39
bo‘yicha kapsula deb nomlana boshlangan. Bularning
hammasi biosintez oqibatida
hujayra atrofini o‘rab olgan organik polimerlardan iboratdir. Agar tuzilmalarning
qalinligi 0,2 mkm kam bo‘lsa, ularni faqat elektron mikroskopda ko‘rish mumkin.
SHuning uchun bunday tuzilmalarni
mikrokapsula
deb ataladi. Tuzilmalarni
o‘lchami 0,2 mkm katta bo‘lsa yorug‘lik mikroskopida ko‘rish
mumkin va
makrokapsula
deyiladi. Bakteriya hujayrasini o‘rab turgan tuzilmasini tarkibi amorf
va strukturasiz bo‘lsa, bunday tuzilmalarni shilliq qavat deb yuritiladi.
Bakteriyalar kapsulasining tarkibi hujayra devorini komponentlariga o‘xshab
ketadi, lekin kimyoviy strukturasi jihatdan ulardan farqlanadi. Ko‘pchilik
bakteriyalarni kapsulasini kimyoviy tarkibi gomo- yoki geteropolimer polisaxarid
hisoblanadi, lekin ba’zi bir bakteriyalar kapsulasi (Bacillus)
polipeptidlardan tarkib
topgan. Hamma bakteriyalarda ham kapsula uchramaydi. Kapsula bakteriyalarni tur
belgisi hisoblanadi. Kapsulasi bor bakteriyalar
boshqa bakteriyalarga nisbatan,
yashash sharoitlarida afzalliklarga ega bo‘ladi. Ko‘pchilik patogen bakteriyalar
kapsula
hosil qiladi, bu ularning virulentlik belgisi hisoblanadi. Bakteriyalarni
kapsulasi ularni
mexanik jarohatlanishdan, qurib qolishdan saqlaydi va bakteriya
uchun qo‘shimcha osmotik barer, faglarning kirishi uchun to‘siq, ko‘pchilik hollarda
oziq moddalar zahirasi ham bo‘lishi mumkin. Bundan
tashqari bakteriyalarda
kapsula avlod va tur xususiyatini anglatuvchi antigen bo‘lishi ham mumkin.
Bakteriyalarni kapsulasini aniqlash amaliyotda ularni bir - birlaridan identifikatsiya
qilishda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: