O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


40 
III-BOB. GRUNTGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI 
 
3.1. Yer inshootlari turlari. 
 
Qurilish-montaj ishlarini bajarish, birinchi navbatda, bino va inshootlarning yer 
ostki qismini barpo etish, katta hajmdagi yer ishlarini bajarish bilan bog‘liq. Yer 
ishlari og‘ir va ko‘p mehnat talab qiladigan qurilish ishlari turiga kirib, murakkab 
sharoitda bajariladigan va ma’lum darajada tabiiy-iqlim omillariga bog‘liq. Shuning 
uchun loyihachilar, texnologlar va quruvchilarning oldidagi asosiy vazifalardan biri, 
bu qurilish maydonidagi yer ishlar hajmini kamaytirish imkonini beradigan usul 
hamda texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishdir. 
Unga quyidagilar kiradi: yer inshootlari konstruksiyalarini takomillashtirish
joy relfidan oqilona foydalanish, tik devorli kotlovan va transheyalarni barpo etish, 
gruntni ko‘chirish hajmlari va gruntning ortiqcha yuklanishini minimallashtirish, 
kommunikatsiyalarni transheyasiz usulda yotqizish, gruntning qurilish xususiyatlarini 
oshirish (mustahkamlash, armaturalash, geosintetik materiallarni qo‘llash va 
boshqalar). 
Bu 
maqsadni 
amalga 
oshirishga 
shuningdek 
yer 
ishlarini 
mexanizatsiyalash 
vositalarini 
takomillashtirish, 
yer 
inshootini 
loyihalash 
geometriyasini ta’minlash imkonini beradigan, mashinalar va ishchi jihozlari 
almashtiriladigan mashinalarni qo‘llash kiradi.
Yer ishlari nol siklidagi majmuali ishlarga taalluqli bo‘lib, uning tarkibiga 
quyidagilar kiradi: kotlovan va transheya qazish, drenaj qurish, bino osti zaminini 
kuchaytirish va tayyorlash, poydevor va devorlar, qavatlararo yopmalar, tonnellarni 
barpo etish, poydevor va kotlovan qiyaligi orasidagi bo‘shliqqa gruntni qayta to‘kib 
to‘ldirish va boshqalar. Nol siklidagi ishlar, binoning yer ostki qismi barcha 
kommunikatsiyalar bilan birga va yer osti inshoot elementlari barpo etilgandan so‘ng 
tugallangan deb hisoblanadi. 
Yer ishlari eng og‘ir va mehnat talab qurilish ishlariga kiradi. Ular to‘rt 
guruhga ajratilgan turli usullar bilan bajariladi: 
mexanik, gidravlik, portlatish va 
qo‘lda bajariladigan
. Bundan tashqari, ba’zi hollarda gruntning yuk ko‘tarish 
qobiliyatini oshirish uchun u zichlanadi, burg‘ilash usuli bilan ishlanadi. 
Gruntni ishlash natijasi bu yer inshooti bo‘lib, u grunt massivida gruntdan 
qurilgan yoki grunt yuzasida barpo etilgan, muhandislik inshootini ifodalaydi. Yer 
inshooti quyidagilarga bo‘linadi:
grunt yuzasiga nisbatan
– qazilma, ko‘tarma, yer ostida qazilmalari, qayta 
to‘ldirishlar;
xizmat muddati bo‘yicha
doimiy va vaqtincha;
funksional maqsadi bo‘yicha
– kotlovan, transheya, chuqurlar, quduqlar
uyumlar, to‘g‘onlar, dambalar, yo‘l ko‘tarmalari, tunnellar, tekislangan maydonlar, 
yer osti qazilmalari;
geometrik o‘lchamlari va fazoviy shakli bo‘yicha 
– chuqur, sayyoz, uzun 
o‘lchovli, to‘plangan, oddiy, murakkab va boshqalar.Eng xarakterli yer inshootlari 
3.1-rasmda keltirilgan.


41 
Doimiy inshootlarga – uzoq muddat xizmat qilish uchun mo‘ljallangan – yerli 
to‘g‘onlar, kanallar, relsli va relsiz yo‘llarning tushamasi, tekislashda barpo 
etiladigan qazilmalar va to‘kmalar. Vaqtinchalik yer inshootlariga turar joy va sanoat 
binolarining poydevorlari, ko‘priklar va to‘g‘onlarni barpo etishda kavlanadigan 
qazilmalar, suv ta’minoti, oqava suv, gaz va boshqa tarmoqlarni yotqizish uchun 
qazilgan transheyalar, vaqtinchalik yo‘llarning ko‘tarmalari kiradi.. Har bir yer 
inshooti turg‘un, mustaxkam va suv bilan yuvilishdan himoyalangan bo‘lishi kerak. 
3.1-rasm. Yer inshootlarining turlari 
I – qazilmaning kundalang profili: a − profili to‘g‘ri burchakli qazilma; 
b – trapetsiya shaklidagi kotlovan (transheya); v – doimiy qazilma profili;
1 – qiyalik qirg‘og‘i; 2 – qiyalik; 3 – berma; 4 – qiyalik asosi; 5 – qiyalik tubi; 6 – 
banket; 7 – balandlikdagi ariqcha; II – yer osti qazilmasi kesimlari;
g – yumaloqli; d – tug‘ri burchakli; III − ko‘tarma profilli: e − vaqtinchalik ko‘tarma;
j – doimiy; IV – qayta to‘ldirish: kotlovan qo‘yinini ( bo‘shlig‘i).
Eni 3 m dan katta qazilmalar 
kotlovan
deyiladi, lentali poydevorlar yoki 
tarmoqlar uchun tor qazilmalar – 
transheyalar
, alohida turuvchi poydevorlar yoki 
ustunlar uchun qazilmalar 
chuqurlar (o‘ra)
deyiladi. Bu inshootlarning tubi va yon 
yuzalari, nishabli qiyaliklar yoki tik devorlari bor. Qurilish uchun etmaydigan 
gruntlarni qazib oladigan qazilma 
rezerv
, ortiqcha grunt to‘kilib hosil qilinadigan 
ko‘tarmalar 
kavaler
yoki 
ag‘darma
deyiladi. 
Qurilish axlati yoki boshqa axlatni to‘kish uchun ajratilgan joy – 
svalka 
(axlatxona), 
qum, shag‘al va boshqa qurilish materiallari qazib olinadigan joy – 
karer
deyiladi. Yer yuzasidan berkitilgan va transport hamda kommunikatsion tunnellar 
yotqizish uchun barpo etilgan 
qazilmalar yer osti qazilmalari deyiladi.
Qazilmalar 
tub va yotiq 
qiyaliklarga 
ega bo‘ladi, yer osti inshootlari barpo etilgach (yoki yer 
ostki inshootining qismi), inshoot va kotlovan qiyaliklari orasi 
bo‘shliq
grunt bilan 
qayta to‘ldiriladi. 


42 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə