yo`q qiladi, virus buzib yuborgan fayllarni o`z holatiga keltiradi. Bunday 

antivirusga ko’p tarqalgan Rossiyaning Adinf programmasi misol bo`ladi. 

 

Filtr-programmalar yoki «tozalovchi» o`zida ko’p bo’lmagan rezident dasturlarni 



mujassamlashtiradi. Kompyuterning shubxali va virus ҳarakterno’y beruvchi ishini aniqlaydi. 

Bunday holatlarga: 

1. SOM va EXE kengaytmali fayllar tartibi bo`yicha; 

2. Fayl atributlarini o`zgarganiga qarab; 

3. Aniq manzil orqali diskka yozish bo`yicha; 

4. Diskning yuklovchi sektoriga yozish bo`yicha; 

5. Rezident programmaning yuklanishiga qarab. 

Biror bir programmaning ishlash davomida «tozalovchi» ishning ruxsat etilishi yoki mumkin 

emasligi xaqida ma’lumot beradi. Filtr-programmalar foydali xisoblanadi, u virusni ko’payib 

ulgurmasidan oldin aniqlash imkoniyatini beradi. Faqat ular disk va fayllarni olmaydi. 

Viruslarni yo`q qilish uchun boshqa programmalar kerak bo`ladi. 

 

Vaksina yoki immunitet programmalar zararlangan fayllarni davolaydi. Vaksinalar doktor-



programmalardan yaxshiroq davolaydi. Vaksina faqat mashxur viruslarni aniqlaydi, bunda 


virus vaksinalangan fayl yoki diskni olib zararlay olmay qoladi. Xozirda vakstinalar kam 

qo`llaniladi. Zararlangan fayl va disklardan, ҳar bir virus tushgan kompyuterlardan uzoqroq 

yurish virus epidemiyasidan saqlanish demakdir. 

 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə