O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich


  1.3. Qurilish texnologiyalarining moddiy elementlari



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

 


15 
1.3. Qurilish texnologiyalarining moddiy elementlari 
 
Qurilish ko‘p miqdordagi moddiy (material) elementlarni iste’mol qilish bilan 
bog‘liq bo‘lib, ular o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
-
sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan yoki karerlardan qazib 
olinadigan qurilish materiallari;
-
zavod sharoitlarida yoki bevosita qurilish maydonida tayyorlanadigan 
yarim fabrikatlar (chala tayyor mahsulotlar: beton aralashmasi, qorishmalar);
-
qurilish 
sanoati 
korxonalarida 
ishlab 
chiqariladigan 
qurilish 
konstruktiyalari, detallar va buyumlar;
-
sanoatning turli tarmoqlari korxonalari yetkazib beradigan bino va 
inshootlar konstruktiyalarining turli xil mahsulotlari, materiallari, elementlari.
Yarim tayyor fabrikatlar, detallar va buyumlarni tayyorlash asosan sanoat 
korxonalarida amalga oshiriladi. Ammo, qurilish maydonining xususiyatlariga 
bog‘liq holda yarim tayyor mahsulotlar va ayrim buyumlar bevosita maydonda, 
ob’ekt oldidagi poligonda yoki ustaxonada tayyorlanishi mumkin. 
Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ), Shaharsozlik me’yorlari va 
qoidalari(ShNK) Davlat standartlari (DST) va tarmoq standartlari (TST) hamda 
texnik shartlar (TSh) qurilish maydoniga yetkazib kelinayotgan materiallar va 
buyumlar muvofiqligini tartibga soluvchi hujjatlar bo‘lib hisoblanadi. Qurilish 
maydoniga yetkazilgan buyumlar ular xossalarining muvofiqligini kafolatlovchi 
texnik pasportga ega bo‘lishi kerak. Buyumlarni markirovkalash (belgi qo‘yish) – 
mahsulotlarni tayyorlovchi, tayyorlangan sana, buyumning nomi va markasi kabi 
qo‘shimcha axborot olish uchun zarur. 
Qurilish jarayonlarining xilma-xilligi ularni bajarish uchun zarur bilimga va 
amaliy tajribaga ega turli kasbdagi ishchilarni jalb etishni talab etadi.
Ishchilarning kasblari – bu ularning doimiy faoliyati bo‘lib, ular bajaradigan 
ishlarning (montajchi, betonchi, bo‘yoqchi) turi va xususiyati bilan belgilanadi. 
Mutaxassislik (ixtisos) – mazkur ish turi bo‘yicha yanada tor ixtisoslik 
(montajchi-yuqorida ishlovchi, temir beton yoki metall konstruktiyalar montajchisi). 
Turli xil qurilish ishlari va jarayonlarini bajarish uchun tayyorgarlik darajasi turlicha 
bo‘lgan, ya’ni turli malakaga ega ishchilar kerak. 
Malaka – ma’lum bir murakkablikdagi ishni bajarish uchun bilim va 
malakalarning mavjudligi. Malakaning ko‘rsatkichi razryad hisoblanib, u har bir 
kasbning va razryadning malaka tavsiflariga muvofiq o‘rnatiladi. 
Qurilishda ishlar va kasblarning yagona tarif-malaka ma’lumotnomasi 
(YaTMM) da qurilishda qabul qilingan 6 razryadli to‘rni hisobga olib, 179 ta kasbni 
o‘z ichiga oladi. Ma’lumotnomada u yoki bu ishni bajarishning bilimi va 
malakalariga nisbatan turli kasb ishchilariga qo‘yiladigan talablar keltirilgan. 
Bajariladigan qurilish jarayonlarining murakkabligiga mos holda asosiy kasblar 
ishchilari uchun oltita malaka razryadi belgilangan: 
1 razryad
– yetarlicha mehnat malakalariga ega bo‘lish va mehnat havfsizligi 
qoidalarini bilish;
2 razryad
– ayrim kasbiy malakalarga ega bo‘lishi zarur; 


16 
3 razryad
– bilim va malakalarning ma’lum kasbiy darajasiga ega bo‘lishi 
zarur;
4 razryad
– o‘rtacha murakkablikdagi jarayonlarni bajarish uchun maxsus va 
nazariy tayyorgarlik hamda katta kasbiy stajga ega bo‘lishi talab etiladi;
5 razryad
–murakkab jarayonlarni bajarish uchun yuqori malaka va bilimlar, 
zveno yoki brigada boshlig‘i bo‘lib ishlash uchun tashkilotchilik qobiliyatlariga ega 
bo‘lishi zarur;

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə