O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

Ishlarni bajarish loyihasi
tarkibiga quyidagilar kiradi: 

ayrim ijrochilar tomonidan bajariladigan ishlar va ularni bajarish 
muddatlarini o‘zaro bog‘lagan ishlarni olib borishning 
kalendar (taqvim) rejasi


qurilayotgan ob’ekt, maishiy xonalar, omborlar, mexanizmlar, vaqtincha 
yo‘llar, vaqtincha va doimiy suv ta’minoti tizimi, kanalizatsiya tarmoqlari va 
hokazolar chizilgan 
qurilishning bosh rejasi


ishchi kadrlar, mexanizmlar, qurilish materiallari va konstruksiyalariga 
har 
kunlik ehtiyoj grafiklari


IBL loyihasi tarkibidagi murakkab va yangi texnologiya bo‘yicha 
o‘zlashtiriladigan ishlar(jarayonlar)ga 
texnologik xaritalar 
ishlab chiqiladi. Xaritada 
ishlarni bajarishning qabul qilingan usullari, qamrovlarga bo‘linishlar, 
mexanizmlarning joylashtirilishi va transport xarakati yo‘nalishlari, jarayonlar ketma-
ketligi hamda davomiyligi, xaritaga kiritilgan jarayonlarni amalga oshirish uchun 
zarur bo‘lgan mehnat va moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojlar ko‘rsatiladi. 
Qurilishda texnologik xaritalarning uch turidan foydalaniladi: 1) qurilayotgan 
ob’ektga va mahalliy sharoitlarga bog‘lanmagan tipovoy (namunaviy) xaritalar; 2) 
tiklanayotgan bino yoki inshootga bog‘langan, lekin mahalliy sharoitlarga 
bog‘lanmagan tipovoy (namunaviy) xaritalar; 3) qurilayotgan ob’ektga va qurilish 
joyidagi mahalliy sharoitlarga bog‘langan xaritalar. 
Texnologik xaritalar yagona sxema bo‘yicha ishlab chiqiladi, ularda qurilish 
jarayonining texnologiyasi va tashkil etilishiga oid masalalar aks ettirilmog‘i, 
materiallar va yarimfabrikatlar, konstruksiyalar hamda asboblarga bo‘lgan ehtiyojlar 
ko‘rsatilishi lozim. Shuningdek, texnologik xaritalarda texnologik sxemalar, mehnat 
sarflari kalkulyasiyasi, sifatga qo‘yiladigan talablar, ishlarning sifatini operatsiyalar 
bajarilishi bo‘yicha nazorat qilish, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar beriladi. 
Texnologik xarita tarkibi: 
● qo‘llanish sohasi – qurilish jarayonini bajarish sharoitlari (shu jumladan 
iqlim sharoitlari); konstruktiv elementlar, bino va inshoot qismlarining tavsiflari 
(xarakteristikalari); ko‘rib chiqilayotgan qurilish jarayonining tarkibi, zarur bo‘lgan 
moddiy (material) elementlar nomenklaturasi; 
● moddiy-texnik resurslar – ko‘zda tutilgan ishlar hajmlariga mos keladigan 
materiallar, yarimfabrikatlar va konstruksiyalar, asbob-uskunalar va moslamalarga 
bo‘lgan ehtiyojlar to‘g‘risida ma’lumotlar; 
● mehnat sarflari kalkulyasiyasi – ishlar hajmi ko‘rsatilib bajarilishi lozim 


24 
bo‘lgan operatsiyalar va jarayonlar ro‘yxati; ishchi va mashina vaqti me’yor 
(norma)lari va narxlari; ishchilarning me’yoriy (normativ) mehnat sarflari 
(xarajatlari) (kishi yoki odam - soat) va ish haqi (so‘m); 
● ishlarni bajarishning soatbay yoki smenali grafigi – mehnat sarflari va 
mashinalarning ishlash vaqti kalkulyasiyasi asosidagi operatsiyalar va jarayonlar 
ketma-ketligi va davomiyligining grafik ifodasi. Grafikning jadval qismini 
hisoblashda mehnat unumdorligini oshirish evaziga me’yorlar (normalar)ni oshirib 
bajarish imkoniyatlarini hisobga olish zarur
● ishlarni bajarish texnologiyasi va tashkil etish – oldin bajarilgan jarayonlar 
yoki tayyorgalik jarayonlarining tugallanganligiga qo‘yiladigan talablar; 
foydalaniladigan mashinalar, konstruksiyalar va mexanizmlarning tarkibi ularning 
texnik tavsiflari, turlari, markalari va soni; operatsiyalar va oddiy jarayonlarning 
ro‘yxati hamda ularni bajarish texnologik ketma-ketligi; pirovard mahsulotni olish 
uchun operatsiyalar va oddiy jarayonlarni bajarish sxemalari; mexanizmlar, 
mashinalarning joylashish va moslamalarni joylashtirish sxemalari; ishchilar 
zvenolari yoki brigadalarining tarkibi; materiallar va konstruksiyalarni omborga 
joylashtirish sxemalari; 
● ishlar sifatini operatsion nazorat qilish ― nazorat qilinishi lozim bo‘lgan 
operatsiyalar yoki jarayonlar ro‘yxati; nazorat qilishning turlari va usullari; 
foydalaniladigan asboblar va konstruksiyalar; bajariladigan jarayonlar sifatini nazorat 
qilish va baholashni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar; 
● mehnat muhofazasi – jarayonlarni xavfsiz bajarish tadbirlari va qoidalari, shu 
jumladan qurilayotgan ob’ekt yoki ish turlari uchun aniq talablar; 
●texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar – ishchilarning mehnat sarflari (kishi-soat); 
mashinalarning ishlash vaqti sarflari (mash-soat); ishchilarning ish haqi (so‘m); 
ishlarni amalga oshirish grafigiga muvofiq jarayonni bajarish davomiyligi (smenalar); 
bir smenada bir ishchi ishlab chiqaradigan mahsulot natural o‘lchamlarda; 
mexanizatsiyalashtirish xarajatlari va boshqalar. 
Qurilish jarayonlarining tashkiliy-texnologik strukturasi (tuzilishi)ni grafik 
tarzda ifodalovchi muhim hujjat ob’ekt qurilishiing taqvim (kalendar) grafigi 
(qurilish jarayonlari yig‘indisining o‘zaro bog‘likligini vaqtda ifodalash uchun) yoki 
taqvim (kalendar) rejasi (yirik ishlar majmualarining o‘zaro aloqasini ifodalash 
uchun). 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə