Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/149
tarix22.03.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#180393
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   149
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

Keys-texnologiya
– masofaviy oʻqitishni tashkil qilishning 
shunday uslubiki, masofaviy ta’limda matnli, audiovizual va 
multimediali 
(keys) 
oʻquv uslubiy materiallar majmuasi 
qoʻllanishga asoslanadi.
TV-texnologiya
– masofaviy oʻqitishni tashkil qilishning 
shunday uslubi hisoblanadiki, u talabalarga oʻquv-metodik 
ma’lumotlarni televideniye vositasi yordamida yetkazishga xizmat 
qiladi va tashqi aloqali ixtiyoriy interaktiv usullardan biri bilan 
oʻrnatishga asoslanadi.
Masofaviy oʻqitishning ta’lim tizimida bir-biridan farqlanuvchi 
model va shakllari mavjud boʻlib, ular quyidagi qoʻllanish shartlari 
bilan farqlanadi:
– geografik shartlar (masalan, mamlakat territoriyasi
markazdan uzoqlikda joylashuvi, iqlimi);
– mamlakatning axborotlashuvi va kompyuterlashtirish 
umumiy darajasi;
– kommunikatsiya va transport vositalarining rivojlanish 
darajasi;
– ta’lim jarayonida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari 
vositalarining qoʻllanish darajasi;
– ta’limda qoʻllaniladigan an’analari;
– masofaviy oʻqitish tizimi uchun ilmiy pedagog kadrlar 
mavjudligi va ularning salohiyati va boshqalar.
Nima uchun masofaviy ta’lim kerak boʻlib qoldi? – degan savol 
tugʻilishi tabiiy. Bu savolga javob tariqasida quyidagilarni sanab 
oʻtish mumkin:
– Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning 
arzonligi, vaqt va joyga bogʻliqmasligi va boshqalar).
– Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining 
cheklanganligi.
– Ta’lim olishni xohlovchilar sonining oshishi.
– Sifatli axborot texnologiyalarining paydo boʻlishi va 
rivojlanishi.
– Halqaro integratsiyaning kuchayishi.
285


Yuqorida sanab oʻtilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy 
oʻqitishga ehtiyoj borligini koʻrsatadi. 
Umuman olganda masofaviy ta’limning maqsadiga quyidagilar 
kiradi
68
:
– Mamlakat miqyosidagi barcha hududlar va chet eldagi 
barcha oʻquvchilar, talabalar, ta’lim olishni xohlovchilarga birdek 
ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish.
– Yetakchi universitetlar, akademiyalar, institutlar, tayyorlov 
markazlari, kadrlarni qayta tayyorlash muassasalari, malaka 
oshirish institutlari va boshqa ta’lim muassasalarining ilmiy va 
ta’lim berish potensiallaridan foydalanish evaziga ta’lim berishning 
sifat darajasini oshirish.
– Asosiy ta’lim va asosiy ish faoliyati bilan parallel ravishda 
qoʻshimcha ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish.
– Ta’lim oluvchilarni ta’lim olishga boʻlgan ehtiyojini 
qondirish va ta’lim muhitini kengaytirish.
– Uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini yaratish.
– Ta’lim sifatini saqlagan holda yangi prinsipal ta’lim 
darajasini ta’minlash. Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish 
mumkinki, masofaviy ta’lim elementlarini ta’lim muassasalariga 
joriy etilishi har tomonlama foyda keltiradi. Oliy ta’lim tizimida bu 
kompleksni joriy qilish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. 
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayonida 
(xususan, masofaviy ta’lim jarayonini) qoʻllash asosan ikki xil 
koʻrinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti bu texnik jihozlar 
boʻlsa, ikkinchisi sharti esa maxsus dasturiy ta’minotlar bilan 
ta’minlanganligidir.
1. Texnik jihozlar bilan ta’minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq 
qurilmalari, 
yuqori 
tezlikdagi 
internet 
tarmoqlari, 
video 
konferensiya jihozlari va hakazo.
2. Dasturiy ta’minotga: Mavjud qurilmalarni ishlatadigan 
dasturiy ta’minotlardan tortib shu soha uchun moʻljallangan 
dasturlar toʻplami kiradi.
68
Epignosis LLC. E-Learning concepts, trends, applications. USA 2014. P 18-19. 
286


Soʻnggi yillarda Gʻarbda ta’lim tizimini boshqarishda 
qoʻllanilib kelinayotgan Internet yoki Interanet tarmogʻi orqali 
elektron shakldagi ta’lim turini E-learning (elektron ta’lim) atamasi 
bilan kirib keldi.
Elektron ta’limi – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
asosidagi ta’limning turli koʻrinishlarini anglatuvchi keng 
tushunchadir.
E-learning oʻz ichiga elektron oʻquv kontenetlarni bilim 
oluvchiga yetkazish usulidan kelib chiqqan holda guruhlarga 
ajratish mumkin. 
9.1 – rasm. E-learning tashkil etuvchilari 
Elektron ta’limni tashkillashtirishning koʻpgina manbalari 
orasidan quyidagilarni koʻrsatish mumkin:

Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools);

Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS 
(Learning Management Systems);

Ichki kontentni boshqaruv tizimlari CMS (Content 
Management Systems).
287


9.2-rasm. Elektron ta’limni tashkillashtirishda ishlatiladigan dasturiy 
ta’minotlar strukturasi 
LMS bu oʻquv jarayonini boshqarish degan ma’noni bildiradi 
va u kompyuter tizimlari yordamida onlayn kurslarni hosil qilish va 
u tinlovchilarga oʻquv materialarni tarqatishda keng qoʻllaniladi. 
LMS tizimi butun oʻquv jarayonini boshqarish imkonini yaratadi, 
ya’ni tinglovchini registratsiya qilishdan boshlab barcha natijalarni 
saqlashgacha boʻlgan jarayonlarni oʻz ichiga oladi. LMS tizimi 
masofaviy ta’limni asoslaridan biri hisoblanadi
69
.
Hammamizga ma’lumki, har bir universitet yoki ta’lim 
muassasi oʻz ta’lim jarayonini boshqarish uchun zamonaviy 
texnologiyalardan kelib chiqqan holda, oʻzining virtual axborot 
ta’lim muhitini yaratishga harakat qiladi. Hozirgi vaqtga kelib, 
virtual axborot ta’lim muhitini yaratishning hojati qolmagan, 
chunki Web muhitiga moslashgan har xil turdagi dasturiy 
majmualar jonkuyar dasturchi va ta’lim sohasida ishlab kelayotgan 
69
Epignosis LLC. E-Learning concepts, trends, applications. USA 2014. P 33-34. 
288


xodimlarning hamkorlikda ishlashlari shuningdek, ta’limga 
yoʻnaltirilgan fondlar tomonidan qoʻllab quvvatlanishi natijasida
erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar yaratilgan.
LMS tizimi har xil dasturiy platformalarda yaratilib, ularga 
PHP, .Net yoki Java kabilar yordamida ishlab chiqiladi sababi ular 
ma’lumotlar bazasiga, ya’ni PostgreSQL, MySQL yoki SQL 
Server ulanadi. LMS tizimi ochiq kodli va kommersiyaga 
moʻlljalangan boʻlishi mumkin. Bu tizimdan personalni boshqarish
va baholash tizimini boshqarishda foydalaniladi. Siz oʻz 
kursingizni yaxshi ishlashini boshqarishingiz mumkin. Yaxshi 
LMS tizimlar barcha ma’lumotlarni yigʻish va ularni qayta ishlash 
imkonini yaratadi
70
.
9.3 – rasm. LMS tizimida ishlash texnologiyasi 
70
Epignosis LLC. E-Learning concepts, trends, applications. USA 2014. P 34-35. 
289


Quyida maosafaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish 
imkoniyatini beruvchi erkin va ochiq kodli LMS dasturiy 
majmualarning nomlari va ularning asosiy imkoniyatlari boʻyicha 
ma’lumotlarni koʻrib chiqamiz.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə