O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

 



KIRISH 
Xozirgi vaqtda qurilish soxasida kapital qo‘yilmalarning samaradorligini 
oshirish vazifasi turibdi. Bu vazifani muvaffaqiyat bilan amalga oshirish tarmoqda 
ilg‘or energiya va resurs tejamkor texnologiyalarni olib kirish, qurilish ishlab 
chiqarish mexnat unumdorligini oshirish qurilish ishlarini bajarishning zamonaviy 
yangi ilg‘or va maqbul usul va uslublarini joriy qilishga bevosita bog‘liqdir.
“Qurilish jarayonlari texnologiyasi” fani 5340200 - Bino va inshootlar qurilishi 
yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda yetakchi maxsus fan sifatida bilim 
beradi. 
Bu fanni o‘qitishdan maqsad qurilish, montaj va maxsus ishlarning ketma-
ketligini bino va inshootlarning yuk ko‘taruvchi, to‘suvchi, pardozlash va boshqa 
konstruktiv elementlarini barpo etishni va kerakli xujjatlar va loyihalar bo‘yicha 
ishlay olishini o‘rgatishdir. 
Ushbu o‘quv qo‘llanma 6 bobdan iborat bo‘lib, birinchi bob qurilish 
jarayonlari texnologiyasi bo‘yicha asosiy tushunchalar va qoidalar, ikkinchi bob 
qurilish maydonining injinerlik tayyorgarligi, uchunchi bob gruntga ishlov berish 
texnologiyasi, to‘rtinchi bob poydevor va devorlarni qurish texnologiyasi, beshinchi 
bob qurilish konstruksiyalarini montaj qilish texnologiyasi va oltinchi bob monolit 
beton va temirbeton texnologiyasini o‘z ichiga oladi. 
Mazkur o‘quv qo‘llanma 5340200 – “Bino va inshootlar qurilishi” ta’lim 
yo’nalishida taxsil olayotgan bakalavrlar va qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan 
barcha qiziquvchilar ham foydalanishi mumkin. 



1-BOB. QURILISH JARAYONLARI TEXNOLOGIYASI BO‘YICHA ASOSIY
TUSHUNCHALAR VA QOIDALAR
 
1.1 . Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy prinsiplari 
Jamiyat rivojining zamonaviy ilmiy-texnologik darajasi bir tomondan, qurilish 
ishlab chiqarishiga, odatda, yuqori talablar qo‘yadi, ikkinchi tomondan, uni 
takomillashtirishda va yangilanishiga yangi imkoniyatlarni ochib beradi. 
Qurilish ishlab chiqarish asosiga hozirgi vaqtda qo‘yilayotgan prinsiplar 
quyidagilardir: tizimlilik; havfsizlik; moslashuvchanlik; resurstejamkorlik; sifat; 
samaradorlik. 
Tizimlilik - ob’ekt qurilishining ishlab chiqarish jarayonini murakkab ierarxik 
tuzilishga ega, bir-biri bilan va tashqi muhit bilan konstruktiv, texnologik, tashkiliy 
va iqtisodiy aloqalar bilan bog‘liq katta miqdordagi elementlardan iborat murakkab 
ierarxik tuzilmaga ega yagona qurilish tizimi sifatida ko‘rib chiqishni anglatadi. 
Havfsizlik - ob’ektni qurishda va foydalanishda qabul qilinadigan hajmiy-
rejaviy, konstruktiv, tashkiliy-texnologik yechim(qaror)larning atrof tabiiy va 
ijtimoiy sharoitlariga muvofiqligini ta’minlovchi va ob’ektning mustahkamligini 
kafolatlovchi prinsipdan iborat bo‘lib, shu jumladan favqulodda va ekstremal holatlar 
yuzaga kelganda.
Moslashuvchanlik - ob’ektni barpo etish ishlab chiqarish jarayonining 
maydonchadagi ishlarni amalga oshirishda tez-tez o‘zgaruvchan sharoitlariga 
moslashishi, keng diapazonda tashkiliy, texnologik va resursli parametrlarning 
o‘zgarishiga javob berishi va bunda loyihaviy ko‘rsatkichlarni saqlagan holda 
pirovard natijaga erishish qobiliyatini anglatadi. 
Resurstejamkorlik - qurilish ob’ektini barpo etishning barcha bosqichlarida 
moddiy, energetik, mehnat, moliyaviy resurslarni maqbullashtirishga va sarflanishini 
tejashga yo‘naltirilgan prinsipni ifoda etadi. 
Sifat - qurilish jarayonlari barcha parametrlarining loyihaviy qiymatlarga mos 
kelishi, shuningdek ob’ektni qurish va foydalanishning barcha bosqichlarida uzluksiz 
nazorat qilish tizimi asosida amaldagi norma (me’yor) lar, standartlar, tartiblarga 
muvofiq kelishini anglatadi. 
Samaradorlik - ob’ekt qurilishining loyihalangan parametrlarini qurilish 
mahsulotini yaratishdagi resurslarning qiymati, muddatlari, sifati, sarfini belgilab 
beruvchi pirovard yoki oraliq ko‘rsatkichlarga mosligini miqdoriy baholashdan 
iborat. 
Bino yoki inshootni barpo etishning ishlab chiqarish jarayoni qurilish 
texnologiyalarining integratsiyasini ifodalaydi. Qurilish texnologiyalari qurilish 
ishlab chiqarishning mohiyatini tashkil etadi, ularning texnik-iqtisodiy darajasi 
qurilishning samaradorligi va zamonaviyligini ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Qurilish texnologiyasi atamasi deganda ijrochilar (mehnat resurslari) vositasida 
boshlang‘ich tabiiy va sun’iy material (material elementlar) larga ishlov berish, 
ularning tavsiflarini, holatini va fazodagi vaziyatini (konstruksiya) o‘zgartirib 



loyihaviy qurilish mahsulotini yaratish maqsadiga yo‘naltirilgan harakatlar (qurilish 
jarayoni), usullar va vositalar (texnik vositalar)ning yig‘indisini tushunish lozim. 
Qurilish mahsuloti – bu: a) qurilishi tugallangan va foydalanishga belgilangan 
muddatda topshirilgan bino va inshootlar; b) loyihaviy arxitektura-rejaviy, 
konstruktiv, tashkiliy-texnologik echimlar bilan aniqlanuvchi bino va inshootlarning 
ayrim qismlari (navbatlari, oraliqlari, seksiyalari); v) ma’lum vaqt oralig‘ida 
bajarilgan ishlarning hajmlari (m
2
, m
3
, dona). 
Qurilish mahsulotini ishlab chiqarish sanoat ishlab chiqarishidan farq qiladi. 
Sanoat ishlab chiqarishida uni tashkil etuvchi elementlar, odatda, qat’iy texnologik, 
masalan, konveyer liniya, umumiy ishlab chiqarish maydonlari, shuningdek yagona 
(umumiy) boshqarish tizimi bilan bog‘langan. Bu manipulyatorlar, avtomatlar, 
robotlar, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlaridan keng foydalanishga imkon 
beruvchi asos hisoblanadi. 
Qurilish ishlab chiqarishida yaratilayotgan qurilish mahsuloti qo‘zg‘almas va 
barqaror (ishchilar, mehnat qurollari va buyumlari ko‘chadi), katta o‘lchamga va 
massaga ega bo‘lib, undagi ishlab chiqarish, odatda uzoq vaqtni egallaydi. 
Xatto o‘rtacha va kichik quvvatli bino yoki inshootni barpo etishda ham bir 
necha qurilish va ishlab chiqarish tashkilotlari, ishchilarning o‘nlab brigadalari 
ishtirok etadi, qurilish mashinalari va transport vositalarining katta miqdori, juda ko‘p 
miqdordagi konstruksiyalar, buyumlar, detallar, materiallar, mexanizmlardan 
foydalaniladi – bularning hammasi bir qancha konstruktiv va texnologik tavsifga ega. 
Qurilish ishlarini bajarish davomida turli parametrlar va ko‘rsatkichlar bilan 
ifodalanuvchi yuzlab texnologik jarayonlar va operatsiyalar bajariladi. 
Ob’ektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish ko‘p miqdordagi omillar 
ta’sirida bo‘ladi. Bu yerda iqlimiy, ob-havo va mintaqa sharoitlari, ishchilar va 
muhandis-boshqaruv xodimlarining malakasi, ijrochilarda zarur moddiy-texnik 
resurslar, texnik vositalar va boshqalarning mavjudligi alohida ahamiyatga ega 
bo‘ladi. 
Bu omillardan ko‘pchiligi ehtimollik xususiyatiga ega, odatda, qisqa vaqt 
oraliqlarida keskin va tez o‘zgarishlarga uchraydi. Bu omillar va sharoitlar qiyin 
bashorat qilinadi, ularning ko‘pchiligini ta’sirini bartaraf etish esa vaqt, mehnat va 
mablag‘larning qo‘shimcha sarf etilishini talab qiladi. 
Qurilishga qo‘yilgan talablarning ortishi munosabati bilan ko‘rsatilgan 
xususiyatlar qulaylik, ekologik va muhandislik havfsizligi, energiya va 
resurstejamkorlik, sifatni ta’minlash nuqtai nazaridan, va nihoyat quruvchining 
muhandis hamda ishchi mehnatini ijodiy qo‘llab-quvvatlash nuqtai nazaridan o‘z 
ta’sirlarini oshiradi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə