25
5 – rasm. Sharsimon bakteriyalarning asosiy formalari: 1-mikrokokklar; 2,3,4-diplokokklar; 5-tetrakokklar; 6-
sartsinlar; 7-stafilokokklar; 8-streptokokklar
5. Tetrakokklar (to‘rtta-to‘rtta bo‘lib joylashgan kokklar)
bir-biriga tik ikki
tekislikda bo‘linganda to‘rta kokkdan iborat bo‘lib joylashadi. Odam uchun patogen
emas.
6. Sarsinalar (8 yoki 16 ta kokklardai tashkil topgan to‘plamlar) bir-biriga tik
uchta tekislikda bo‘linganda kubchalar ko‘rinishini eslatadigan kokkdan iborat bo‘lib
joylashadi. Odam uchun patogen emas.
Bakteriyalarni morfologiyasini o‘rganish.
Buning
uchun bakteriyalar
kulturalaridan tirik preparatlar, yopishtirilgan surtmalar tayyorlanib, anilin bo‘yoqlari
bilan bo‘yaladi va mikroskopda ko‘riladi.
Tayoqchasimon bakteriyalar – (
yunoncha bacteria - tayoqcha degan so‘zdan
olingan). Bular ham bir-birlaridan o‘lchami, shakli, surtmada joylashishi va
tayoqchalarni uchini ko‘rinishi bo‘yicha farq qiladi (rasm 6).
Bakteriyalarning
o‘lchami 0,1 dan 10 mkm gacha bo‘lishi. O‘lchami bo‘yicha 3 ta ko‘rinishda
uchraydi: mayda bakteriyalar o‘lchami 0,1 -0,25 mkm bularga mikoplazmalar,
bortonellalar; o‘rta o‘lchamli (1-3 mkm) bakteriyalar bularga ko‘pchilik
tayoqchasimon (ichak
tayoqchasi, bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisi va boshqalar)
bakteriyalar; o‘lchami katta (4-10 mkm) bularga gazli gangrena,
qoqshol
qo‘zg‘atuvchilari (rasm 7) kiradi. Bakteriyalar formasi bo‘yicha farqlanadi – to‘g‘ri
formali (ichak tayoqchasi va bosh.) to‘g‘ri bo‘lmagan (korinebakteriya va bosh.) yoki
shoxlangan (bifidumbakteriya va bosh.), oval (o‘lat qo‘zg‘atuvchisi), tarmoqlangan
26
ipsimon (aktinomitsitlar). Bakteriya tayoqchalarining ikki uchini tuzilishi bo‘yicha
ham ular bir biridan farqlanadi. Ikki uchi qirqilgan (kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi),
yumaloqlashgan (ichak tayoqchasi), o‘tkirlashgan (fuzobakteriyalar),
ikki uchi
kattalashgan (bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisi) shakllari uchraydi. Bakteriyalar bir-birlariga
nisbatan surtmada joylashuviga qarab ham farqlanadi.
Ko‘pchilik bakteriyalar surtmada tartibsiz joylashadi (enterobakteriyalar),
surtmada juft - juft bo‘lib joylashgan bo‘lsa diplobakteriyalar
deb ataladi
(klebsiellalar), agar spora xosil qilsa diplobatsillalar deb nomlanadi.
Dostları ilə paylaş: