O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


Filipp II davrida Ispaniya va uning tashqi siyosati



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə138/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

Filipp II davrida Ispaniya va uning tashqi siyosati.

1556 yilda Karl V dan keyin uning o’g’li Filipp Ispaniya taxtiga o’tirdi. Filipp II o’z otasiga o’xshab “ Joyidan qimirlamaydigan qirol” emas edi. U ham juda ko’p urushlar olib borgan bo’lsada, ammo bu urushlarda odatda uning generallari qo’mondonlik qilardi. Qirolning o’zi bo’lsa o’z mamlakatining hech qachon deyarli tashlab chiqmasdi.


Germaniyaga Karl V ning ukasi Ferdinand imperator bo’lib olganligidan, filipp II qo’l ostidagi yerlar endi avvalgidek juda hilma-hil emasdi. Filipp mamalkarni markazlashtirish yo’lida ba’zi tadcbirlarni amalga oshirdi. U Ispaniyaning yangi doimiy poytaxtini barpo qildi. Poytaxt uchun Madrid shahrini tanladi. Filipp II Aragonni avtonomiyadan mahrum etdi.saragossani va Kastiliya garnizomnlariga ega bo’lgan Aragon qal’alarini egallab oldi hamda Aragon dvoryanlarining sud sohasidagi eski imtiyozlarini bitirdi, ya’ni ularning sud ishlarini o’zlarining maxsus oliy sudyasi bo’lgan xustisiyada ko’riladigan bo’ldi. 1580 yilda Filipp II Portugaliyani ham o’z yerlariga qo’shib olishga muvaffaq bo’ldi. Endilikda butun Pireneya yarim oroli yagona davlatga birlashtirilgan edi. Inkvizitsiya FilipppII qo’lida eng dahshatli qurol edi, bu inkvizitsiya filipp II davrida Ispaniyadagi oliy siyosiy sudga aylandi, bu suddan qirolning hech bir dushmani qochib qutila olmas edi. Filipp II davrida idora qilish ishlari bilan shaxsan o’zi juda ko’p shugu’llanar edi. U juda keng ko’lamda byurakratik yozishmalar olib borardi, markazdagi oliy amaldorlarni va joylardagi gubernatorlarni shaxsan o’zi tanlab qo’yardi. Filipp II davtida davlat soliqlarining miqdori juda ko’payib ketdi. Moliya mahkamasi butun mamlakatni son sanoqsiz soliq to’lovchilar bilan o’rgimchak uyasiday chulg’ab oldi. Karl davridagidek, Ffilipp II davrida ham ispan absolyutizmi faol emas edi. Filipp II mamlakarni burjuaziya negizida rivojlantirish bilan qiziqmadi va ispan savdosi hamda sanoatini taraqqiy ettirish uchun hech qanday amaliy tadbirlar ko’rmadi. Ispaniyadagi yitik dunyoviy va cherkov yer egaligi XVI asrda ham o’zining g’oyat katta imtiyozlari va biqiq-kasta xarakterini saqlab qolgan eid. Mayorat haqida, daxlsiz yerlar haqida, cherkov yerlariga imtiyozlar berish haqida qonunlar Ispaniyadagi yer egaligini qat’iy tasdiqlar, uni abadiy daxlsiz qilib qo’yar, demak shu bilan burjuaziya orasidagi faolroq elementlarning, mayda dvoryanlar va dehqonlarning yerga ega bo’lish imkoniyatini bo’g’ib qo’yardi.
Filipp II olib borgan urushlar ochiqdan-ochiq sulolaviy, tor dvaryanlik tusidagi, o’zining go’yasi jihatidan reoksion-katolik xarakterdagi urushlar eid. Bu uruhshlar ispan qirolining yerlarini ko’paytirish va qirolni Yevropaning xalqaro siyosatida gegimon qilish maqsadi bilan olib borilar edi. Shu bilan bir paytda bu urushlardan ispan dvaryonlarini boyitish maqsadi ham ko’zda tutilardi, chunki bu dvaryanlarning zebi-ziynat va aysh—ishrat ichida kechirayogan dabdabali hayotlari uchun ispan dehqonlairdan olinadigan renta haqlarigina kifoya qilmas edi. Ba’zi urushlarda ispan savdosi va mustamlakalarning manfaatlari ham ko’zda tutilgan edi. Xuddi ana shu urushlarda Filipp II ning hukumati sharmandalarcha yutqizdi va shunday qilib, bu urushlar ham ispan burjuaziyasijga hech narsa keltirmadi.
Filipp II ning olib borgan ba’zi urushlarigina muvaffaqiyatli tugadi. 60-70 yillarda Turkiyaga qarshi olib borilgan urushni va 1580 yilda Portuhgaliyaning bosib olinishi shun day urushlar jumlasiga kiritish mumkin. 1571 yilda Lepanto yonida bo’lgan jangda turklar dengizda ayniqsa katta mag’lubiyatga uchratildi. Jangda Filipp II ning ukasi Don-Xuan Avstriyskiy ispan-venetsian birlashgan eskadrasiga qo’mondonlik qilib, turklarning 264 kemadan iborat flotini tor mor qildi, bu flotda 80 ming kishilik qo’shin bor edi. Bu mag’lubiyatning turklarning boshidan kechirgan birinchi katta mag’lubiyati edi. Va bu Turkiya imperiyasining ancha jiddiy ichki tushkunlikkauchray boshlashidan darak berardi.
1580 yilda Portugaliya ustidan qozonilgan g’alaba ham Portuhgaliyaning bundan oldin 1578 yilda portugal feodallarining marokashda mag’lubiyatga uchragani tufayli bo’lgan edi va bu vaqtda qirol Sebastyan butun qo’shini bilan birga halok bol’gan edi.
Ammo Filipp II nming o’zi ham shunday mag’lubiyatga uchraydiki bu mag’lubiyatlar Ispaniyaning buyuk davlat sifatidagi ahamiyatini yo’qotib qo’ydi. Bu yerda XVI asrning ikkinchi yarmidagi Niderlandiya inqilobini birinchi o’ringa qo’yish kerak, bu inqilobning keyinchalik golland-ispanning savdo va mustamakachilik uchun bo’lgan qator urushlariga aylanib, Hindiston va Indoneziyada ispan portugal mustamlakalarining Gollandiya qo’liga o’tishi, so’ngra esa Portugaliyaning o’zi ham Ispaniyadan ajralib keirshi bilan tugallandi.
Filipp II ning Angliyaga qarshi olib borgan muvaffaqiyarsiz uruhbshibda Ispaniya yana katta mag’lubiyatga uchradi. Ingliz dengiz bosqinchilari Dreyk Reli va boshqalar vest-Indiya qirgo’qlariga hamda yangi yerdan kumush ortib Ispaniyaga qaytib borayotgan flotiga hujjum qiladilar. Filipp II bunga javoban 1588 yil iyulida Angliyaga qarshi yurish boshladi, bu yurijsh “ Yengilmas armada ” nomi bilan mashhurdir. Ispan floti rasmiy ravishda shunday nom bilan atalgan bo’lib, flot tarfki bida 130 dan ortiq kema bor edi, dengiz ekipaji 7500 kishidan va askarlari 17000 kishidan i borat edi.
Harbiy dengiz ishidan xabardor bo’lmagan grand Medina Sidoniya bosh qilib qo’yilgan bu yurish ninhoyatda yomn uyushtirilgan edi. Eskirib qolgan bu beso’naqay ispan kemalari inglizlarning ancha mayda bo’lsada, puxtaroq yasalgan va ancha Yaxshi to’olar bilan ta’minlangan kemalariga bas kela olmadi. “Armada”ning Niderlandiya janu bidagi ispan harbiy kuchlari bilan qo’shilish rejasi bajarilmadi. Ingliz admirallari katta jang qilishni istamadilar va “Armada”ga kichik-kichik eskadralar bilan hujjum qilish taktikasini ishlatib ispan flotining ayrim kemalatini yoki ayrim turkumlarini alohida-alomhida yo’q qilib bordilar. Avgust boshida La-Manshda bo’lib o’tgan boron ispanlarga katta ziyon yetkazdi. Flotning qolgan qismi ob-havo yomon kelganligi tufayli Ispaniyaga ilgarigi yo’ldan qaytib borolmay, Britaniya orollarini aylanib o’tishga majbur bo’ldi va mamlakariga sog’ qolgan ozgina kemalari bilan juda harob holda qaytib keldi
“Armada”ning mag’lubiyatga uchraganligi natijasida ispaniya Atlantika okeanidagi savdo yo’llarini nazorat qilib turishdan mahrum bo’ldi. 1596 yilda inglizlarning o’zlari Ispaniya qirg’oqlariga hujum qilib Ispaniyaning Kadis pportini talab ketdilar. Shu paytdan boshlab Ispaniya dengizdagi gegemonligini butunlat yo’qotib qo’ydi.
Filipp II ning 90 yillar boshida Fransiyaga qarshi boshlagan intervensiyasi ham muvaffaqiyatsizlik bilan tuhgadi Filipp II fransuz qirollarining protestant - gugenotlatga qarshi olib borgan urushlariga aralashdi. Ispan qo’shinlari Parijga bostirib kirdi va u yerda Parijni qamal qilib turgan gugenotlar yo’lboshchisi qurol Gentix IV burbonga qarshi kurashda katoliklarga yordam berdi. Ispanlarning yordami katoliklarni saqlab qola olmadi. Parij taslim bo’lishga majbur bo’ldi. Parij olinganida taslim bo’lgan qo’shinlar prasida Filipp II ning ham otryadlari bor edi filipp II intervensiyaga juda ko’p mablag’ sarf qilgan bo’lishiga qaramay, Fransiyaga o’z ta’sirini kuchaytirish uyoqda tursin, balki aksincha Ispaniyaga eng ashaddiy dushman orttirdi. Keyinchalik XVII asrning birinchi yarmida Ispaniya bilan Fransiya o’rtasida urushlar to’xtovsiz davom etib turdi. Bu urushlar Pireneya monarfxiyasi uchun muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi.
Muvaffaqiyatsizliklar bilan olib borilgan katta urushlar Filipp II ning moliyaviy ahvolini tamomila qaqshatib qo’ydi. U o’zini ikki marta - 1575 va 1596 yillarda singan deb e’lon qilib, davlat qarzlarini to’lashdan bosh tortdi. Gabsburglarga qarz berib turgan Fuggerlarning bir o’zi 3 million gulden pulidan mahrum bo’ldi. Savdo, sanoat, dehqonchilikdan olinadigan soliqlar muttasil oshib borib aholini g’oyat qiybnab qo’ydi.
1594 yilda korteslardagi shaharlarning deputatlari “ 1000 dukat kapitaldan 300 dukat soliq olinadigan bo’lgan dan keyin savdo bilan shug’ullanib bo’larmijdi?” deb noligan edilar.
Filipp II 1598 yilda vafot etadi, un dan o’z vorisiga davlatning umuman 100 million gulden qarzi meros qoldi. XVI asrning oxirada Ispaniyaning butun xalq xo’jaligini chulg’ab olganiqtisodiy harakat moliya ishlarining vayron bo’lishiga asosiy sabab bo’ldi.


  1. Yüklə 1,36 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə