O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich


 Muhandislik-geologik izlanishlar



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

2.2. Muhandislik-geologik izlanishlar 
 
Poydevorlarning va umuman butun binoning konstruktiv sxemasini to‘g‘ri 
tanlash, maqbul materiallar va buyumlarni tanlash uchun gruntlarning fizik-mexanik 
xossalari, yer usti suv sathlari va hokazolar to‘g‘risida keng qamrovli axborotga ega 
bo‘lish taqoza etiladi. 
Qurilish maydonidagi muhandislik-geologik izlanish (qidiruv) lariga 
quyidagilar kiradi: 

gruntlar va ularning yuk ko‘taruvchanlik qobiliyatini muhandislik baholash; 

qurilish maydoni hududida yer osti grunt suvlari sathini aniqlash. 
Gruntlarni muhandislik baholash ob’ektni loyihalanishi boshlanishidan oldin 
bajariladi hamda gruntlarning qurilish va fizik- mexanik xossalarini baholashni – 
ularning granulometrik tarkibi, zichligi, namligi, yumshoqligi va xokazolarni 
baholashni ifoda etadi. Bu maqsad uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotlar texnik 
topshiriqda ko‘rsatilgan vazifaga bog‘liq holda chuqur yoki yuzaki burg‘ilash 
vositasida namunalar ajratib olishadi. Bu ma’lumotlar asosida barpo etilayotgan 
binoni loyihalash jarayonida ularni tayyorlash usullari, kuchaytirish, ishlov berishni 
maqsadiga muvofiq mexanizatsiyalashtirish, ayrim hollarda esa konstruktiv 
xususiyatlari bo‘yicha zarur qarorlar qabul qiladilar. 
Yer osti grunt suvlari sathini aniqlash, ishlarni bajarishni loyihalashda, qurilish 
jarayonida suv sathini pasaytirish tadbirlarini ishlab chiqishga imkon beradi va agar 
zarur bo‘lsa, ob’ektdan foydalanish davrida suv sathini pasaytirish bo‘yicha takliflar 
beradi. 
Qurilish maydonini va bu maydondagi bo‘lajak inshootlarni geodezik rejalash 
yer ishlari hamda barcha keyingi qurilish ishlarini amalga oshirish geodezik 
ta’minotining asosi hisoblanadi va o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: 

tayanch geodezik to‘rni yaratish, maydonni kvadratlarga ajratib, uning 
uchlarini reperlar bilan mahkamlash, hududni tekshiruv niverillash; 


29 

joydagi bino va inshootlarni rejalash, binolarni tayanch geodezik to‘rga yoki 
mavjud qo‘shni binolarga bog‘lash; 

bino atrofi bo‘ylab obnoska o‘rnatish, o‘qlarini mahkamlash. 
Zarur geodezik o‘lchashlar nivelirlar, teodolitlar, zenit-asboblar, lazerli 
qurgichlar va elektron taxeometrlar bilan bajariladi. 
Nivelir – nuqtalarning nisbiy balandligini aniqlash, qiymat belgilarni geodezik 
nishonlardan qurilish maydoniga ko‘chiruvchi geodezik asbob bo‘lib, shuningdek u 
qavatma-qavat montaj gorizontini aniqlaydi va qavat rejasidagi asosiy nuqtalarni 
o‘zaro joylashishini baholaydi (2.1-rasm). 
2.1-rasm. 
Nivelir
Teodolit
– gorizontal va vertikal burchaklarni o‘lchash yoki ularni tabiiy 
holatda mahkamlash uchun xizmat qiladigan optik asbob. Reja o‘qlarini yer sathidan 
binoning qavatlariga ko‘chirish uchun keng foydalaniladi (2.2-rasm). 
2.2-rasm. Teodolit 
Zenit-asbob
o‘qlarni faqat qat’iy vertikal bo‘yicha ko‘chirish uchun 
mo‘ljallangan. Ko‘p qavatli binolar va inshootlarni barpo etishda har bir qavatdagi 
tayanch elementlarning holatini aniqlash binoning asosiy o‘qlarining kesishishidan 
topiladi. Zenit-asbob optik nur yordamida asosiy o‘qlarning o‘tishini yangi montaj 
gorizontiga faqat proeksiyalash uchun mo‘ljallangan (2.3-rasm). 


30 
2.3-Rasm. Zenit-asbob 
Qurilishga yangi lazer texnologiyalarining joriy qilinishi tufayli asboblarning 
mutlaqo yangi turi – 
lazerli tekislik yasovchilar
paydo bo‘lib, ular qurilish maydonini 
rejalashdan tortib to pardozlash ishlari sifatini ta’minlashgacha bo‘lgan oraliqda keng 
qo‘llanila boshladi(2.4-rasm). Lazerli nivelirlar rejalashtirish ishlari uchun 
qo‘llanilishi mumkin, samarali ishlash uchun ular aylanuvchi lazer nurini gorizontal 
tekislikda avtomatik o‘rnatuvchi konstruksiya – kompensator bilan ta’minlangan. Nur 
yaxshi ko‘rilmaganda yoki qatta masofalarda ishlaganda nurning vaziyatini ko‘rib 
aniqlash mumkin bo‘lmagan holatlarda ham uni tutib oluvchi maxsus datchiklardan 
foydalaniladi. Datchiklar ikki tomondan suyuq, kristal ekranlar bilan ta’minlangan 
bo‘lib, ular tushgan lazer nurini qayd etadi; ular odatdagi nivelir chiziqlarda 
kronshteyn yordamida mahkamlanadi.
2.4-rasm. Lazerli tekislik yasovchilar 
Sanoatda ishlab chiqariladigan lazerli yasovchilar bir vaqtning o‘zida ham 
nivelir va teodolit vazifasini bajaradi. Vertikal proeksiyalashda lazerli quruvchidan 
lazerli shovun sifatida foydalaniladi, unda ko‘rinadigan nur o‘rnatilayotgan 
konstruksiyalar va tekisliklarning vertikalligini aniq ko‘rsatadi, bunda geodezistning 
asbob yonida turishiga zaruriyati ham qolmaydi. Muhandislik kommunikatsiyalarini 
yotqizishda lazerli yasovchiga zarur qiyalikni berish bilan va shuningdek 
quvuro‘tkazgichlarning sifatli yotqizilishini operatorsiz ta’minlash mumkin. Lazerli 
yasovchilar bilan ishlash juda oson, asboblarning energiya ta’minoti o‘ziga 
o‘rnatilgan akkumulyatorlardan yoki odatdagi elektr batareykalar orqali amalga 
oshiriladi. 
Qurilish amaliyotida borgan sari keng ravishda 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə