Suvni ochiq usul bilan chiqarib tashlash
oqayotgan suvni bevosita kotlovan
yoki transheyadan nasoslar bilan so‘rib chiqarib tashlash uchun qo‘llaniladi. Ochiq
usulda kotlovan qiyaliklari va tubidan sizilib chiqqan suv kotlovanning past qismida
maxsus barpo etilgan ariqchalarga yo‘naltiriladi yoki
zumpf
deb ataluvchi suv
yig‘adigan chuqurga yoki lotokka yo‘naltiriladi va u yerdan suv diafragmali yoki
markazdan qochirma nasoslar bilan chiqarib tashlanadi. Nasoslar suv oqimining
kirimiga qarab tanlanadi.
Suv yig‘uvchi ariqlar eni 0,3...0,6 m va chuqurligi 1...2 m, nishabi chuqur
tarafga tomon 0,01...0,02 m ni tashkil etib qaziladi.
Ochiq suvni chiqarib tashlash grunt suvlari bilan kurashishning oddiy va sodda
usuli, lekin uning jiddiy texnologik kamchiligi bor. Kotlovan va transheya devorlari
hamda tubidan chiqayotgan yer osti suv oqimi gruntni suyultiradi va mayda zarralarni
yuzaga chiqaradi. Bunday yuvilish natijasida bu usul jiddiy kamchiliklarga ega:
oqar suv tomonidan yuvilishi hisobiga qazilma zaminining tabiiy
mustahkamligi kamayadi;
qazilma tubida suv bo‘lishi grunt qazish ishlarini bajarishni qiyinlashtiradi;
suvni zumpflar tomoniga harakati gruntlarni ham harakatga keltiradi,
shuning uchun qazilma devorlarini mahkamlash talab qilinadi;
suvning suv yig‘uvchi ariqlar tomon harakati, qurilayotgan ob’ekt yaqinida
joylashgan bino va inshootlarni zaminlarini susaytirishi mumkin.
Ochiq usulda suvni chiqarib tashlash maqsadga muvofiq bo‘lmasa, u holda
grunt suvlari sathini sun’iy pasaytirish qo‘llaniladi.
Suv sathini pasaytirish grunt suvlari sathini bo‘lajak qazilma tubidan pastroqqa
pasayishini ta’minlaydi. Grunt suvlari sathini pasaytirish bu kelgusida barpo
etiladigan kotlovan va transheya yaqinida joylashgan shaxta quduqlaridan (3.2-rasm)
yoki suvni pasaytiruvchi burg‘ilangan quduqlardan, chuqur nasoslar yordamida suvni
chiqarib tashlashdan iboratdir. Bunda grunt suvlari sathi jadal pasayib, oldin suvga
to‘yingan gruntlarning suvi ketib, grunt xuddi tabiiy namlik holatidagidek qaziladi.
47
Suv sathini pasaytirishda qazilma qiyaliklarining butunligini saqlash imkoni paydo
bo‘ladi va yaqin atrofda joylashgan bino poydevori ostidan grunt zarrachalari
chiqishining oldi olinadi.
Rasm. 3.2. Shaxta-quduq sxemasi:
1–nasosni ishga tushiruvchi; 2– grunt bilan to‘ldirma; 3–filtrlovchi ustun; 4–
suvni ko‘tarib beruvchi quvur; 5–nasos.
Suvni su’niy pasaytirish uchun bir necha boshqa samarali usullar ishlab
chiqilgan bo‘lib, ulardan asosiylari bu ninafiltrli, vakuumli va elektroosmotik
usullardir.
Ninafiltrli usul grunt suv sathini GSS sun’iy pasaytirishda ost qismi filtrlovchi
zvenoli po‘lat quvurdan, yer ustida suv yig‘adigan kollektor va o‘zi so‘rib
chiqaradigan elektr dvigatelli nasosdan iborat nina filtrli moslamalarni qo‘llashga
asoslangan. Po‘lat quvurlar kotlovan perimetri bo‘ylab yoki transheya bo‘ylab suvga
to‘yingan gruntga cho‘ktiriladi (3.3 rasm)
Ninafiltr ikki qismdan iborat: filtrlovchi zveno va filtrlovchi quvurning yuqori
qismi (ninafiltrning diametri 40...50 mm) (3.4– rasm.).
Murakkab gruntlarda, ninafiltrni ishchi holatga tushirish uchun quduq
burg‘ilanadi va unga ninafiltr tushiriladi (6...9 m chuqurlikgacha). Ninafiltrlar qum va
loyli qum gruntlarga gruntni yuvib gidravlik usul bilan cho‘ktiriladi (3.4,b rasm).
Gruntni yuvishdagi suv bosimi 0,3 MPa gacha bo‘ladi.
O‘z og‘irligi ta’sirida ninafiltr gruntga cho‘kadi, cho‘kish jarayonida halqali
qopqoq tashqi va ichki quvurlar orasidagi bo‘shliqni berkitadi. Ninafiltr ishchi
holatga cho‘ktirilgandan so‘ng quvur atrofidagi bo‘shliq qisman cho‘kkan grunt,
qisman yirik zarrachali qum yoki shag‘al bilan to‘ldiriladi.
48
3.3-rasm. Suv sathini pasaytirishni ninafiltrli usuli:
a – suv sathini pasaytirishni umumiy sxemasi; b – suv sathini pasaytirish uchun
tayyorlangan maydon; 1 – ninafiltr; 2 – kotlovan; 3 – suv sathini pasaytiruvchi
magistral tarmoq; 4 – suv sathi pasayishining depression egri chizig‘i; 5 – nasos
stansiyasi.
3.4-rasm. Ninafiltrli moslamani ishlash sxemasi:
a – umumiy ko‘rinishi; b – ninafiltrli zvenoni gruntga cho‘kish davri; v – suv sathini
pasayish davri; g – ejektorli ninafiltr. 1 – egiluvchan shlang; 2 – filtrni ustidagi quvur;
3 – ninafiltrli zveno; 4 – ichki quvur; 5 – tashqi teshikli quvur; 6 – spiralli filtrlovchi
o‘ram; 7 – halqasimon klapan (yopgich); 8 – egar; 9 – sharsimon klapan (yopgich);
10 – cheklovchi; 11 – tishli uch; 12 – quvurni toraygan uchastkasi; 13 – siyraklanish
zonasi; 14 – elejtorni tashqi quvuri.
Ninafiltrlar bir yarusli joylashtirilganda 4...5m ga, ikki yaruslida grunt suvlari
sathini 7...9 m ga pasaytirish imkonini beradi. Ninafiltrlar kotlovan yoki transheya
yoqasidan 0,5 m masofada joylashtiriladi. Chuqurligi 4,5 m gacha va eni 4,0 m gacha
bo‘lgan tor transheyalar bir qator ninafiltrlar bilan agar eni va chuqurligi undan katta
bo‘lsa ikki qator ninafiltrlar bilan quritiladi.
Suv sathini pasaytirishning vakuumli usuli
suv sathini ejektorli suvni
pasaytiruvchi qurilmani qo‘llashga asoslangan. Bu qurilmalar mayda donali
gruntlarda (filtratsiya koeffitsienti 0,02...1 m/sut bo‘lgan mayda donali va changli
qumlarda, loyli qumlarda, balchiqsimon va soz (lyossli) tuproqlarda) grunt suvlari
sathini pasaytirish uchun qo‘llanilib, bularda yengil ninafiltrli qurilmalarni qo‘llash
49
maqsadga muvofiq emas. Suv sathini pasaytiruvchi vaakumli qurilma ishlayotganda
ejektorli ninafiltr zonasida vaakum hosil bo‘ladi (3.5 rasm).
Dostları ilə paylaş: |