O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


-Mavzu.XVI- XVII asrlarda Ispaniya



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə137/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

10-Mavzu.XVI- XVII asrlarda Ispaniya
Reja:

  1. XVI asrda Ispaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti.

  2. Filipp II davrida Ispaniya va uning tashqi siyosati.

  3. XVII asrning birinchi yarmi va o’rtalarida Ispaniya.

  4. XVI - XVII asrlarda ispan madaniyati.

Ispaniya XVI asr boshlarida agrar mamlakat bo’lib,sanoati bilan savdosi kuchsiz edi. Angliya bilan Fransiyaga qaraganda anchagina orqada qolgan eid. Niderlandiya va Italiyaga taqqoslab ham bo’lmasdi. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Ispaniya Amerikada juda ko’p mustamlakalarga ega bo’ldi. Dastlabki paytlarda mustamlakalar ispan xo’jaligining rivojlanishiga Yaxshi ta’sir qilib turdi. Amerika Ispaniyadan chiqariladigan juda ko’p tovarlar uchun bozor edi. Amerikadan Ispaniyaga juda ko’plab oltin va kumush yog’ila boshladi. Bu hol esa mamlakatni jonlantirib yubordi. Kastiliya va Andaluziyashaharlarida movut, ipak va merallurgiya sanoati yashnab ketdi. 200-300 ishchiga ega bo’lgan manufakturalar paydo bo’la boshladi. XVI adrning o’rtalarida Toledo shahrida uylarida sanoat ishlab chiqarishi bilan band bo’lgan 50 ming hunarmand va ishchi bor edi. Sevilyada bu vaqtda sanoatda ishlavchilarning soni 130 ming kishiga yetdi. Burgos. Valyadolid, va Kastiliyaning boshqa shaharlarida katta-katta yarmarkalar bo’lib turardi. Sevilya Amerika bilan olib boriladigan hamma aylanmalarni o’z qo’liga to’plagan bir vaqtda barselona O’rta dengizda shimoliy Afrika va Levant bilan olib boriladigan savdo ishlarida juda katta rol o’ynayverdi.


Biroq Ispaniyaning sanoati va savdosidagi bu yuksalish uzoq davom etmadi. XVI asr o’rtalarida ham Ispaniya sanoati Niderlandiya, Angliya va Fransiya sanoatidan orqada eid. Shu bilan birga uning bundan keyingi rivojlanishi uchun sharoit ham juda yomonlashgan edi.
Bu yerda dastavval narxlar revolyutsiyasiispan xo’jaligini halokatli oqibatlarga olib borganini aytib o’tish kerak. Amerikadan oltin va kumushning oqib kelishi Ispaniyada narx-navoning Yevropadagi boshqa mamlakatlardan ilgari va ko’proq darajada oshib ketishiga sabab bo’ldi. Iqrisodchi- tarixchilarning hisobiga ko’ra Ispaniyada XVI asrning o’rtasidayoq narxlar o’rta hisobda ikki baravar oshgan edi, XVI asrning oxiriga borib yana ikki baravar oshib ketdi.
Demak, bir asr davomida narx-navo to’rt baravar oshdi, vaholanki Angliyada XVI asr davomida narxlar o’rta hisobda atigi 2-2,5 baravar oshgan eid. Bu esa ispan sanoarida ishlab chiqarishni xom ashyo va ish kuchini darrov qimmatlashtirib yubordi. Bunday sharoitda ispan korxona egalari uchun sanoat buyumlarini o’z mamlakatida ishlab chiqargandan ko’ra arzonraq va sifatliroq mahsulotni chet eldan sotib olish foydaliroq bo’lib qoldi. Ammo shu bilan Ispaniya ancha taraqqiy etgan mamlakatlarga iqtisodiy jihatdan to’g’ridan to’g’ri qaram bo’lib qoldi. Ispan sanoati bundan keyin yanada taraqqiy etish o’rniga XVI asrning yarmiga borib, juda tez orqaga qarab ketdi.
Ispan sanoatining tushkunlikka yuz o’girishida ispan qishloq xo’jaligining inqqirozga uchrashi katta rol o’ynadi. Pomeshchiklar, cherkov va davlat foydasiga yig’iladigan feodal soliqlari bilan iskanjaga olingan ispan dehqonlari g’oyat og’iir kun kechirmoqda edi. Qishloqlar qashshoqlashib qoldi. Qishloq xo’jalijgi ispan shaharlarini yetarli miqdorda g’alla bilan taminlay olmay qoldi. XVI asrning 80 va 90 yillaridayoq Ispaniyaga juda ko’p g’allani chet mamlakatlardan sotib olishga to’g’ri keldi. Qo’ychilik dehqon chilikka juda katta ziyon yetkazardi, chunki Ispaniyadagi qo’ychilik o’ziga xos sharoitda bo’lib, bu yerda qo’ylar daydib yurardi. Katta yer egalariga qarashli merinos qo’y podalari yoz paytlari shimolda - Kastilaya va Lion yassitog’laridagi yaylovlarda boqilardi, qishga yaqin esa janubga - Andaluzi va Estremaduta yaylovlariga olib kelinardi. Qo’ylarni bu tarzda ikki marta shimoldan janubga va janubdan shimolga haydash pirovardida ispan dehqonchiligiga juda katta putur yetkazardi. Qo’ylar dalalarni poymol qilar va quritib yuborardi. Zarar yaqqol korinib turardi. Ammo qo’ychilikdan manfaatdo bo’lgan amaldorlar - grandlar bor edi va hukumat ularni har qanday qilib qo’llab qoltiqlardi. Qo’ychilik bilan shugullanuvchi dvoryanlar qudratli ittifoq bolib birlashdilar, bu ittifoq mesta deb atalardi va u hukumatdan bir qancha turli imtiyozlar olaredi. Dehqonlarga hatto “chorvalarni haydab kelishga halaqit betmaslik uchun ” o’z yerlariga g’ov tutishlar ham man etilgan edi.
Ispan hukumati rivojlanib borayogan vatan sanoatiga yordam berish o’rniga, tor voryanlik siyosatini yurgizdi,bu siyosat ispan sanoati manfaatlariga iltifotsizlik siyosati edi. Hukumat yetilib kelayotgan sanoatni o’zining soliq siyosati tufayli bo’g’ib qo’ydi. Hukumat grandlar manfaatini ko’zlab ispan sanoatini xom ashyodan mahtum qilib qo’ydi, grandlar esaxom ashyoni bemalol boshqa mamlakatlarga chiqarib sotardi. Yana o’sha dvoryanlar manfaatini deb mamlakatga chet el tovorlarining kiritilishiga keng yo’l ochib barildi. Chet el tovorlari esa mahalliy mahsulot bilan raqobat qilardi. Nihoyat Gabsburglarning to’xtovsiz olib borgan va pirovardida hech qanday foyda keltirmaydigan urushlari mamlakatni batamom holdan toydirib qo’ydi va uni iqtisodiy hamda siyosiy jihatdan butunlay halokatga olib keldi. Absolyut monarxiya barpo etilgandan buyon shaharlar doim tushkunlikka yuz tuta borgan sari ichki ayboshlash kamayib bordi, turli xududlardagi aholining o’zaro aloqalari kuchhsizlana bordi, aloqa vositalari tashlandiq holga keldi, katta yo’llar huvillab qoldi.




  1. Yüklə 1,36 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə