O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/113
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145571
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

Qisqacha xulosalar 
Makroiqtisodiy siyosat deganda davlat tomonidan iqtisodiyotning asosiy 
umumiy vazifalarini belgilash va bu vazifalarni amalga oshirishning zarur 
vositalaridan foydalanish borasidagi chora-tadbirlari tushuniladi. 
Makroiqtisodiy siyosatning asosiy tiplari sifatida budjet-soliq va pul-kredit 
siyosati o‘zaro farqlanadi. 
Investitsiya siyosati, tarkibiy siyosat, ijtimoiy siyosat, tashqi savdo siyosati va
valyuta siyosati makroiqtisodiy siyosat ko‘rinishlariga budjet-soliq va pul-kredit 
siyosatining xususiy hollari (tarkibiy qismi) sifatida kiritiladi. 
Davlatning makroiqtisodiy siyosati har doim milliy bo‘ladi, mamlakat rivojining 
ichki va tashqi sharoitini hisobga oladi. Siyosatda eng avval mamlakat 
iqtisodiyotining holati, xalqaro iqtisodiy kon’yunkturaning milliy iqtisodiyotga 
nechog‘lik ta’sir etishi, unda kutilayotgan o‘zgarishlar mamlakat zimmasiga olgan 
xalqaro majburiyatning qandayligi, mamlakat iqtisodiyotining resurslar bilan 
ta’minlanish darajasidan kelib chiqadi, ilgari amalga oshirilgan chora-tadbirlar bergan 
natija ham hisobga olinadi. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Iqtisodiy siyosat deganda nimani tushunasiz?
2.
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solish zaruriyati nimalardan iborat? 
3.
Davlatning makroiqtisodiy funksiyalari nimalar? 
4.
Makroiqtisodiy siyosat nima va uning qanday turlari mavjud? 


14 
2-BOB. MAKROIQTISODIY SIYOSAT OLIB BORISH VOSITALARI
2.1.
 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari 
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda davlat shakllangan ijtimoiy-
iqtisodiy holat, to‘plangan tajriba, tanlangan rivojlanish modeli va strategik 
maqsadlaridan kelib chiqib o‘zgarib turuvchi usullar va vositalardan foydalanadi. 
Davlat tomonidan tartibga solish huquqiy, ma’muriy va iqtisodiy usularga 
bo‘linadi. 
Iqtisodiyotni huquqiy tartibga solish o‘z ichiga turli mulk shaklida bo‘lgan 
korxonalar va bozor tarkiblari (birja, banklar, aksiyadorlik korxonalari) faoliyat 
ko‘rsatishi me’yorlarini ta’minlovchi qonunlarni ishlab chiqish va qo‘llash, 
antimonopol tartibga solish, iste’molchilar huquqlari va jamiyat manfaatlarini himoya 
qilish, tadbirkorlar va yollanma ishchilar o‘rtasidagi vositachilik va hokazolarni 
qamrab oladi. Shuningdek, bozor sharoitlariga mos bo‘lgan yangi soliq qonunchiligi, 
aholini ijtimoiy himoyalovchi qonunlar tizimi lozim. O‘tish iqtisodiyoti sharoitlarida 
davlat mulkini xususiylashtirish, kichik va xususiy biznesni qo‘llab-quvvatlash 
jarayonlarini huquqiy ta’minlash talab qilinadi.
Iqtisodiy tartibga solishning ma’muriy usullari iqtisodiy faoliyatning alohida 
sohalari yoki aholi qatlamlari uchun taqiqlash, ruxsat berish va majburiy chora-
tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Ma’muriy chora-tadbirlar orqali, misol uchun, 
monopolistlar va ijtimoiy ahamiyati yuqori tovarlar narxlari ustidan davlat nazorati 
yurgiziladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat tizimida milliy iqtisodiyot manfaatlarini himoya 
qilish uchun alohida tovar yoki tovar guruhlari uchun eksport va import kvotalarini 
o‘rnatish, tashqi savdoni litsenziyalash usullaridan foydalaniladi. Ma’muriy usullar 
asosan, atrof-muhit va sog‘liqni saqlash sohalarida keng qo‘llaniladi. 
Tartibga solishning yaxlit iqtisodiy usullar tizimini yaratish davlatning o‘tish 
davridagi eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda quyidagilardan 
foydalaniladi: 

budjet-soliq siyosati; 

pul-kredit siyosati; 


15 

narxlar orqali tartibga solish; 

amortizatsiya siyosati; 

bevosita tartibga solish usullari – davlat buyurtmasi, kvotalar, litsenziyalar, 
bevosita budjetdan moliyalashtirish. 
Davlat tomonidan tartibga solishning alohida shakli bo‘lib bashoratlash va 
dasturlar ishlab chiqish xizmat qiladi. Umuman mamlakat, iqtisodiy va ijtimoiy 
sohaning alohida tarmoqlari, mintaqalar, shuningdek, faoliyat turlari ham 
(iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb qilish, xususiylashtirish, bandlik, va 
hokazolar) ularning obyekti bo‘lib hisoblanadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish amaliyoti rivojlangan 
bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida ham qo‘llanilsada, bozorga o‘tish davrida 
iqtisodiyotni tartibga solishning ushbu usuli ahamiyatiga ko‘ra har doimgidan ham 
yuqoriroq bo‘ladi. Bashoratlash va dasturlashda rivojlanishning strategik va taktik 
maqsad va vazifalari, unga erishishning bosqichlari va chora-tadbirlari, uni amalga 
oshirishning tegishli vositalari aniqlanadi. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimi to‘liq ravishda 
mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga, ichki va tashqi omillardagi 
ehtimoldagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda uning barqaror rivojlanishiga 
yo‘naltirilishi lozim. 
Bozorga o‘tish sharoitida iqtisodiyotni samarali boshqarish vazifasini davlat 
tomonidan amalga oshirishda muhim shart-sharoitlardan biri bo‘lib iqtisodiy va 
siyosiy muhitda professional harakat qila oladigan davlat boshqaruvi va apparati 
tarkibini shakllantirish hisoblanadi.
Iqtisodiyotni 
davlat 
tomonidan 
boshqaruv 
tizimi 
tarkibida 
tegishli 
vazirliklarning hududiy va viloyatlarning iqtisodiy organlari, shuningdek, tumanlar 
va shaharlar va qishloq ma’muriy organlari muhim o‘rin tutadi. Iqtisodiyotni va 
ijtimoiy sohani boshqaruvchi respublika organlaridan joylarda soliq, tabiiy resurslar 
va atrof-muhit, mehnat va ijtimoiy himoya, moliya va statistika masalalariga ma’sul 
tegishli vazirlik va davlat qo‘mitalarining bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatadi. 


16 
Shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida
shakllangan iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimi mamlakat iqtisodiy-
ijtimoiy hayotida kechayotgan o‘zgarishlardan kelib chiqqan holda tizimning to‘liq 
samaradorligini oshirish yo‘nalishida takomillashib boradi.
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirish vazifasi umumdavlat va mintaqaviy muammolarni yechishda tarmoq 
va hududiy boshqaruv organlari o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarning samaradorligini 
oshirishni talab etadi. Bu esa pirovard maqsadda mamlakatning barqaror rivojlanishi 
bosqichiga o‘tishni ta’minlab beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə