O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


Bakteriyalarni harakatchanligi, xivchinlari



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   243
Bakteriyalarni harakatchanligi, xivchinlari.
Bakteryalarni harakatlari bir necha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin; suzib yuruvchi, 
sirg‘anuvchi, sudraluvchi, o‘rmalovchi. Bakteriyalarni harakati xivchinlari hisobiga 
ro‘y beradi. Bakteriyalarni xivchinlari ingichka, uzun oqsil ipchalari bo‘lib, diametri 
12-30 nm, uzunligi esa 6-9 dan 80 nm gacha bo‘lishi mumkin. Xivchin tarkibida 


35 
flagellin oqsili bo‘lib, u qisqarish xususiyatiga ega. Xivchinlar bakteriya tanasida 
joylashuviga qarab 4 guruhga bo‘linadi (rasm 13). Monotrixlar - bitta xivchini polyar 
joylashgan (V.choleae). Lofotrixlar - bir tutam xivchinlari bitta uchida joylashgan 
(Pseudomonas aeruginosa). Amfitrixlar - tutam xivchinlari har ikki uchida joylashgan 
(Spirillum volutans). Peritrixlar- xivchinlari tanasini hamma joyida joylashadi. (E. 
soli, Salmonella typhi). 
Bakteriyalarni harakatchanligini o‘rganish.
“O s i l g a n” t o m ch i t a y yo r l a sh u s u l i. Preparat bakteriya 
kulturasidan bir tomchi olinib yupqa yopqich oyna o‘rtasiga tomiziladi. So‘ng, 
o‘rtasida chuqurchasi bo‘lgan, atrofiga vazelin surib tayyorlangan buyum oynasiga 
yopqich oyna shunday yopishtiriladiki, tomchi chuqurchaning o‘rtasida turishi kerak. 
Tezlikda buyum oynasini aylantiriladi, natijada tomchi osilgan holatni oladi. To‘g‘ri 
tayyorlangan preparatda tomchi chuqurcha ustida erkin, atrof yoki tagiga tegmasdan 
osilib turadi. Mikroskop ostida ko‘rish uchun, avval kichik, quruq 8-ob’ektiv 
ko‘llaniladi, tomchining chetlari topilgach, 90 ob’ektiv o‘rnatilib immersion moy 
tomizilib, preparatda bakteriyalarni harakati ko‘riladi. “E z i l g a n” t o m ch i t a y 
yo r l a sh u s u l i. YOg‘sizlantirilgan buyum oynasi ustiga bir tomchi 
tekshiriladigan material yoki bakteriya suspenziyasi tomiziladi va ustidan yopqich 
oyna yopiladi. Tomchi katta bo‘lmasligi va yopqich oynaning chetlaridan chiqmasligi 
kerak, preparat mikroskop ostida ko‘riladi. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə