O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

Jarayonlarining bajarilish muddatlari, ishlarning smenaliligi, ayrim 
operatsiyalarning bajarilish davomiyligi 
qurilish jarayonining asosiy vaqt 
parametrlarini tashkil etadi. Qabul qilingan qarorlar jarayonni bajarishning taqvim 
(kalendar) grafigi (ishlarni bajarish grafigi) ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Bunday 
grafik ikki qismdan iborat: hisob-kitob va grafik. Hisob-kitob qismida bajariladigan 
qurilish jarayonlarining nomlari, bajariladigan zarur ishlarlarning o‘lchov birliklari va 
hajmlari, bu hajmlarga hisob qilingan ishchi va mashinalarning mehnat sarflari, qabul 
qilingan yoki hisoblangan ishlarning smenaliligi, har bir jarayon bo‘yicha va butun 
ish hajmlari yig‘indisi uchun ishlarning davomiyligini (soatlarda, smenalarda, 
kunlarda) hisob-kitob qilish (hisoblash) natijasida olingan zveno yoki brigada tarkibi 
keltiriladi. 


25 
Grafik qismida chiziqli shaklda vaqt miqyosida ayrim jarayonlarni bajarish 
bo‘yicha qabul qilingan yechimlar (qarorlar), shuningdek ularni bajarishning o‘zaro 
bog‘lanishi va birgalikda bajarilishi aks ettiriladi. Grafikda har bir jarayonning 
boshlanishi va tugallanishi umuman olganda bu jarayonning davomiyligini 
ifodalaydi. Birinchi jarayonni (operatsiyani) bajarishning boshlanishi bilan oxirgi 
jarayonning tugatilishi o‘rtasidagi vaqt farqi ishlar grafigiga kiritilgan jarayonlar 
majmuasining umumiy davomiyligini yoki mazkur bo‘linma (qamrov, seksiya, qavat, 
bino)dagi ishlarni bajarish muddatlarini belgilaydi. 
Bunday o‘zaro aloqalarning uchta turi ajratilishi mumkin (1.4-rasm): 

ikki jarayon bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib ular bir-birining ketidan 
izma-iz kelib chiziqli ketma-ketlikni hosil qiladi (1.4,a -rasm); 

ikki jarayon umumiy dastlabki hodisaga va umumiy yakunga ega, ammo
berilgan intervalda o‘zaro bir qiymatli bog‘lanmagan va interval ichida parallel 
ravishda bajariladi (1.4,b-rasm); 

ikki jarayon umumiy dastlabki hodisaga va umumiy yakunga ega, 
berilgan intervalda o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bir-birini muvofiqlashtiradi va sinxron 
parallel aloqani bog‘lanishni tashkil etadi (1.4,v-rasm). 
Qurilishning zamonaviy konsepsiyasi asosida jarayonlar va ishlar majmualarini 
maksimal darajada birgalikda bir vaqtda bajarish prinsiplari yotadi. Parallel ravishda 
kechadigan jarayonlarni bajarish ularni muvofiqlashtirish hisobiga erishiladi. Bunda 
ayrim jarayon- fragmentlarni chiziqli ketma-ketlikda va fragmentlar ichida xususiy 
jarayonlarni parallel bajarilish kombinatsiyasi bo‘lishi mumkin, bu ishlarni tashkil 
etish sxemasi real qurilish loyihasiga mos keladi. 
 
Qurilish jarayonlari yoki qurilish-montaj ishlari majmualarini bir-biriga 
bog‘lanishiga ko‘ra qurilish ishlari mavjud bo‘lgan uch usuldan biri bo‘yicha amalga 
oshirilishi mumkin: ketma-ket, parallel va oqim. 


26 
Ketma-ket usul har bir keyingi binoni barpo etish oldingisini qurilishi 
tugagandan so‘ng barpo etishni nazarda tutadi. Qurilishning umumiy davomiyligi bir 
binoni qurishga sarflangan vaqtni ushbu binolar soniga ko‘paytirilganiga teng bo‘lib, 
ishlarni amalga oshirish uchun nisbatan kam sondagi ishchilar talab etiladi. 
Parallel usul barcha binolarni bir vaqtda qurilishini nazarda tutadi. Barcha 
binolarni qurishning umumiy davomiyligi bitta binoni barpo etish davomiyligiga 
teng, biroq bunda bir paytda ishlash uchun ishchilarga bo‘lgan ehtiyoj 

marta (
m
– 
qurilayotgan binolar soni) ortadi. 
Oqim usuli yuqorida tavsiflangan usullarning afzalliklarini o‘zida 
uyg‘unlashtirib
 
kamchiliklarini istisno qiladi. Oqim usulida qurilishning davomiyligi 
ketma-ket usuldagiga qaraganda qisqaroq, biroq resurslarni iste’mol qilish jadalligi 
ham parallel usuldagiga nisbatan kam bo‘ladi. Oqim usulining o‘ziga xos xususiyati 
shundaki, binoni barpo qilish ishlari bir xil davomiylikka ega bo‘lgan bir nechta 
tashkil etuvchi sikllarga bo‘linadi, ular har bir binoda turli vaqtlarda bajarilishi 
mumkin, bu esa bir turdagi jarayonlarni ketma-ket va har turdagi jarayonlarni parallel 
bajarishga imkon beradi. 


27 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə