Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/149
tarix22.03.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#180393
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

 
134


Test savollari 
1. Word dasturida yaratilgan hujjat kengaytmasi qanday? 
a) docx 
b) pptx 
c) xxxl 
d) mdbx 
2. Microsoft Excel jadval kataklardagi sonlar yigʻindisini 
topish formulasi toʻgʻri keltirilgan variantni koʻrsating.
a) = СУММ(А1:В1)
b) = СУММ(А1+В1)
c) =YIGINDI(А1:В1)
d) = СУММА(А1:В1) 
3. Kompyuterda taqdimot yaratish uchun qaysi dastur 
ishlatiladi?
a) Ms Word 
b) Ms Power Point 
c) Ms Excel 
d) Ms Access 
4. Tarjimon dasturlar toʻgʻri koʻrsatilgan qatorni 
belgilang. 
a) Promt, Translate!, Socrat, Runet 
b) Promt, Translate!, Locrat 
c) ABBYY Lingvo, Promt, Socrat
d) ABBYY Lingvo, Mksok, Rocer 
5. Hujjatlarni skanerlash imkonini beruvchi dastur qanday 
nomlanadi?
a) ABBYY Lingvo 
b) ABBYY FineReader
c) Promt 
d) Socrat 
135


V BOB. MA’LUMOTLAR BAZASI VA MA’LUMOTLAR 
BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI 
Tayanch soʻzlar:
ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazasini 
boshqarish tizimlari, maydon, relyatsion model, tarmoqli model, 
MS access dasturi, yozuv, jadval, soʻrov, makros 
5.1. Ma’lumotlar bazasini tashkil qilish va ularni boshqarish 
Informatsion tеxnologiyalarning rivojlanishi va axborot 
oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tеz oʻzgarishi 
kabi xolatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni oʻz vaqtida qayta 
ishlash choralarini qidirib topishga undaydi. 
Ma’lumotlar bazasi texnologiyasi an’anaviy fayllarni tashkil 
etishning koʻpgina muammolarini kamaytiradi. Ma’lumotlar 
bazasini ta’riflaydigan boʻlsak – bu ma’lumotlar majmui boʻlib, u 
ma’lumotlarni samarali nazorat qilish va ma’lumotlarni 
markazlashtirish orqali bir nechta ilovalarni boshqarish uchun 
tashkil etiladi. Bunda har bir ilova uchun ma’lumotlarni alohida 
fayllarda saqlash oʻrniga foydalanuvchi barcha ma’lumotlarni 
markazlashtirilgan joyda saqlaydi
45

Ma’lumotlar bazasi (MB) – bu oʻzaro bogʻlangan va 
tartiblangan ma’lumotlar majmuasi boʻlib, u koʻrilayotgan 
obyektlarning xususiyatini, holatini va obyektlar oʻrtasidagi 
munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi. 
Ma’lumotlarni- saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun 
ma’lumotlar bazasini yaratish, soʻngra undan kеng foydalanish 
bugungi kunda dolzarb boʻlib qolmoqda. Katta hajmdagi 
ma’lumotlarni boshqarish, ulardan kerakli ma’lumotlarni soʻrov 
orqali istalgan koʻrinishda chiqarib olish, ma’lumotlarning zaxira 
nusxalarini olish, katta hajmdagi ma’lumotlarni siqish, qulay 
interfeysda ma’lumotlar bazasi ustidan nazorat oʻrnatish, 
ma’lumotlar asosida hisobotlar hosil qilish va bulardan boshqa 
ma’lumotlar ustida juda katta koʻlamdagi ishlarni amalga 
45
Kenneth C. Laudon, Jane. P. Laudon. Management Information Systems: 
Managing the Digital Firm, 13th Edition, Pearson Education, USA 2014. p 244-245. 
136


oshiradigan dasturiy komplekslar mavjud. Bunday dasturlar 
majmui ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari deb yuritiladi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) – bu 
dasturiy ta’minot boʻlib, tashkilot ma’lumotlarini markazlashtirish 
imkonini beradi, hamda bu orqali ma’lumotlarni samarali 
boshqarish va amaliy dasturiy vositalar yordamida saqlanayotgan 
ma’lumotlardan foydalanish imkonini beradi. MBBT amaliy 
dasturiy vositalar va fayllarning fizik ma’lumotlari oʻrtasida 
interfeys vazifasini bajaradi. An’anaviy ma’lumotlar fayllari 
tizimidan foydalanib, dasturchi dasturda ishlatiladigan har bir 
ma’lumotlarning elementi hajmini va formatini belgilashi, soʻngra 
ular joylashgan maydoni kompyuterda belgilashi kerak boʻladi
46

MBBT – bu koʻplab foydalanuvchilar tomonidan MBni 
yaratish, unga qoʻshimcha ma’lumotlarni kiritish va MBni 
birgalikda ishlatish uchun zarur boʻlgan dasturlar majmuidir. 
MBBTning tarkibidagi asosiy komponenti – bu ma’lumotlardir. 
MBBT ma’lumotlarni boshqarish uchun qulay tizimlar hisoblanadi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi bu umumiy tushuncha 
boʻlib, uning tarkibiga ma’lumotlar bazasi ham kiradi. Misol 
uchun, mashina chiqaradigan zavod bu MBBT hisoblanadi
mashinalar esa ma’lumotlar bazasidir. MBBT umumiy bir dastur 
boʻlib, ma’lumotlar bazasini boshqaradi va uni bir tekis ishlashini 
ta’minlaydi.
MBBT 
ortiqcha 
ma’lumotlarni 
kamaytirib, 
qayta 
takrorlanuvchi ma’lumotlarni minimum darajagacha kamaytirish 
imkonini beradi. MBBT dasturlar va ma’lumotlarni ajratadi, 
buning natijasida ma’lumotlardan mustaqil foydalanish imkonini 
beradi. Ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati oshiriladi, dasturni 
ishlab chiqish va qoʻllab-quvvatlash uchun sarf xarajatlar 
kamayadi, 
shuningdek 
foydalanuvchilar 
va 
dasturchilar 
ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar uchun maxsus soʻrovlarini 
bajarishlari mumkin boʻladi. MBBT tashkilotga ma’lumotlarni 
46
Kenneth C. Laudon, Jane. P. Laudon. Management Information Systems: 
Managing the Digital Firm, 13th Edition, Pearson Education, USA 2014. p 244-245. 
137


markazlashtirilgan holda boshqarish va axborot xavfsizligini 
oshirish imkonini beradi
47

MBBTga misol qilib: Oracle MBBT, MySQL MBBT, MS SQL 
Server MBBT, MS Access MBBT kabilarni olish mumkin, bular 
ichida ma’lumotlar bazasini yaratish mumkin. 
MBBTlar oʻz ichiga quyidagilarni oladi: 
1. Hardware- texnik;
2. Software-dasturiy ta’minot.
Texnik qismi tashqi qoʻshimcha xotiradan iborat boʻlsa, dastur 
qismi esa MB bilan foydalanuvchi oʻrtasidagi muloqotni tashkil 
qilishni amalga oshiradi. MBning tuzilishi oʻrganilayotgan 
obyektning ma’lumotlari koʻrinishi, ma’nosi, tuzilishi va hajmiga 
bogʻliq boʻladi.
MBBT quyidagicha tavsiflanadi: 

Bajarilishlik – foydalanuvchi soʻroviga hozirjavoblik bilan 
muloqotga kirishish; 

Minimal takrorlanishlik – MBdagi ma’lumot iloji boricha 
kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni izlash susayadi; 

Yaxlitlik – axborotni MBda saqlash iloji boricha 
ma’lumotlar orasidagi bogʻliqlikni asragan holda boʻlishini lozim; 

Xavfsizlik – MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli 
himoya qilingan boʻlishi lozim. Faqat foydalanuvchi va tegishli 
tashkilotgina ma’lumotlarga kira olish va foydalanish huquqiga 
egalik qilishi mumkin

Migratsiya – ba’zi bir ma’lumotlar foydalanuvchilar 
tomonidan tez ishlatilib turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida 
ishlatiladi. Shuning uchun ma’lumotlarni tashqi xotiralarda 
joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish kerakki, eng koʻp 
ishlatiladigan ma’lumotlarga murojaat qilish qulay boʻlsin. 
Bu xususiyatlarni e’tiborga olgan holda ma’lumotlar bazasi 
modellari quyidagi turlarga boʻlinadi: 

Daraxtsimon (ierarxik) modellar. 

Tarmoqli modellar. 
47
Kenneth C. Laudon, Jane. P. Laudon. Management Information Systems: 
Managing the Digital Firm, 13th Edition, Pearson Education, USA 2014. p 245-246. 
138



Relyatsion modellar. 
Daraxtsimon 
(ierarxik) 
modelda 
obyektlar 
yozuvlar 
koʻrinishida ifodalanadi. Masalan, quyiroqda keltirilgan 5.1-rasmda 
axborot texnologiyalari fanning tashkil etuvchilari daraxtsimon 
modeli koʻrsatilgan. 
5.1-rasm. Daraxtsimon (ierarxik) model 
Ierarxik modelda ikki yarusdagi elementlar bogʻlangan boʻlsa, 
unday ma’lumotlar tarmoqli modelda ifodalangan deyiladi. 
Tarmoqli modellarda ham obyektlar daraxtsimon modellardagi 
kabi yozuvlar koʻrinishida tasvirlanadi. Obyektlarning oʻzaro 
aloqalari yozuvlar oʻrtasidagi aloqalar sifatida tavsiflanadi. 
5.2-rasm. Tarmoqli (toʻrli) model 
139


Hozirgi kunda, kompyuter uchun, shuningdek, server 
kompyuterlar uchun MBBTning eng mashhur turidan biri 
relyatsion model hisoblanadi. Relyatsion modellarda obyektlar va 
ularning oʻzaro aloqalari ikki oʻlchovli jadval koʻrinishida 
tasvirlanadi. Ma’lumotlarning bunday koʻrinishda tasvirlanishi 
obyektlarning oʻzaro aloqalarini yaqqol tasvirlanishiga asos 
boʻladi
48
.
Misol sifatida 5.1 jadvalni keltirish mumkin. 
5.1 jadval. Relyatsion model 
№ Familiyasi Ismi 
Tugʻilgan 
sanasi
Guruhi Turar joyi
1. Kadirov
Mirvohid 22.05.1992 117-16 Mirzo Ulugʻbek 20 uy
2. Kobulov
Farxod
12.02.1993 118-16 Ibn Sino 14 uy 
3. Aminov 
San’at 
14.05.1994 11-16
Olmazor tumani 15 uy
4. Tolipov
Jasur
15.03.1992 22-16 
Bеruniy koʻchasi 22 
uy 
1
5. Mirpulatov Mirolim 25.07.1990 77-17 
TTZ 4 41-29 
Ma’lumotlar relyatsion asoslarning ayrim afzalliklarini sanab 
oʻtamiz: 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə