40
ularning kapsulali tanalari chegaralanib qoladi, fuksin bilan bo‘yalganda ularni tanasi
qizil rangga bo‘yaladi, bo‘yalmagan kapsulalar esa qora
pushti rang ostida ajralib
turadi.
Bakteriyalarni
kiritmalari,
volyutin
donachalari.
Prokariotlarning
sitoplazmasida turli kiritmalar uchraydi. Bu kiritmalar hujayrani metabolizmi
natijasida chiqarilmay, yig‘ilib
qolgan metabolitlari, yoki bakteriyalar uchun oziq
ovqat zahirasi bo‘lishi mumkin. Bakteriyalarni kiritmalari bo‘lishi mumkin: neytral
yog‘ tomchisi; mum, oltingugurt; maxsus uglevodlar zahirasi (Clostridium); glikogen
granulasi metapolifosfat ko‘rinishida (Shirillum volutans,
Corynebacterium
diphtheriae). Bakteriyalarni kiritmalari, volyutin donachalari hujayralar uchun doimiy
bo‘lmasdan ularning tarkibi, ko‘rinishi o‘zgarib turishi mumkin. Bakteriyalar och
qolganda kiritmalar yo‘qolib ham ketadi. SHu bilan
bir qatorda bu kiritmalar,
volyutin donachalari doimiy bo‘lib tur belgisini bildiradi (bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisi).
SHuning uchun volyutin donachalarini aniqlash amaliy ahamiyatga ega.
Neysser usuli bilan volyutin donachalarini bo‘yash.
1. Fiksatsiyalangan surtmaga Neysser sinkasining atsetati tomiziladi va 2-3
daqiqa ushlab turiladi.
2. Lyugol eritmasi tomiziladi va 10-30 sek ushlanadi.
3. Preparat suv bilan yuviladi.
4. Surtma vezuvinning suvdagi eritmasn yoki xrizoidin bilan 1 daqiqa
bo‘yaladi.
5. Suv bilan yuviladi, quritiladi va mikroskop ostida ko‘riladi.
Volyutin donachalari ishqoriy reaksiyaga ega bo‘lgan birikma bo‘lib, shu
xususiyatiga ko‘ra sitoplazmadan farq qiladi. SHuning uchun sinka atsetati bilan to‘q
ko‘k rangga bo‘yaladi.
Hujayra sitoplazmasi, nordon reaksiyali bo‘lganligi uchun,
ishqoriy bo‘yoq vezuvini qabul qilib sariq rangga bo‘yaladi .
Bakteriyalarni kiritmalari oddiy (Lyoffler) usulda, metilen ko‘ki bilan ham
yaxshi bo‘yaladi.