O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/113
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

1.3.
 
Davlatni makroiqtisodiy funksiyalari va makroiqtisodiy siyosat 
“Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli nafaqat bozorlarning faoliyat 
ko‘rsatish shart-sharoitlarini yaratish bilan cheklanib qolmay shuningdek, ijtimoiy 
manfaatlar mutanosibligini va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, hamda ichki va 
tashqi siyosatda milliy manfaatlarni himoya qilishni ham o‘z ichiga oladi”
2

Samarali faoliyat ko‘rsatayotgan bozor mexanizmi ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarni katta qiyinchiliklarsiz yechish imkoniyatini beradi. Ya’ni, ishlab 
chiqaruvchilar va iste’molchilar manfaatlarini birlashtiradi, ilmiy-texnika taraqqiyoti 
yutuqlarini joriy etishni rag‘batlantiradi, mahsulot sifatini oshiradi, xarajatlarning 
pasayishiga, tovar assortimentlarining muntazam yangilanib borishiga, aholiga 
ko‘rsatilayotgan xizmatlar nomenklaturasining kengayishiga olib keladi. Afsuski, eng 
mukammal faoliyat ko‘rsatayotgan bozor mexanizmi ham jamiyat hayotida paydo 
bo‘layotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etishga ojizdir. Shuning 
uchun ham, bozor mexanizmiga bo‘ysunmaydigan, uning ta’sir doirasidan tashqarida 
bo‘lgan bir qancha muammolar yyechimini davlat o‘z bo‘yniga oladi. 
Davlat ixtiyorida esa eng avvalo, quyidagi funksiya va vazifalar saqlanib 
qolinishi lozim: 

pul emissiyasi, pul-kredit va soliq-budjetni tartibga solish dastaklari, ya’ni 
makroiqtisodiy siyosat dastaklari; 

shaxsning huquq va erkinligini, mulkdorlar va xo‘jalik subyektlari 
huquqlarining kafolatlanishini ta’minlash;

barqaror makroiqtisodiy holatni shakllantirish; 

umumiy maqsadlarda foydalanuvchi xizmatlarni va moddiy ne’matlarni 
yetkazib berishda minimal ijtimoiy standartlarni ta’minlash (ta’lim, sog‘liqni saqlash, 
madaniyat, kommunikatsiyalar va hayotni ta’minlovchi boshqa moddiy ne’matlar va 
xizmatlar); 

monopoliyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish va raqobat muhitini 
qo‘llab-quvvatlash; 
2
Институциональная экономика: новая институциональная экономическая теория: Учебник 
/Под общей ред. А.А. Аузана. - М.: ИНФРА-М, 2007, с.124 




ilm-fanni, innovatsion faoliyatni va axborot texnologiyalarini rivojlantirish; 

faol tashqi iqtisodiy siyosat yurgizish, qo‘shni mamlakatlar bilan integratsion 
aloqalarni rivojlantirish; 

iqtisodiyotning yuksalishi va aholi farovonligining oshishini ta’minlovchi 
umumdavlat ahamiyatida bo‘lgan ishlab chiqarish, ijtimoiy va ekologik 
infratuzilmalarni shakllantirish; 

ijtimoiy himoyalanmagan aholi guruhlarini qo‘llab-quvvatlash; 

atrof-muhitni 
muhofaza 
qilish, 
ekologik 
tartibga 
solish 
tizimlarini 
takomillashtirish, ekologik muammolarni yechishda xalqaro hamkorlik yuritish; 

takror ishlab chiqarishning oqilona hududiy nisbatlarini shakllantirish va 
mintaqalar ishlab chiqarish kuchlarini kompleks rivojlantirish; 

mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash; 

bozor munosabatlarining huquqiy poydevorini yaratish va qonunlarning so‘zsiz 
amal qilinishini ta’minlash, institutsional infratuzilmani rivojlantirish; 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning strategiyasini ishlab chiqish va amalga 
oshirish. 
O‘tish davrida mulkni boshqarishdagi davlatning roli nihoyatda ma’suliyatli va 
nisbatan murakkabroq bo‘ladi. Eng avvalo, hukmron mavqega ega bo‘lgan davlat 
mulki monopoliyasiga chek qo‘yish, uni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish talab etiladi. Davlat mulkida faqatgina uning iqtisodiy rivojlanishi 
va milliy xavfsizligining asosini belgilab beruvchi korxonalar qoldiriladi
 
Davlat jamiyat barqarorligini ta’minlashda quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
– davlat soliq siyosati orqali o‘z budjeti vositasida inson farovonligining ma’lum 
standartiga oid ajralmas huquqini ro‘yobga chiqarish maqsadida turli toifadagi 
insonlar daromadlarini qayta taqsimlaydi. 
–davlatning navbatdagi funksiyasi milliy iqtisodiyot ko‘lamida xo‘jalik 
yuritishning yuqori samarasini ta’minlash. Agar bozor mexanizmi ishlab chiqarish 
samaradorligini alohida firma, tarmoq doirasida ta’minlasa, davlat bu muammoning 
yechimini milliy iqtisodiyot darajasida hal etadi.


10 
Davlat ilmiy asoslangan pul-kredit va soliq budjet siyosatini yuritgan holda 
iqtisodiyotni zarur pul miqdori bilan ta’minlaydi. Ishlab chiqarish omillari 
mulkdorlarining investitsion faoliyatini soliqdagi ayovchanlik va davlat xarajatlari 
orqali rag‘batlantiradi.
Davlat ilmiy asoslangan mintaqaviy siyosat yuritadi. Davlat hududlar o‘rtasidagi 
farqlarni yaqinlashtirishga (tenglashtirish)ga moddiy sharoit yaratadi. Shuningdek, 
hududlarning geografik tarixini, milliy-madaniy xususiyatlarini ham inobatga oladi.
Davlat antimonopol va antiinflyasion siyosat yuritadi. Usiz iqtisodiyot samarali 
rivojlana olmaydi. Inflatsiya va monopoliya raqobatli bozor iqtisodiyotining doimiy 
kasalidir. Bozor mexanizmi davlat aralashuvisiz uni davolay olmaydi.
Davlat tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga rahbarlik qiladi. Bozor 
bunday vazifani bajara olmaydi. Bu tashqi savdo siyosati, to‘lov balansi, valyuta 
kursiga ta’sir kabilardir. Bozor mexanizmi ish kuchining xalqaro oqimini, tovar va 
pul kapitalini nazorat eta olmaydi.
Davlatning aholini ijtimoiy tovarlar bilan ta’minlash funksiyasi, bozor 
mexanizmi inson ehtiyojlarini to‘la ta’minlay olishga ojiz. Shunday ehtiyojlar borki
ularni pul bilan ta’minlab bo‘lmaydi. Bular – yurt tinchligini saqlash. Bu ne’matlar 
iste’molida jamiyatning a’zosi sifatida har bir inson qatnashadi.
Makroiqtisodiy siyosat esa yuqoridagi chora-tadbirlarni amalga oshirishning eng 
muhim vositasi hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə