O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

Loyli (gilli) gruntlar 
– bog‘lovchi va plastiklik xususiyatga ega. Loy ko‘p suvni 
singdiradi va bunda kuchli shishadi. Muzlaganda suvning hajmi 9% ga oshadi
buning natijasida loyli gruntlar kuchli shishadi, gruntlar quriganda akkarkasa ya’ni 
qiyinchilik bilan namlikni beradi, hajmi kamayadi va yoriladi. Nam holatda, loy 
plastik va deyarli suv o‘tqazmaydi, namlik oshgan sari loy zarrachalarining 
tishlashishi kamayadi, loy oqava suvda oson yuviladi.
Gruntning granulometrik tarkibi
. Gruntni tashkil etuvchi zarrachalarining 
o‘rtacha o‘lchamiga bog‘liq ravishda mm, ular quyidagilarga bo‘linadi: 
loyli – <0,005; changsimon – 0,005...0,05; qum – 0,03...3; 
shag‘al – 3... 40; chaqiq tosh – 40..200; tosh, xarsangtosh – >200 
Qumlar o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: mayda – hajmining 50% dan 
ko‘prog‘ini 0,1...0,25 mm o‘lchamdagi zarrachalar tashkil etadi; o‘rta – xuddi 
shunday 0,25...0,5; yirik – 0,5...3mm. 
Ko‘p gruntlarda loyli zarrachalarning bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Grunt 
hajmida loyli zarrachalarning miqdoriga qarab gruntlar quyidagilarga ajraladi: qum – 
<3%; loyli qum – 3...10%; qumli loy –10...30%; loyli (gil) – 30...60%; og‘ir loy – 
>60% 
Grunt namligi
gruntning suvga to‘yinganlik darajasini tavsiflaydi va gruntdagi 
suv massasining gruntdagi qattiq zarrachalarga nisbati bilan aniqlanadi. Namligiga 
qarab gruntlar kam namlangan (5% gacha) nam (30% gacha), suvga to‘yingan (> 
30%) bo‘ladi. Nam va suvga to‘yingan grunt g‘ovaklarida joylashgan suvlar grunt 
suvi deyiladi. 
Gruntning filtratsiya koeffitsienti
. Grunt suvlarining harakat tezligi gruntning 
g‘ovakligiga bog‘liq; bu tezlik turli gruntlar va jinslar uchun turlicha bo‘ladi, shuning 
uchun gruntlarning suv o‘tkazuvchanligi shu tezlik bilan tavsiflanadi. Grunt 
suvlarining harakat tezligiga (m/sut) filtratsiya koeffitsienti deb ataladi. Gruntning 
zarrachalari qanchalik kichik bo‘lsa, shu zarrachalar orasidagi g‘ovaklar ham kichik 
bo‘ladi, demak ular orasidan suvning sizib chiqishi - filtratsiya tezligi ham kichik 
bo‘ladi va aksincha. Filtratsiya koeffitsienti turli gruntlar uchun har xil, m/sut: loy – 
0; tuproq – < 0,05; mayda zarrachali qo‘m – 1...5, shag‘al- 50...150. 
Gruntning zichligi
– bu 1m

gruntning tabiiy holatdagi ya’ni zich holatdagi 
massasi. Qurilish mashinalarining ish unumdorligi grunt zichligi va undagi 
zarrachalarning o‘zaro bog‘lanish kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Turli ko‘rinishdagi 
gruntlarning zichligi sezilarli chegaralarda o‘zgaradi. Serbalchiq gruntlarning 
o‘rtacha zichligi 0,6 t/m
3
, qumli gruntlarniki 1,6...1,7 t/m

, qoyatosh gruntniki esa 
2,6...3,3 t/m

ni tashkil etadi. 


44 
Gruntning bog‘langanligi 
boshlang‘ich siljishga qarshiligi bilan tavsiflanadi, u 
gruntning turi va namligiga bog‘liq. Bog‘lanish kuchi qumli gruntlar uchun 
0.03...0.05 MPa ni, loyli grunt uchun 0,05...0,3 MPa ni tashkil etadi. 
Yumshatilishi. 
Ishlanganda grunt yumshaydi va bunda uning hajmi dastlabki 
hajmga nisbatan ko‘payadi. Shu sababli gruntning tabiiy va yumshatilgan holatdagi 
hajmlari bir-biridan farq qiladi. Yumshatilganda grunt hajmining oshishi turli 
gruntlarda katta miqdorga farqlanadi va u 
boshlang‘ich yumshatilish
deyiladi. Vaqt 
o‘tishi bilan bu yumshatilgan grunt yuqorida joylashgan qatlam og‘irligi ta’sirida, 
atmosfera, yog‘ingarchilik ta’sirida yoki mexanik ta’sirida asta-sekin zichlanadi. 
Lekin grunt kovlangunga qadar egallagan hajmini egallamaydi. Grunt cho‘kkandan 
va zichlangandan keyingi darajasi 
qoldiq yumshatilishi
deyiladi. Boshlang‘ich va 
qoldiq yumshatilishi miqdori keyingi gruntning gruntning zich holatdagi hajmiga 
nisbatan % bilan ifodalanadi. Grunt hajmining bu ko‘payishini hisobga oladigan 
koeffitsientlarni, boshlang‘ich (dastlabki) va qoldiq yumshatilish koeffitsienti 
deyiladi(3.1 jadval). 
Jadval 3.1. Turli xil gruntlar uchun yumshatilish koeffitsienti 
 
Gruntlar nomi 
Yumshatilish koeffitsientlari 
Boshlang‘ich (dastlabki) 
qoldiq 
Loy 
Qumli loy 
Torf 
Loyli qum 
1.26...1.32 
1.14...1.28 
1.2...1.3 
1.08...1.17 
1.04...1.09 
1.02...1.05 
1.03...1.04 
1.01...1.03 
To‘kilmaga to‘kilgan gruntlarning zichlanishini tezlatish uchun katoklar 
yordamida sun’iy zichlash, trambovka (shibbalab zichlashtirish), vibratsion zichlash 
qo‘llaniladi, qumli gruntlar uchun esa suv quyib zichlash qulay. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə