O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

elektron taxeometrlar
(2.5-
rasm) qo‘llanilmoqda – bular o‘zida dalnomer (uzoqni o‘lchagich), burchaklarni 
elektron o‘lchovchi raqamli teodolit va o‘lchash natijalarini esda saqlab qolish uchun 


31 
xotira modulini birlashtiruvchi asboblardir. Ular burchak va chiziqli o‘lchamlarning 
yuqori aniqligini ta’minlaydi, hisob natijalarini ko‘rib yozib olishdan ozod etadi
o‘lchash tezligi hisobiga dala ishlarining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. 
Burchak o‘lchash hisoblari avtomatik tarzda maxsus datchiklar yordamida amalga 
oshiriladi, bu o‘lchashlarning aniqligiga va tezligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 200 m 
gacha bo‘lgan masofani asbob 2...5 mm chegaralaridagi aniqlik bilan o‘lchaydi. 
2.5-rasm. Elektron taxeometrlar 
Taxeometrning ishchi rejimlarini boshqarish va uni sozlash katta hajmdagi 
axborotni aks ettirishga qodir bo‘lgan klaviatura hamda ekran yordamida amalga 
oshiriladi. Ekran tufayli dala o‘lchashlari jarayoni ancha qulay va ravshan bo‘lib 
qoladi, reykalarni va qaytargichlarning o‘rnini almashtirish ishi ancha oddiy. 
Taxeometrlarning ayrim turlari maxsus o‘q-nuqtani ko‘rsatuvchi tizimlarga ega. 
Nuqta yo‘nalishini ko‘rsatuvchi yorug‘lik tizimi nuqtalarni naturaga tezroq chiqarish 
imkonini beradi. 
Yangi turdagi taxeometrlar asbobni kuzatilayotgan nishon yuzasiga bevosita 
yo‘naltirish bilan prizmali qaytargichlardan foydalanmasdan masofalarni o‘lchashga 
qodirdir. Masofalarni o‘lchash aniqligi bu holda ham yetarlicha yuqori, uzoqlik 1000 
m gacha bo‘lganda o‘lchashlar aniqligi taxminan 1...20 sm ni tashkil etadi. 
Asbobning ichki xotirasi 5000 nuqta uchun ma’lumotlar saqlashga qodirdir. 
Qaytargichsiz taxeometrlarda kuchli lazer nurlatgichlardan foydalangan holda 
o‘lchash diapazonini 6000 m gacha orttirish imkoni paydo bo‘ladi. 
Avtofokusli texeometrlar apparatni ob’ektga avtomatik tarzda fokuslaydi
buning uchun vizirni belgilangan qaytargichga yo‘naltirib va avtofokuslash 
tugmachasini bosish kifoya. 
Taxeometrlar 10 soatgacha ishlash davriga mo‘ljallangan ta’minot batareyalari 
bilan birga va turli xil geodezik masalalarni tez hamda oddiy tarzda yechishga imkon 
beruvchi bir necha amaliy dasturlar bilan birga yetkazib beriladi. Barcha zamonaviy 
taxeometrlar shaxsiy kompyuterlar bilan ishlashga moslashtirilgan, bu uning xotirasi 
hajmini kengaytiribgina qolmay, balki dala ishlari jarayonida ishlov berish va 
hisoblashlar uchun taxeometr imkoniyatlarini keskin oshirishga hamda mahalliy 
joyga hisobiy nuqtalarni chiqarishni soddalashtirishga imkon beradi. 


32 
Maydonni qurilishga tayyorlash bosqichida 
tayanch geodezik rejalash asosi 
yaratilishi kerak bo‘lib, uning asosiy vazifasi – binoning bo‘ylama va ko‘ndalang 
o‘qlarini qurilish joyida bir-biriga bog‘lashdan iborat. Bu asos qurilishning barcha 
bosqichlarida va u tugaganidan keyin ham geodezik ta’minotga xizmat qiladi hamda 
zarur belgilarni elementar ravishda rejada ham, vertikal bo‘yicha ham topishga imkon 
beradi. Rejalash uchun dastlabki material sifatida qurilish bosh rejasi, inshootning 
ishchi chizmalari va rejalash chizmalari xizmat qiladi. Yer inshootlarining geodezik 
rejalanishi qurilish bosh rejasi masshtabida tuzilgan qurilish maydoni geodezik rejasi 
bo‘yicha amalga oshiriladi. Rejada Davlat triangulyasion to‘riga, shuningdek mavjud 
binolar va inshootlarga bog‘lanish berilgan. Geodezik rejaga muvofiq inshootning 
joyidagi holati, uning gorizontal va balandlik holatlariga nisbatan bog‘lanishi 
aniqlanadi. 
Qurilish ob’ektlarining rejadagi holatini aniqlash uchun geodezik rejalash asosi 
aksariyat holda quyidagi ko‘rinishda yaratiladi:


Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə