O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   243
 
 
 
13-rasm. Bakteriyalar hivchinlari (sxema) 1- monotrix; 2- lofotrix; 3-amfitrix; 4-peritrix 


36 
M i k r o b n i (v i t a l) t i r i k h o l d a b o‘ ya sh. Mikroblar suspenziyasi bir 
tomchi 0,001 % li metilen ko‘ki yoki neytral qizil eritmaga qo‘shiladi. Ulardan 
«osilgan» yoki «ezilgan» tomchi tayyorlanadi va mikroskop ostida ko‘riladi. 
Mikroskopiyadan so‘ng ular dezinfeksiya qiluvchi moddalar eritmasiga solinadi. 
Bakteriyalarni harakatchanligi bakteriologik amaliyotda yarim suyuq agarlarga 
tekshirilayotgan mikrob kulturasini sanchib ekish orqali ham aniqlash mumkin. 
Sanchib ekilganda, harakatchan bakteriyalar muhitda tarqalib yaqqol ko‘rinib turadi, 
harakatsiz bakteriyalar esa, yarim suyuq muhitda sanchuv bo‘ylab o‘sadi. 
Bakteriyalarni murakkab bo‘yash usullari 
Oddiy bo‘yash usullaridan farq qilib murakkab usulda preparatlarni bo‘yashda 
bir nechta bo‘yoqlar ketma-ket qo‘laniladi. Ular kimyoviy tarkibi, rangi, ishlov 
beruvchi va differensiyalovchi moddalari bilan bir-biridan farqlanadi. Bu esa, 
hujayraning ma’lum tuzilishini aniqlash va mikroorganizmlarning bir turini ikkinchi 
turidan differensiyalash imkonini beradi.
 
Gram usuli bilan bo‘yash.
 
1

Fiksatsiyalangan surtmaga gensian binafshaning karbol-spirtli eritmasi filtr 
qog‘oz ustidan tomiziladi. 1-2 minut bo‘yaladi, so‘ng qog‘oz olinadi, yuvib 
tashlanmaydi, bo‘yoq esa to‘kiladi. 
2. YUvib tashlanmasdan lyugol eritmasi quyilib, 1-2 minut davomida ushlab 
turiladi. 
3. 20-30 sekund davomida etil spirti tomizilib, surtma rangsizlantiriladi. 
4. Preparat suv bilan yuviladi. 
5. Surtma, fuksinning suvli eritmasi bilan 1—2 min davomida qo‘shimcha 
ravishda bo‘yaladi, quritiladi va mikroskop ostida ko‘riladi. 
Gram musbat bakteriyalar to‘q binafsha, grammanfiylar esa, qizil rangga 
bo‘yaladi. Gram usuli bilan bo‘yash muhim differensial-diagnostik ahamiyatga ega 
va mikrobiologiyada keng qo‘llaniladi Gram musbat bakteriyalarga stafilokokk, 
streptokokk, difteriya korinobakteriyasi, sil mikobakteriyasi va boshqalar kiradi. 
Gram manfiy bakteriyalarga - gonokokk, meningokokk, ichak tayoqchasi va 
boshqalarni kiritish mumkin.
 
Bakteriyalarning ayrim turlari Gram usuli bilan yaxshi 


37 
bo‘yalmay o‘zgarib turadi. Bu esa ularning yoshi, o‘stirish xususiyati va hujayra 
devorining tuzilishini o‘zgartiruvchi omillariga bog‘liq. Gram usuli bilan bo‘yashda 
yo‘l qo‘yiladigan asosiy kamchilik, surtmadagi bo‘yoqni spirt bilan ko‘proq ushlash 
yoki kam ushlab bo‘yoqni yaxshi ketkazmaslikdir. Birinchi holatda grammusbat 
bakteriyalar gensian binafsha bilan bo‘yalgan rangini yo‘qotadi, so‘ng (grammanfiy 
bakteriyalarga o‘xshash) surtma, fuksin bilan bo‘yalishi natijasida qizil rangni qabul 
qiladi. 
Ikkinchi holatda esa, grammanfiy bakteriyalar gensian binafsha bilan bo‘yalib, 
ko‘k binafsha rangni saqlab qoladi. To‘g‘ri bo‘yash uchun surtmani spirt bilan 
yuvishga qat’iy rioya qilish kerak.

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə