O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


XVII asrning birinchi yarmi va o’rtalarida Ispaniya



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə139/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

XVII asrning birinchi yarmi va o’rtalarida Ispaniya.

Karl V Ispaniyada qirollik qila boshlagan dastlabki paytida kommuneros qo’zg’oloni nomi bilan mashhur bo’lgan katta qo’zg’olon bo’lib o’tdi. Mamalakat Ferdinand bilan Izabella davrida birlashgan bo’lsada XVI asr boshlarida ham Ispaniyaning sud va ma’mutiy ishlarida juda ham xilma-xillik saqlanib qolgan edi. Mamlakatda feodallar hali ham bemalol yashamoqda edilar. Ularning huquqlari va dvoryanlik imtiyozlari to’la saqlanmoqda edi, erkin kommuna shaharlar juda ko’p edi. Soslovielarning korteslari ilgarigidek katta ahamiyatga ega edilar. Birlashgan Ispaniyada bunday korteslar to’trta bo’lib, ular Kastiliyada tashkil topgan edi. Korteslar soliqlarni tasdiqlash huquqiga ega edilar. Qirol har qaysi kortes oldida qasamyod qilishi lozim edi. 1519 yilda Kastiliya korteslariKarl V ga : “siz ulug’ janob, qirol faqat millatning moyanali xizmatkori ekanligini bilishingiz lozim” degan edilar. Karl V ning ko’pchiligi flamandlardan iborat saroy ahlining xo’jayinlik qilishi Ispaniyadagi dvoryanlarning ham shaharliklarning ham qattiq noroziligini 1520 yil bahorida Karlga yuborgan quyidagi uchta talabidan iborat edi:

  1. Kastiliyadan chiqmaslik; 2) oltinni mamlakatdan chetga chiqarmaslik; 3) oliy davlat lavozimlaridan chet elliklarni olib tashlash. Karl bu talablarni rad etdi va 1520 yil mayida davlatni idora qilishni yana kardinal Adrianga topshirib, ispaniyadan chiqib ketdi. Ammo “falamand kamarilyasi” hatto ispan aristakratlari orasida ham o’z obro’sini tamomila yo’qotib qo’ygan edi.

Kasriliya shaharlari «ajnabiy hukumat» ga ayniqsa chuqur nafrat bilan qaradi. 1520 yil iyun oyida Segoviya savdo shahrida qo'zg'olon ko'tarildi. Qo'zg'olonni Kastiliyaning boshqa shaharlari qo'llab quvvatladi. 1520 yil 29 iyulda Kastiliyaning o'n bir shahri «muqaddas xunta» nomi bilan harbiy inqilob ittioqi tuzdilar. Xuntaning markazi Avila shahri edi. Shaharlarga dvoryanlarning bir qismi hatto ruhoniylarning ham ayrim qismlari qo'shildi. Qo'zg'olonga Teledo shahri bilan bog;liq bo'lgan dvoryan Xuan de Badilya, shoir Pedro Leso hamda episkop Xuan de Akunya rahbarlik qildilar.
Ammo qo'zg'olonning asosiy kuchi Kastiliyaning kommuna shaharlari edi, qo'zg'lonning nomi ham shundan kelib chiqqan bo'lib, Komuneros qozg'loni,ya;ni o'z tarditsion erkinligi uchun kurashgan kommunalar qo'zg'oni demakdir. Avvaliga hukumat qo'zg'olonnitezda bostirishga mo'ljallab, uning ko'lamiga yetarli baho bermagam edi. Ko'p o'tmay u o'z xatosini tushundi.
Andrian Segoviya shahrini zo'rlik bilan bosib olmoqchi bo'ldi. Ammo u muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Qo'zg'olonchilar hukumat qo'shinlarini qaytardilar. Biroz vaqtdan keyin qirol qo'shinlari Medina del Kampo shahrini bosib oldilar va taladilar. Bu shahar o'sha paytda Kastiliyaning asosiy savdo markazi edi,ammo bu hol harakatni to'xtata olmadi. Aksincha harakat 1520 yilning yoz oxiriga borib kengayib ketdi. Deyarli butun Kastiliyani qamrab oldi. Valyadoliyadagi qirollik kengashi o'z ishini tugatdi. Kasriliya bir qancha vaqtgacha qirollik hukumatining ta'sitidan chiqdi. Biroq o'z ijtimoiy jihatdan harakat juda xilma-xil edi. Grandlarning bir qismi boshda harakatga biroz hayrixox bildirgan bo'lsa ham undan tez orada cheklashdi. Karl ularning ikki vakilini Adrianga yordamchi qilib taynlagandan keyin harakatdan yuz o'girdi. O'rta dvoryanlar (kabaleros) shaharliklar bilan bir muncha uzoqroq ittifoq bo'lib turdilar. Ammo 1525 yil ular ham qo'zg'olonning demokratik xarakterga kirayotganini payqab, o'zlarini harakatdan chetga torta boshladi. Shahar hunarmandlari, dehqonlar va mayda dvoryanlar - idalgo qo'zg'olonga o chiqdan-ochiq anti aristokratik tus bera boshladilar.
Qirol hukumati aristokratlatga suyanib shahar militsiyasi va kichik dehqon lashkarlaridan iborat qo'zg'olonchilarning otryadlarini tor-mor qildilar. 1521 yil 23 aprelda Vilyalar yonida hal qiluvchi jang bo'ldi.qo'zg'olonchilar batamom tor-mor qilindi. Qo'zg'olonning asir olingan yo'lboshchilari qatl etildi. Ammo ayrim shaharlar uzoq vaqtgacha qarshilik ko'rsarib turdilar. Toledo shahri bo'lsa 1521 yil 25 oktya brgacha mudofa qilib turdi.
Kommunerros mag'lubiyatining bosh sabablaridan biri Kastiliya shahrining Ispaniya qirolligining boshqa qismlaridagi shaharlar tomonidan qo'llab quvvatlanmaganligidir. Sebilya shahri boshchiligidagi Andaluziya shaharlari Kastiliya harakatidan rasman chetlashib o'zining betaraf ekanligiga qirolni ishontirdi.
Karl 1522 yilning yozida 4000 ming nemis landsknexti bilan birgalikda Ispaniyaga kelib, harakatning qoldiqlarini bostirdi va uning tirik qolgan qatnashchilarini o'lim jazosiga hukm qildi. Shunday qilib, Ispaniyaning qadimmgi erkinliklariga xorima berildi.
XVII asrda Filipp II ning vorislari Filipp III (1598-1621) bilan Filipp IV (1621 - 1665) davrida Ispaniya tanazzulga ketaverdi. Uning xo'jalik taraqqiyoti Yevropadagi boshqa mamlakatlarning xo'jalik taraqqiyotidan orqada qolaverdi. Moliyaviy inqiroz doimiy tus oldi. Mamlakatning aholisi ko'payish o'rniga kamaya bordi. Morisklarning (XV asrda xristianlikni qabo’l qilgan mavrlar shunday deb atalardi ) mamlakatdan badarg'a qilinishi Ispaniyaga katta iqtisodiy zarar keltirdi. Ular Valensiyaning arxiepiskopi Ribeyraning taklifiga ko'ra, 1609-1610 yillarda badarg'a qilindi.buning natijasida Ispainya mehnatga yaroqli yarim millonga yaqin hunarmand va dehqonlardan mahrum bo'ldi. Ular janubiy Ispaniyada yashab, arablarning hunar va qishloq xo'jalijgi sohasidagi qadimgi yuqori texnikasini saqlab kelmoqda edilar. XVI asrning o xiri va XVII asrning birinchi yarmida Ispaniyaning iqtisodiy tushkunligi xalqaro ishlarda Ispaniya nufuzining tushib ketishiga sabab bo'ldi. Ispaniyaning xalqaro ahvoli har o'n yillik sari tobora yomonlashardi. 1609 yil Filipp III Gollandiya bilan yarashishga majbur boldi va aslida bu bilan li garigi Ispaniyaga qarashli yerlardan yan gi davlat tashkil topganini tan oldi. 1648 yilda esa Gollandiyaning mustaqilligini Ispaniya rasmiy ravishda e'tirof etdi. O’ttiz yiliik urushda Ispaniyaning Fransiyaga qarshi Germaniya tomonida turib urushishi ham go’yat muvaffaqiyatsiz bo’lib chiqdi. 1659 yildagi Pineneya sulhiga muvofiq Ispaniya Russilon, Artua va bir necha Flandriya shaharlarini qo’ldan berib qo’ydi va shaharlar Fransiyaga o’tib ketdi. 50-yillardagi ingliz-ispan urushi natijasida Ispaniya Vest-Indiyadagi yeridan eng yirik Yamayka orolini qo’l’dan berib qo’ydi, bu orol Angliya qo’liga o’tib ketdi. Ispaniya Pioreneya yarim orolining o’zida yakson bo’li kerish xavfi ostida qoldi. 1640 yilda Portugaliya Ispaniyaning og’ir ahvolga tushib qolganidan foydalanib, undan ajralib chiqdi. O’sha yilning o’zida Katololiyada katta qo’zg’olon bolib, bu viloyatning ham Ispaniyadan ajralib ketishiga sal qoldi.
1647 yilda yuqorida aytilganidek, Sitsiliya bilan Neopolda Ispaniyaga qarshi jiddiy harakatlar yuz berdi. Ispaniya XVII asrning o’rtalarida nomigagina buyuk davlat bo’lib qolgan edi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə