Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/149
tarix22.03.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#180393
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

Fayllarni yaratish. 
Tizimda fayllar ma’lum dastur ilovasida 
yaratiladi. Dastur oynasining menyusidan “Сохранить” (saqlash) 
yoki “Сохранить как” buyrugʻi tanalanadi va faylga nom beriladi 
(3.7
-
rasm).
Papka va fayllar ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin: 

qayta nomlash; 

nusxa olish; 

boshqa joyga koʻchirish; 

oʻchirish; 

xossalarini oʻzgartirish; 

arxivlash va boshqalar. 
Fayllarni ochish va saqlash. 
Windows 8
 
da faylni ochishning 
bir necha xil usuli bor. Buning uchun quyidagilarning birontasidan 
foydalanish mumkin: 

“Мой компьютер” darchasida hujjat nomi oldidagi belgi 
ustida sichqonchani ikki marta bosish. 

“Пуск” tugmasini bosib, ochilgan tavsiyanomadan 
“Документы”
 
(
Hujjatlar) 
qatorini 
tanlab, 
uning 
qism 
tavsiyanomasida oxirgi ishlatilgan 15ta hujjat nomlarining roʻyxati 
beriladi. Kerakli hujjat nomida sichqoncha bosiladi. 
52



Windows 8
 
muhitida ishlovchi ixtiyoriy dastur darchasida 
“Файл” tavsiyanomasining “Открыть” (ochish) buyrugʻini ishga 
tushirish. 

Ba’zi dasturlarning “Файл” tavsiyanomasida oxirgi 
foydalanilgan bir nechta hujjat roʻyxati beriladi. Shulardan 
keraklisini tanlashingiz mumkin. 
3.7-rasm. Ilovada yangi fayl yaratish 
3.8-rasm. Windows 8
 
da faylni ochish 
53


Fayllarni koʻchirish va nusxasini olish. 
Siz fayllaringizni va 
papkalaringizni xohlagan joyingizga koʻchirishingiz va nusxa 
olishingiz mumkin. Bu sizga ma’lumotlaringizni qattiq disklarda va 
USB disklarda saqlash imkonini beradi
24

 
Fayldan nusxa olish vaqtida asl nusxa eski joyida saqlanib 
qoladi va yangi joyga faylning nusxasi koʻchiriladi. Koʻchirish 
vaqtida esa asl nusxa joyidan oʻchiriladi va koʻrsatilgan joyga 
uning nusxasi koʻchiriladi. 
Fayllarni koʻchirish va nusxasini olish uchun quyidagilarni 
bajarish kerak:

nusxasi olinadigan va koʻchiriladigan faylni ajratish

darchadagi uskunalar panelidan nusxa olish uchun 
“Копировать” nusxa olishni tanlash, kesib olish uchun esa 
“Вырезать”
 
boʻlimini tanlash; 

fayl nusxasi joylashtiriladigan qurilma yoki papkani tanlash; 

“Uskunalar paneli”dan “Buferdan olib qoʻyish” boʻlimini 
tanlash. 
Fayl nusxasini olishning yoki koʻchirishning boshqa usullari 
ham bor. 

Fayl nomida sichqonchani oʻng tugmasi bosiladi va ochilgan 
kontekst tavsiyanomadan “Отправить” (Joʻnatish) buyrugʻi 
tanlanadi. Ochilgan qism tavsiyanomadan qayerga joʻnatish 
kerakligi koʻrsatiladi. 

Faylni sichqoncha yordamida ham koʻchirish mumkin. Bu 
usul 
Drag and drop
– surish va qoʻyib yuborish deb nomlanadi. 
Buning uchun tanlab olingan fayl nomi ustiga koʻrsatkichni olib 
borib, sichqoncha chap tugmasi bosiladi va kerakli joyga suriladi, 
soʻngra sichqoncha klavishi qoʻyib yuboriladi
25


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə