O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti”ntm



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə1/34
tarix05.01.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#98256
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Махсус тарих фанлари мажмуаси


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
“MA‘MUN-UNIVERSITETI”NTM

Maxsus tarix fanlari” faninidan o’quv materiallari



Xiva -2022
1-mavzu: O‘zbekiston milliy universiteti: o‘zbekiston respublikasi oliy o‘quv yurtlarining tarix fakultetlari orasida O‘zMu tarix fakuletining o‘rni va ahamiyati
Reja:
1.O‘zbekiston milliy universitetining tarixi
2.O‘zbekiston respublikasi oliy o‘quv yurtlarining tarix fakultetlari orasida o‘zmu tarix fakuletining o‘rni va ahamiyati

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va etakchi bo‘lgan bu oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet bir asrlik faoliyati davomida yuz mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab, xalq xo‘jaligining barcha sohalarini etuk kadrlar bilan ta’minlashda yuksak xizmat qildi va ilm-fanning turli sohalarida jahon e’tirof etgan muvaffaqiyatlarga erishdi. 


Fan olamida ilmiy maktab yaratish o‘ta noyob va sharafli ishdir. Bu borada Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek kabi daholar asos solgan an’analari O‘zMU olimlari tomonidan munosib davom ettirildi. Mazkur ilm maskanida faoliyat ko‘rsatayotgan 50 ga yaqin ana shunday ilmiy maktablar jahon ilm ahlining yuksak e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Akademiklar Habib Abdullaev, Obid Sodiqov, Sa’di Sirojiddinov, Toshmuxammad Sarimsoqov, Jo‘ra Musaev, Maxmud Saloxiddinov, SHavkat Alimov, Azimboy Sadullaevlar asos solgan ilmiy maktablar shular jumlasidandir. 

Universitet atoqli olimlaridan 23 nafari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti va vitse-prezidenti etib saylanganlar, jami 107 nafar olimlar akademik darajasiga erishgan. Olima ayollardan 150 ga yaqini fan doktori ilmiy darajasi va professor unvonini olganlar. Bu maskanda ta’lim olgan ko‘plab bitiruvchilar xorijiy oliy ta’lim muassasalarida muvaffaqitli faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bunga yorqin misol – Isroildagi Xolon texnologiya instituti prezidenti Eduard YAkubov, AQSH Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ul xodimi doktor Amir Maxmudov, Kaliforniya davlat universiteti professsori Zoir Ibragimovlardir. 


Ushbu dorulfununda tahsil olgan ziyolilardan Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Said Axmad, Ozod SHarafiddinov, Turg‘un Azlarov, Suyuma G‘anieva “O‘zbekiston Qahramoni” oliy unvoniga, yuzlab professor-o‘qituvchilar “O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi” unvoniga, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni va boshqa mukofotlarga sazovor bo‘lganlar. SHu kunga qadar O‘zMU talabalaridan 30 nafardan ortig‘i Prezident stipendianti, 25 nafari Mirzo Ulug‘bek nomidagi va 30 nafardan ziyodi Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan. O‘nlab iqtidorli talabalar xalqaro fan olimpiadalari, sport musobaqalari g‘oliblari sifatida dunyoga dong taratdi. 


Bugungi kunda Milliy universitetda 29 nafar akademik, 150 dan ortiq fan doktori va professorlar, 400 dan ziyod fan nomzodi, falsafa doktori va dotsentlar faoliyat ko‘rsatmoqda, 200 dan ortiq yosh olimlar va 500 dan ziyod iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. 


Ulkan ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan O‘zMU respublikada tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Unda barcha universitetlar uchun Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari tayyorlanib, ta’lim jarayoniga tatbiq etilmoqda. 


Nazariy bilimlarni amaliyot bilan chambarchas bog‘lash uchun O‘zMUning 3 ta dala-amaliyot maydoni, 32 ta o‘quv-ilmiy laboratoriya, 3 ta o‘quv-ilmiy-tajriba markazi, 1 ta OTMlararo ilmiy laboratoriya va 2 ta noyob ob’ektning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. SHu bilan bir qatorda talaba-yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, grant tanlovlari va loyihalarida ishtirok etish, boshqa oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari uchun maqsadli ilmiy kadrlar tayyorlash ishlari izchil davom etmoqda. 


O‘zMU 32 ta rivojlangan davlatlarning 100 dan ortiq oliy ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qilmoqda. M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Seul Milliy universiteti, Kaliforniya davlat universiteti shular jumsidandir. 


Axborot-resurs markazi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan va internet tizimiga ulangan bo‘lib, kutubxona fondi 4 millionga yaqin adabiyotga ega. 2017 yil oktyabr oyida O‘zbekiston Milliy universitetida tashkil etilgan “CHingiz Aytmatov va O‘zbekiston” doimiy ekspozitsiyasi talabalarning ma’rifiy maskaniga aylangan. 


Turli hududlardan kelgan talabalar “Yoshlik” talabalar shaharchasidagi zamonaviy turar joylarda yashaydi, intellektual saviya va jismoniy madaniyatini oshirish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘ladi. 


Bir asrlik tarixga, boy an’analarga va innovatsion g‘oyalarga ega bo‘lgan O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi ilmu ma’rifat va ta’lim-tarbiya sohasidagi yutuqlarni yanada ko‘paytirish, Vatan ravnaqiga bundan ham munosib hissa qo‘shish uchun qat’iyat va shijoat bilan mehnat qilmoqda.


Bevosita O‘ZMU tarix fakuleti haqida to‘xtalishdan oldin eng avvalo O‘zbekiston Milliy Universitetining tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, u o‘tgan yillar mobaynida quyidagi nomlar bilan atalganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə