O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich


 Gruntni ishlashdagi texnologik jarayon tarkibi



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

3.2. Gruntni ishlashdagi texnologik jarayon tarkibi 
 
Ob’ektda yer ishlarini bajarishda grunt to‘liq yoki qisman qaziladi, suriladi, 
joylashtiriladi, tekislanadi, zichlanadi ayrim hollarda portlatiladi, suv bilan yuviladi, 
ustidan o‘rib zichlanadi, burg‘ilanadi, termoishlov beriladi va hokazo. 
Gruntni qayta ishlashdagi jarayonlar, uch guruhga bo‘linishi mumkin: asosiy, 
tayyorgarlik va yordamchi. 
Gruntni qayta ishlashda berilgan parametrlardagi yer inshooti yaratilishidagi 
asosiy jarayonlarga 
kiradi: qazilmalarda gruntni qazish, gruntni ko‘tarmaga 
joylashtirish, qurilish maydoni chegarasida ortish va surish, qurilish maydoni 
tashqarisiga tashish, qatlamlab tekislash va gruntni zichlash, muzlagan va qiyin 
qaziladigan gruntlarni yumshatish, yer inshooti bushliqlarini qayta to‘ldirish. 
Bu asosiy jarayonlarga 
tayyorgarlik va yordamchi jarayonlar 
hamroh bo‘ladi, 
bunda tayyorgarlik jarayonlari gruntni qazish ishlari boshlangunga qadar amalga 
oshiriladi, yordamchi jarayonlar esa yer inshootlarini barpo etish jarayoniga qadar 
bajarilishi mumkin yoki bu jarayon davomida amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar 
kiradi: yer osti suvi sathini pasaytirish, suvning sizilib o‘tishiga qarshi ekran va parda 
barpo etish, gruntni mahkamlash, mahalliy joyda yer inshootini rejalash, kotlovan va 
transheya devorlarini vaqtincha mustahkamlash, oxirigacha qazilmagan gruntni 
qirqish, kirish yo‘lini qurish va asrash, geotekstil materiallarni yotqizish, ish sifatini 
nazorat qilish va boshqalar.
Katta hajmdagi yer ishlarini bajarish uchun, turli qurilish texnikalari 
ekskavatorlar, buldozerlar, skreperlar, gidromexanizatsiya vositalari, portlatuvchi 
texnikalar qo‘llaniladi. Yer ishlarining mexanizatsiyalashganligi 98% ga etgan, 
alohida holatlarda kotlovan tubini, qiyaliklarni, ba’zi chuqurlarni, transheyalarni 
mexanizmlardan foydalanmasdan tozalashga to‘g‘ri keladi. Hattoki, maxsus asbob-
uskunalar va kichik mexanizm vositalari jalb etilganda qo‘l mehnatining ish 
unumdorligi mexanizatsiyalashgan jaryonlarga nisbatan 20...30 marta kam bo‘ladi. 
Grunt bu tabiiy muhitdan iborat bo‘lib, unda bino va inshootning yer ostki 
qismi joylashadi. Qurilishda gruntlar deb, yer qobig‘ining ustki qatlamida joylashgan 
asosan g‘ovak va toshloq jinslarga aytiladi. Gruntlarning turlari asosan quyidagilarga 
ajraladi: qumli, loyli qum, qumli loy, loyli (gil), soz tuproq (lyoss), torf, shag‘al, 
o‘simlikli grunt, turli qoyatoshli va zichlangan gruntlar. Gruntlarning qurilish 
xususiyatlaridan barpo etilayotgan inshootning mustahkamligi va ustivorligi, ishlab 
chiqarish usullari, ishlarning mehnat sarfi hamda narxi bog‘liq bo‘ladi.
Yer ishlarini bajarish usullarini tanlashda gruntlarning quyidagi asosiy 
tasniflari: zichlik, namlik, yopishqoqlik, yumshatilishi, bog‘lanuvchanligi, tabiiy 
qiyalik burchagi, ishlash murakkabligini inobatga olish taqoza etiladi. Ushbu 
tasniflarga bog‘liq holda qurilishda gruntlar qo‘yidagi nuqtai nazardan ko‘rib 
chiqiladi: 

turli bino va inshootlarning zamini sifatida va ularga ta’sir qiladigan 
yuklamalarning ruxsat etiladigan qiymatlariga yaroqliligi;

ulardan doimiy inshoot sifatida foydalanish imkoni, ya’ni ko‘tarma va 
qazilma barpo etishda material sifatida foydalanish. 


43 

gruntlarni ishlashda u yoki bu usullarni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi 
va mumkinligi. 
Qumli gruntlar 
– quruq holatda sochiluvchan bo‘lib, plastiklik xususiyatiga ega 
emas. Ular suv o‘tkazuvchan bo‘lib, suv oqimning ma’lum tezligida yuviladi, namligi 
o‘zgarganda qum hajmi ham o‘zgaradi. Nam holatda qum eng katta hajmga ega 
bo‘lsa (zarralar orasidagi bo‘shliqlarning hammasi suv bilan to‘ladi), suvga to‘yingan 
qum esa eng kam hajmga ega bo‘ladi (og‘ir qum tubga cho‘kadi, suv bo‘shliqlardan 
havoni siqib chiqaradi va o‘zi yuqori qatlamga ko‘tariladi). 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə