Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/149
tarix22.03.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#180393
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   149
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

 
6.1. Kompyuter grafikasi turlari 
Hozirgi kunda kompyuter grafikasi va kompyuter animatsiyasi 
atamalaridan foydalaniladi. Kompyuter grafikasi
 
tushunchasi statik 
tasvirlar bilan ishlashning barcha koʻrinishlari oʻz ichiga olsa
kompyuter animatsiyasi
 
dinamik oʻzgaruvchi tasvirlar bilan 
ishlaydi. 
Kompyuter grafikasi – kompyuter boshqaruvida grafik 
obyektlarni 
kiritish, 
chiqarish, 
tasvirlash, 
oʻzgartirish va 
tahrirlashdir.
 
Kompyuter animatsiyasi
 
– ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, 
kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir.
 
Kompyuter grafikasi bu axborot texnologiyalarining maxsus 
qismi boʻlib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida 
tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini 
oʻrganadi.
Virtual 
fazoda 
hajmli 
obyektlarni 
yaratish 
usullarini 
oʻrganuvchi soha uch oʻlchovli (3D) grafika
 
deb nomlanadi. 
Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan 
foydalaniladi. 
Tuzilishiga koʻra tasvirlar rastrli, vektorli va fraktal boʻlishi 
mumkin.
Rastrli grafika
– bu turdagi grafikada tasvirlar piksellar 
asosida yaratiladi. Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi 
boʻlib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma’lum bir 
miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar 
gorizontal boʻyicha 800 va vertikal boʻyicha 600 piksellar sonini 
belgilaydi. Piksellar soni qanchalik koʻp boʻlsa tasvirning 
ekrandagi va qog‘ozda chop etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori 
boʻladi. Lekin piksellar soning koʻpayib ketishi tasvirning hajmini 
oshishiga sabab boʻladi. 
164



Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə