O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


XVI - XVII asrlarda ispan madaniyati



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə140/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

4. XVI - XVII asrlarda ispan madaniyati.
XVI asrning boshlarida Ispaniyaning yirik imperiyaga aylanishi uning xalqaro madaniy aloqalarining birmuncha kengayishiga olib keldi. Asr boshlaridan Ispaniyada , ayniqsa Italiya Uyg’onish davri sanatiga qiziqish kuchaydi. XVI asr oxirlaridan Ispaniyada san’at gullab yashnay boshaladi va bu jarayon qariyib yuz yil davom etdi. Bu davr ispan madaniyatining “oltin asri” deb ataladi. Shu davrda mamlakatda ko’pgina istedodli yozuvchilar va rassamlar yetishdi.Rassomlarning Italiyaga o’qishga borishlari, ularning Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelanjelo ustaxonalarida saboq olishlari Ispaniyada san’atning rivojlanishiga asos bo’ldi.
Burjua Gollandiyasidan farq qilib, feodallar Ispaniyasida san’at asralarini buyurtma qiluvchilar asosan cherkov, qirol va zadogan feodallar edi. Shuning uchun diniy mavzudagi suratkar va zadoganlarning dabdabali portretlari Ispaniyada ko’proq edi. Shuning uchun diniy mavzudagi suratlar va zadoganlarning dabdabali potrretlari Ispaniyada ko’proq edi. Lekin xalq hayotini aks ettirgan asarlar ham yaratilardi.
Ispaniyada eng mashhur rassomlar qatorida El Greko (1541-1614 yillar) alohida o’rin tutadi. Rassomning asl ismi Dominikos Teotokopulos bo’lib, u Krit orolida tug’ilgan. U avval o’z yurtida ta;lim olgan, keyinchalik Venetsiuaga kelgan va rassom Titsian ustaxonasida ta’limni davom ettirgan. El Greko Ispaniyaga 1576 yil kelib, Toledo shahrida umrining oxirigacha yashab ijod qildi. U bir necha ibodatxonalarda rasm solishidantashqari bir qator portretlar ham yaratadi. “Apostollar Pyotr va Pavel”, “Baadagi xonim”, “Nino de Gevara”, “ Toledoning ko’rinishi” va boshqalar shuular jumlasidandir.
El Greko ijodi Yevropa badiiy madaniyatining ikki buyuk davri chegarasida turadi. U yuoshligida Italiyada so’nggi uyg’onish davri san’atining gullab yashnagan davri bo’ldi. Umrining oxirgi yillarida rassom yangi sa n’atning tug’ilishiga guvoh bo’ldi va unda ishritok qildi. El Grekoning o’ziga xos sa’nati XIX - XX asrlardagina mutaxassilar va keng jamoatchilik tomonidan yuksak baholandi. U Yevropaning buyuk rassomlari qatoridan o’zining faxrli o’rnini egalladi.
Ispaniyaning eng atoqli rassomlaridan biri Diego Velaskosdir..(1599-1660) u yoshligida xalq hayotiga doir voqealarni ishtiyoq bilan tasvirlardi. Keyinchalik Masdridga ko’chib kelgandan keyin Velaskos saroy rassomi bo’lib qoldi va qirq yilo shu lavo zimda ishladi.
Velaskos qirol, uning oila a’zolari va oliy martabali zadoganlarning dabdabali portretlarini chizishda buyutmachilarga aslo xushomadgo’ylik qilmasdi, ya’ni ularni o’zlari qanday bo’lsa, o’shanday qilib tasvirlar edi. Buyutmachilarning tashqi qiyofasini haqqoniy ravishda tasvirlab, u ularning xarakterini mo’yqalami bilan shavqarsiz suratda “ravshan ko’rsatib berardi”. Garchi rassom hech kimni fosh qilishga intilmagan bo’lsada, lekin u yolg’onchilikni, voqelikni bo’rttirib, bezab ko’rsatishni yoqtirmasdi. Uning chizgan suratlarida qirol irodasiz, bo’lmag’ur odam qilib tasvirlangan. Shunga qaramay qirol va zadoganlar o’z portretlaridan mamnun edilar, chunki, “tirik odamday qilib” tasvirlanganliklari ularga yoqardi.
Umrining oxirida yaratgan “Ip yigiruvchi ayollar” n omli suratda Velaskos yevropalik rassomlar orasida birinchilardan bo’lib ishchi xotin qizlarning - gilam to’quvchi ayollarning mehnatini tasvirladi.
Velaskosning asarlarida ispan rassomlik san’atining eng Yaxshi xusisiyatlari ayniqsa to’la aks etgan. Uning qabr toshiga “Haqiqat rassomiga “ degan so’zlar yozilgan.
Buyk ispan gumanist yozuvchisi Migel Servantes(1547-1616) qiyin hayot kechirdi. U kambag’allashib qolgan dvoryan oilasida tug’ildi. Sevantes universitetni tamomlab, tez orada askarlikka olndi. Turklar bilan bo’lgan dengiz jangida qattiq yarador bo’ldi. Servantes vataniga qaytib kelayotgan kemani dengiz qaroqchilari qo’lga tushirib, Jazoirga olib ketdilar. Bo’lg’usi yozuvchi besh yil asirlikda umr o’tkazdi. Bir necha marta asirlikdan qochishga harakat qildi, lekin bu urunishlari muvaffaqiyatsiz tugadi. Nihoya oilasi bor budini sotib, uni asirlikdan pul to’lab ozod qildi. Tirikchilik uchun pul topish maqsadida Servantes soliq yig’uvchi bo’lib ishlashga majbur bo’ldi. Ko’ngliga to’g’ri kelmagan, uni azoblagan bu xizmatda u xalqning hayotini bilib oldi.
Servantesning asosiy asari “Don Kixot ” romanidir, bu asar uni butun dunyoga mashhur qildi. Asarning qahramoni-kambag’allashib qolgan, ritsarlar haqidagi romanlarni ko’p o’qigan dvoryan xo’rlanganlar va mazlumlarni himoya qilish uchun safarga jo’naydi. Don Kixot odamlarning nuqsonlarini tuzatishga va tezlik bilan dunyoda adolat o’rnatishga intiladi. Beso’naqay, novcha va ozg’in Don Kixotning orqasidan doimo uning sodiq qurolbardori semiz, pakana Sancho Pansa ergashib yurardi. Lekin safarchi ritsarlarning zamoni o’tib ketgandi. Don Kixotning yarog’ aslahalari ota-bobolaridan qolgan qurollarning za ng bosgan sinir bo’laklari, jangovar oti-qirchang’i ot, qurolbardori esa-ayyor dehqon.
Roman qahramonlari tashqi tomondan bir-birlarining aksi bo’lsalar ham, lekin ko’p jihatdan bir-biriga o’xshaydilar. Ular qiyin ahvolga tushib qolganlarga yordam berishga tayyor, mehribon g’ayratli kishilar. Don Kixor Sanchoni, osonlik bilan boyib ketasan, degan puch va.dalar bilan safarlarga birga borishga ko’ndira oldi. Biroq aqlsiz Don Kixot odamlarga Yaxshilik qilaman deb ularfga ziyon yetkazadi. U shamol tegirmonini ulkan odamlar deb o’ylab, nayzasi bilan ularga marfdona hujjum qiladi, surgundagi kishilarni asirlikdagi ritsarlar bo’lsa kerak, deb ozod etadi, unga karvon saroy , qal’a, qo’ylar podasi esa dushman podasi bo’lib ko’rinadi.
Don Kixotni doimo la’natladilar va do’pposladilar, uni mazax qildilar va xo’rladilar. Lekin uning odamlarga bo’lgan muhabbati so’nmadi. Don Kixotning ta’siri ostida Sancho Pansa ham o’zgaradi. Bir badavlaat katta amaldor xazillashib uni orolga gu bernator iqlib taynlaganida bu savodsiz dehqon suddagi janjalli ishlarni oqilona va holisona hal qiladi.
Romanning birinchi tomi 1605 yilda, ikkinchi tomi 1615 yilda bosilib chiqdi. Servantesning dunyodagi yovuzlik va adolatsizlikka qarshi fidokorana kurashga chorlovchi romani turli mamlakatlardagi kishilarning sevimli asari bo’lib qoldi.
Ispaniyaning ikki mashhur dramaturgi - Lope de Vega (1562 1635) va Pedro Kalderon (1600-1681) asarlari butun dunyoga mashhur bo’lib ketdi. Lope de Vega ikik mingga yaqin pesa yozgan, shundan besh yuzga yaqini bizning zamonimizgacha yetib kelgan. Bu ikkila ispan dramaturgining eng Yaxshi komediyalari haligacha jahon sahnasiga qo’yilmoqda.
XVI asrdagi Ispaniyaning arxitektura sohasidagi katta yodgorliklaridan biri Eskurial monastir saroyidir. Madrid yaqinidagi filipp II qurdirgan bu saroy unga qarorgoh bo’lib xizmat qilgan. XVII asrda Eskurial milliy muzeyiga aylantirilib, ispan rassomchilik san’atining eng go’zal asarlari shu muzey zallarida to’plangan edi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə