Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari


 Elektron hukumat tizimini joriy etilishini tartibga



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/149
tarix22.03.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#180393
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   149
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

9.2. Elektron hukumat tizimini joriy etilishini tartibga 
soluvchi huquqiy hujjatlar va uni tashkil etuvchilari 
 
Oʻzbekiston Respublikasi elektron hukumat sohasidagi faol 
ishini 
2002-yil 
30-mayda 
imzolangan 
PF-3080-son 
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonidan soʻng 
boshlagan. Ushbu farmonning qabul qilinishi Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Kompyuterlashtirish va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha 
Muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzilishiga, Oʻzbekiston pochta va 
telekommunikatsiyalar 
agentligini 
Oʻzbekiston 
aloqa 
va 
axborotlashtirish agentligi etib qayta tashkil etilishiga, kompyuter 
va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, hamda joriy etish 
markazi tashkil qilinishiga olib keldi. Mazkur farmon orqali, 
Oʻzbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalari amaliyotga 
291


joriy etishni yanada chuqurlashtirish, axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari potensialidan keng foydalanish borasida me’yoriy-
huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi boshlangan, respublikamizda 
elektron hukumat tizimining keyingi istiqboli uchun zamin 
yaratilgan edi. Albatta, har qanday ishda boʻlgani kabi, elektron 
hukumatni amaliyotga tadbiq etishda ham, qonunchilik, me’yoriy-
huquqiy baza eng asosiy oʻrin tutadi. Bu borada, 2003-yil soʻngida 
qabul qilingan «Axborotlashtirish haqida» va «Elektron raqamli 
imzo haqida»gi qonunlar muhim qadam boʻlib xizmat qildi.
2007-yil esa, Oʻzbekistonda elektron hukumatni shakllantirish 
borasida muhim amaliy qadamlar tashlangan, e’tiborga molik yil 
boʻldi. Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan (VMQ №181, 
23.08.2007), Davlat organlarining oʻzaro hamda, fuqarolar va 
muassasalar bilan munosabatlarini, elektron hukumat xizmatlarini 
taqdim etish orqali yoʻlga qoʻyish borasida ustuvor yoʻnalishlar 
belgilab olindi. Maxsus nizom orqali, axborot kommunikatsiya 
texnologiyalarini qoʻllash orqali koʻrsatiladigan interaktiv davlat 
xizmatlarining standartlarini yaratish va asosiy davlat interaktiv 
xizmatlari roʻyxati qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 
17-dekabrdagi №259 qarori bilan, hukumat portalida axborot 
taqdim etish va interaktiv xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish 
borasida muhim ishlar amalga oshirildi. 2009-yil 21-apreldagi 
№116 hukumat qarori bilan, davlat organlarining internet 
tarmogʻida taqdim etishi lozim boʻlgan, 9 xil tematikaga 
biriktirilgan, jami 102 xil axborot turlari roʻyxati, shuningdek, 
ularning yangilanib turishi muddatlari oʻrnatildi. 
2002-2012-yillarda, Oʻzbekistonda axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari sohasini rivojlantirish, interaktiv davlat xizmatlari 
va elektron hukumatni shakllantirish borasida 10 dan ortiq qonun 
hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Oʻzbekistonda elektron hukumatni shakllantirishning huquqiy 
asoslari borasida 2012-yil eng katta burilish yili boʻldi. 2012-yilda 
qabul qilingan jami 4 ta qonun hujjatlarida, Oʻzbekistonda elektron 
hukumatni amaliyotga joriy etishni jadallashtirish borasida asosiy 
chora-tadbirlar va aniq yoʻnalishlar belgilab olindi. Avvalo, 2012-
yil 21-mart kuni imzolangan PQ-1730 «Zamonaviy axborot 
292


kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
yanada 
joriy 
etish 
va 
rivojlantirish chora tadbirlari» haqidagi Prezident qarori orqali, oʻz 
ichiga 21 ta aniq chora-tadbirlarni qamrab olgan, 2012-2014-
yillarga moʻljallangan maxsus dastur tasdiqlandi va uning ijrosi 
maxsus Muvofiqlashtiruvchi Kengashga yuklandi. Vazirlar 
Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi №378 «Interaktiv davlat 
xizmatlari koʻrsatishni hisobga olgan holda internet tarmogʻida 
Oʻzbekiston Respublikasining hukumat portali faoliyatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» qarori bilan, elektron 
hukumatni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy 
axborot 
texnologiyalarini 
joriy 
etishda 
koʻmaklashish 
maqsadida, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali
 
(yagona 
portal) tashkil etish va uning texnik va texnologik asoslari bayon 
qilingan nizom qabul qilindi. 
Yuqorida eslab oʻtilgan barcha me’yoriy-huquqiy qonunchilik 
hujjatlari, Oʻzbekistonda interaktiv davlat xizmatlari, hamda 
elektron hukumatni joriy qilish, uni rivojlantirish borasida 
bosqichma-bosqich, evolyusion huquqiy poydevorni yaratishga 
xizmat qildi. 2013-yilda ham bu boradagi mantiqiy izchillik davom 
etib, aytish mumkinki, haqiqiy ma’noda Oʻzbekiston elektron 
hukumatining huquqiy poydevorini mustahkamlagan muhim qonun 
hujjatlarining qabul qilinishi bilan ahamiyatli boʻldi. Xususan, bu 
borada, Vazirlar Mahkamasining 25-yanvar 2013-yil 18-sonli 
qarori bilan davlat boshqaruvining samaradorligi va yuridik, hamda 
jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish 
sifatining oshirilishini ta’minlovchi «Elektron hukumat» tizimini 
shakllantirish alohida ustuvor vazifa qilib belgilandi. Qolaversa, 
mazkur qarorda «Elektron hukumat» tushunchasiga, oʻzbek tilida 
rasmiy tushuntirish – ta’rif berildi. 
Elektron hukumat tushunchasiga Oʻzbekiston hukumatining 
tavsifi: Elektron hukumat tizimi – axborot-kommunikatsiya 
texnoloyalarini qoʻllash yoʻli bilan yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan davlat xizmatlari, hamda davlat organlarning faoliyati 
natijalari toʻgʻrisida axborot olish tezkorligi va qulayligi sifat 
jihatdan yangi darajasini ta’minlovchi davlat organlarining 
faoliyatini tashkil qilish shaklidir. 
293


«Elektron hukumat» toʻgʻrisidagi qonun Oʻzbekiston 
Respublikasining Prezidenti tomonidan 9.12.2015-y. imzolandi. 
«Elektron hukumat» tizimi – bu ma’lumotlar bazasi va axborot 
tizimi komplekslarini yaratish boʻyicha tadbirlar va loyihalar 
roʻyxatini oʻz ichiga oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy 
axborot-kommunikatsiya tizimlarini 2013-2020-yillar mobaynida 
rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirish. 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
«Oʻzbekiston 
Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2013-yil 27-iyundagi 
PQ-1989-son qarorida “Respublika milliy axborot-kommunikatsiya 
tizimlarini 2013-2020-yilllar mobaynida rivojlantirish kompleks 
dasturi” tasdiqlandi. Ushbu kompleks dastur quyidagilarni oʻz 
ichiga oladi: 

Oʻzbekiston Respublikasida 2013-2020-yillar mobaynida 
telekommunikatsiya 
texnologiyalari, 
tarmoqlari 
va 
infrastrukturasini rivojlantirish;

«Elektron hukumat» tizimi axborot tizimi komplekslari va 
ma’lumotlar bazasini yaratish boʻyicha tadbirlar va loyihalar 
roʻyxati (rasm-9.5). 
Shuningdek, 
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-
kommunikatsiya 
tizimlarini 
2013-2020-yillar 
mobaynida 
rivojlantirish 
kompleks 
dasturini 
amalga 
oshirishni 
muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil etildi. 
Oʻzbekiston Respublikasida 2013-2020-yillar mobaynida 
telekommunikatsiya 
texnologiyalari, 
tarmoqlari 
va 
infrastrukturasini rivojlantirish dasturi quyidagilardan iborat: 

optik tarmoqlarni kengaytirish; 

optik tolali aloqa tizimlarini qurish; 

yuqori qurilmalarni oʻrnatib, tarmoq imkoniyatlarini 
kengaytirish; 

«OʻzMobayl» mobil tarmogʻini hududlarda rivojlantirish – 
1-bosqich yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini koʻrsatish (EVDO 
texnologiyasi); 
294



«OʻzMobayl» mobil tarmogʻini hududlarda rivojlantirish – 
2-bosqich yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini koʻrsatish (LTE 
texnologiyasi); 

3G, 4G LTE va boshqa mobil aloqa operatorlarini hisobga 
olgan holda mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish; 

kommutatsiya markazlarini modernizatsiyalash; 

paketli kommutatsiya halqaro markazlarini kengaytirish; 

Oʻzbekiston 
Respublikasi 
magistral 
tarmoqlarining 
oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish; 

ma’lumotlarni uzatish multiservis tarmoqlarini qurish; 

magistral optik tolali aloqa liniyalarini qurish; 

axborot-ma’lumot xizmatlari markazlarini yaratish (call-
center); 

tez-tez foydalaniladigan ma’lumotlarni saqlash markazlarini 
yaratish (keshlash markazlari); 

davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy xokimiyat organlari 
korporativ 
va 
lokal-hisoblash 
tarmoqlarini 
yaratish 
va 
modernizatsiya qilish. 
9.5 – rasm. Interaktiv davlat xizmatlari tizimini tashkil etish sxemasi 
(“Elektron hukumat” tizimi) 
295


«Elektron hukumat» tizimi ma’lumotlar bazasi va axborot 
tizimi komplekslarini yaratish boʻyicha tadbirlar va loyihalar 
roʻyxati: 

«Elektron hukumat toʻgʻrisida» Qonun loyihasini yaratish; 

«Elektron hukumat» tizimi doirasida ma’lumotlar almashish 
va idoralararo oʻzaro munosabat boʻyicha davlat standartlarini 
yaratish va tasdiqlash; 

«Elektron hukumat» tizimida tadbirkorlik subyektlari va 
aholi bilan elektron shaklda oʻzaro munosabatga oʻtishni 
ta’minlashda qonunchilikni takomillashtirish; 

ma’lumotlarni yigʻish va qayta ishlash mexanizmlarini 
standartlashtirishni hisobga olgan holda koʻchmas mulkni 
roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr axborot tizimi kompleksini 
yaratish; 

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimini 
yaratish; 

jismoniy shaxslar ma’lumotlar bazasini shakllantirish (unikal 
identifikator bilan); 

yuridik shaxslar ma’lumotlar bazasini shakllantirish (unikal 
identifikator bilan); 

spravochniklar va klassifikatorlar ma’lumotlar bazasini 
shakllantirish; 

avtoulovlarni 
roʻyxatdan 
oʻtkazish boʻyicha yagona 
ma’lumotlar bazasini shakllantirish

interaktiv davlat xizmatlari yagona portalini yaratish va 
rivojlantirish; 

xizmatlarni koʻrsatuvchilarning billing tizimlari bilan 
integratsiyasini hisobga olib, real vaqt rejimida chakana toʻlovlarni 
amalga oshiruvchi kliring tizimini yaratish; 

«Elektron hukumat» idoralararo integratsion tizimini 
yaratish; 

kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy etish va 
rivojlantirish markazi «Uzinfokom» strukturasida «Elektron 
hukumat» tizimi ma’lumotlarini qayta ishlovchi markaz yaratish; 

«Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarining yagona 
identifikatsiya tizimini yaratish va joriy etish; 
296



davlat xaridlari sohasida interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi 
“Xarid” axborot tizimi kompleksini integratsiya qilish; 

soliq sohasida interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi “Soliq” 
axborot tizimi kompleksini integratsiya qilish;

bojxona yuklarini rasmiylashtirish boʻyicha interaktiv 
xizmatlarni koʻrsatuvchi “Bojxona” axborot tizimi kompleksini 
integratsiya qilish; 

litsenziyalash sohasida interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi 
“Litsenziya” axborot tizimi kompleksini yaratish; 

davlat 
byudjeti 
ijrosida 
ma’lumotlarni 
saqlash, 
tizimlashtirish, qayta ishlash, yigʻish uchun “Byudjet” axborot 
tizimi kompleksini integratsiya qilish; 

sogʻliqni saqlash Milliy integrallashgan axborot tizimini 
yanada rivojlantirish uchun hamda sogʻliqni saqlash sohasida 
interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi “Sogʻliqni saqlash” axborot 
tizimi kompleksini yaratish; 

ta’lim sohasida interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi “Ta’lim” 
axborot tizimi kompleksini yaratish; 

kommunal 
xoʻjalik 
sohasida 
interaktiv 
xizmatlarni 
koʻrsatuvchi “Kommunal” axborot tizimi kompleksini yaratish; 

sudlar va notariuslar faoliyati haqida ma’lumotlarni saqlash, 
qayta ishlash, toʻplash boʻyicha “Adliya-2” axborot tizimi 
kompleksini yaratish; 

davlat organlari haqida statistik ma’lumotlarni ta’minlash 
boʻyicha “Davlat boshqaruvi” axborot tizimi kompleksini yaratish; 

nafaqa ta’minoti sohasida interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi 
“Nafaqa” axborot tizimi kompleksini integratsiya qilish; 

“Elektron hukumat” tizimini joriy qilish va uning samarali 
ishlatilishida ishtirok etuvchi Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, 
mahalliy xokimiyat organlari xodimlarini AKT boʻyicha oʻqitish 
va malakasini oshirish maqsadida “Elektron hukumat” oʻquv 
markazini yaratish. 
Koʻrinib turibdiki, Oʻzbekistonda, elektron hukumatni tashkil 
qilish borasida hukumat darajasida katta e’tibor koʻrsatilmoqda. 
Oʻzbekistonda elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish 
maqsadida, maxsus markaz – «Elektron hukumat tizimini 
297


rivojlantirish markazi» hamda, «Axborot xavfsizligini ta’minlash 
markazi» tashkil qilindi. Oʻzbekistonda elektron hukumat tizimini 
rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash, uning me’yoriy-huquqiy 
bazasi, uslubiy va texnologik ta’minoti va tizim uchun mas’ul 
tashkilotlarning moddiy texnik bazasini mustahkamlashga oid oʻta 
muhim ustuvor vazifalar aniq belgilab berildi. 
Davlat xokimiyati va tashkilotlarda axborot texnologiyalaridan 
foydalanishdan maqsad tashkilotlarni birgalikda ishlash tezligi va 
samarasini oshirish, hamda barcha fuqarolarga xizmat koʻrsatishni 
taqdim 
etishdan 
iborat. 
AKTdan 
foydalanish 
boshqaruv 
samaradorligini va milliy raqobatdoshlikni oshirishga olib keladi. 
AKTni rivojlantirishning turli omillari mavjud, ulardan biri bu 
siyosiy-huquqiy faktor hisoblanadi. Bu siyosiy-huquqiy faktor 
ratsional natijalarga erishish va xulosalar qilish faoliyatini puxta 
rejalashtirish siyosatidir.
Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi quyidagi asosiy 
texnologik tamoyillar poydevorida shakllangan: (shu jumladan 
Oʻzbekiston elektron hukumat tizimi ham). 
1) G2G (Government to Government) – Davlat – davlatga; 
2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga; 
3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga; 
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga. 
Ba’zi davlatlarning elektron hukumat tizimi shuningdek 
quyidagi tarmoqlarga ham ega: G2S (Government to Science) – 
Davlat-Ilm-fanga; G2N (Government to third sector) – Davlat-
uchinchi sektor. 
Endi mazkur yoʻnalishlarni batafsil tahlil qilsak: 
1) G2G (Government to Government) – Davlat-davlatga – 
bunda Davlat boshqaruvi apparati ichki strukturalari, markaziy va 
mahalliy hokimiyatlar, turli davlat idora, tashkilot va muassasalari 
orasidagi oʻzaro munosabatlarda elektron hukumat tizimini joriy 
etish, elektron hujjat aylanishi, davlat organlari faoliyatining 
shaffofligi ortishi, doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar 
amalga oshiriladi. 
2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga – bu 
tizimda esa, fuqarolar, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali 
298


orqali, oʻzlarining davlat organlariga ariza, shikoyat yoki taklif 
kabi murojaatlarini elektron tarzda yuborishlari va ularga javob 
olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari, ya’ni, 
masalan, rasmiy hujjatlarning elektron nusxalarini shakllantirib 
olishlari, turli xil ma’lumotnoma, xabarnomalarni olishlari, 
shuningdek turli xil toʻlovlar boʻyicha tranzaksiyalarni on-layn 
usulda amalga oshirishlari mumkin boʻladi. 
3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga – bu 
tizimda, Davlat va xorijlik shaxslar oʻrtasida, milliy qonunchilik va 
halqaro hujjatlarga tayangan holda interaktiv xizmatlar koʻrsatilishi 
nazarda tutiladi. Masalan, viza masalalari, investitsiyalar, ta’lim va 
turizm sohalariga oid xizmatlar koʻrsatilishi nazarda tutiladi. 
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga – mazkur 
tizim esa, yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun 
ruxsatnomalar olish, turli xil rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda 
soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish, shuningdek, davlat 
yigʻimlari, toʻlovlar va hokazolarni on-layn amalga oshirish, 
hisobotlar va rasmiy murojaatlarni on-layn yuborish imkonini 
berishi koʻzlanadi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə