O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


Laboratoriya jihozlariga, inventarlarga, mikroskoplarga extiyotkorlik bilan  muomila qilish. 10



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   243
9.
Laboratoriya jihozlariga, inventarlarga, mikroskoplarga extiyotkorlik bilan 
muomila qilish.
10. 
Ishlatib bo‘lgan, pipetka, shpatellar, buyum oynalarini dezinfeksiyalovchi 
suyuqlik solingan bankalarga solish.
11. 
Mashg‘ulot tugagandan so‘ng, qo‘lni sovun bilan yaxshilab yuvish, agar 
kerak bo‘lsa dezinfeksiyalovchi modda bilan artish. 
12
. YUqorida ko‘rsatilgan punktlarni bajarish va nazorat qilib turish uchun 
talabalar safidan har mashg‘ulotda navbatchi saylash. 
Amaliy mashg‘ulot o‘tkazishda bayonnoma (protokol tuzish) yozish tartibi.
1.
Mavzu 
2.
Amaliy mashg‘ulotlar (tartib bilan) 
3.
Nomi
4.
Maqsad 
5. Amaliy ish 
6. Natija 
7. 
Xulosa. Qisqa va mavzuni asosiy muommalari echimini o‘zida aks ettirilgan 
bo‘lishi kerak. Tekshirish natijalari: daftarga rasm ko‘rinishda chizish, kerak bo‘lgan 
hollarda rangli qalamlar bilan ishlash. 
Mikroorganizimlar morfologiyasi 
Mikrobiologiya fanining ushbu bo‘limda turli mikroorganizmlar dunyosining 
asosiy vakillari: bakteriya, virus, sodda jonivorlar va zamburug‘larning 
morfologiyalariga xos xususiyatlari ko‘riladi. Bakteriyalar prokariotlar olamiga 
kiradi. Berji klassifikatsiyasi (2001) bo‘yicha tabiatdagi tirik mavjudotlar 4 olamga 
kiritiladi: eukariotlar, prokariotlar, arxebakteriyalar, viruslar va plazmidlar. 
Prokariotlar olami hujayra devorlarini tuzilishi xarakteri bo‘yicha ikkita (domenga) 
guruhga Bacteria va Archaea ga kiritilgan
1. Bacteria domeni (eubakteriya) tarkibiga quyidagilar kiradi 
1. YUpqa devorli – bularga hamma grammmanfiy bakteriyalar kiritilgan. 
2. Qalin devorli - bularga asosan grammmusbat bakteriyalar kiritilgan. 


24 
3. Mollicutes - bularga hujayra devori bo‘lmagan bakteriyalar mikoplazmalar 
kiritilgan. 
2. Archaea domeni (arxebakteriyalar) – bularga grammmanfiy, grammmusbat 
bakteriyalar kiritilgan bo‘lib, ularning hujayra devori bor, lekin uning tarkibida 
peptidoglikan tutmaydi.
Mikroorganizmlar klassifikatsiyasida ular sinf, tartib, oila, zot va turlarga 
bo‘linadi. 
Tibbiyot mikrobiologiyasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi 
bakteriyalar to‘liq (bakteriyalar, spiroxetalar, mikoplazmalar, xlamidiyalar, 
rikketsiyalar, aktinomitsitlar) o‘rganiladi.
Bakteriyalar
- bir hujayrali mikroorganizmlardir. Ular turli shaklda bo‘lib, 
murakkab tuzilishga ega, bu esa ular faoliyatining turli-tumanligini belgilaydi. 
Bakteriyalarni asosan to‘rt shakli tafovut qilinadi: sharsimon, tayoqchasimon, burama 
shaklli va ipsimon

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə