9
turadi. Investitsiyalarning xususiyatiga ko‘ra ular davlat (byudjet) va xususiylarga
ajratiladi. Byudjet investitsiyalarining taqsimlanishi mahalliy vakolatli tashkilotlar
orqali amalga oshiriladi. Xususiy investitsiyalarni jalb
qilish aniq bir qurilish
mahsulotini yaratishdan manfaatdor bo‘lgan investorlar orqali amalga oshiriladi.
Davlat yoki xususiy investor buyurtmachi hisoblanadi, ya’ni qurilish mahsulotini
yaratishga buyurtma beruvchi fuqarolik munosabatlarining sub’ekti hisoblanadi.
Qurilish mahsulotini yaratishda buyurtmachining manfaatlari - loyihani g‘oyadan
boshlab qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirgunga
qadar rivojlanishni
buyurtmachi-quruvchi
-
loyihaning
barcha
ishtirokchilarini
ishlarini
muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan tashkilot ifoda etadi, bunga
qurilishga dastlabki ruxsat etuvchi hujjatlarni davlat organlari bilan kelishish, qurilish
ustidan texnik nazorat o‘rnatish, qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirish kiradi.
Buyurtmachi-quruvchi oldida turuvchi asosiy vazifalardan biri ob’ekt
qurilishini
investitsiyaga qadar tayyorlash hisoblanadi.
Investitsiyaga qadar tayyorgarlik deganda loyihani texnik, tashkiliy,
iqtisodiy
va huquqiy, hamda asoslanishini shakllaydigan tadbirlar majmui tushuniladi.
Bevosita loyihalash jarayoni uchun buryurtmachi tanlab oladigan asosiy
ishtirokchilar bosh loyihachi va bosh pudratchi hisoblanadi. Bu tashkilotlarning
vakolatini loyihaviy va qurilish-montaj ishlarining ayrim
turlarini bajarishga davlat
litsenziyasiga ega bo‘lganligi, shuningdek shunga o‘xshash ob’ektlarni qurish
tajribasiga ega bo‘lish tasdiqlaydi.
Odatda pudratchi tashkilotlar qurilish va maxsus ishlarning barcha turlarini
bajarishga qodir bo‘lmaydilar va bunda ular ixtisoslashgan tashkilotlar – subpudratchi
sanitariya-texnika, elektromontaj va boshqa ishlarni bajaruvchi
tashkilotlar bilan
shartnomalar tuzishadi.
Dostları ilə paylaş: