O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti”ntm



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə11/34
tarix05.01.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#98256
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Махсус тарих фанлари мажмуаси

O‘zbekiston tarixi kafedrasi
Tarix fakultetining O‘zbekiston tarixi kafedrasi 1935 yilda t.f.n. prof. K.E.Jitov rahbarligida tashkil topgan. O‘zbekiston tarixi kafedrasi 2011 yil 1 dekabrdan Tarix, 2014 yil fakultetlararo O‘zbekiston tarixi kafedrasi bilan birlashtirilgach, O‘zbekiston tarixi kafedrasi deb qayta nomlandi.
Kafedrada akad. A.R.Muxammadjonov, prof. Z.U.CHoriev, prof. V.L.Gentshke, prof. G.X.Xolliev, prof. A.A.Golovanov, prof. B.J.Eshov, prof. O‘.Mavlonovlar faoliyat olib borgan.
Hozirgi kunda kafedrada professor R.H.Murtazaeva, Ishanxodjaeva Z.R., Kobzeva O.P., dotsentlar Siddiqov R.B., Polvonov N.T., Odilov A.A., Inoyatova D.M., Xolikulov A.B., Doroshenko T.I., Atajanova S.M., Saipova K.D., katta o‘qituvchilar Xidirov A.M., Insopov A.A., o‘qituvchilar Akramova F.A., Tog‘aev J.E., O‘sarov U.A., Alimardonov O. faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra mudiri t.f.d. prof.v.b. YUnusova X.E. 
Kafedrada 5A120301 O‘zbekiston tarixi va 5A120303 Davlat boshqaruvi va mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv magistratura mutaxassisligi mavjud. 
Kafedra professor o‘qituvchilari tashabbusi bilan "Millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik" nomli ilmiy markaz tashkil etilgan.
Markaz rahbari - professor Murtazaeva Raxbarxon Xamidovna. 
Kafedraning professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi hukumati granti bo‘yicha innovatsion va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarida ham faol va unumli faoliyat yuritadilar. Kafedrada F. 1-32 O‘zbekiston tarixi fanidagi innovatsiyalarni oliy ta’lim tizimigi tatbiq etish mavzusida granti mavjud.Kafedrada OT-F1-109 O‘zbekistonda er-suv munosabatlari (qadimgi davrdan hozirgi kungacha) nomli, OT-F-1-88 raqamli O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida tolerantlik tamoyilining tutgan o‘rni (qadimgi davrdan to hozirgi vaqtga qadar) nomli va OT-EA-1-06 O‘zbekiston hududidagi qadimgi davr yodgorliklarining (ibodatxona, saroy va uy qo‘rg‘on) 3D (uch o‘lchamli) modellari to‘plamini yaratish mavzusida yoshlar granti mavjud.
Kafedraning umumiy ilmiy mavzusi O‘zbek davlatchiligi tarixi deb nomlanib, kafedra a’zolarining deyarli barchasi mazkur mavzu atrofida, xususan, qadimgi davrlardan tortib bugungi kunga qadar O‘rta Osiyo va O‘zbekiston xudularida o‘zbek davlatchiligi tarixi, dastlabki shaharsozlik, o‘zaro savdo-sotiq, madaniy aloqalar, Buyuk ipak yo‘li va jahon siviliza-siyasi tarixi, O‘rta Osiyolik allomalarning hayoti va faoliyati, Amir Temur davlati va unda davlat boshqaruv masalalari, o‘zbek xonliklari, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar, O‘rta Osiyo toponimlari, Rossiya imperiyasi va O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasidagi munosabatlar, Turkistonda sovet davlatining o‘rnatilishi tarixi, qatag‘onlar, quloqlashtirish siyosati, O‘zbekistonda sovet davlati yillarida, O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar tarixi, shuningdek mustaqillik yillari O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishi, milliy istiqlol g‘oyasi va uning jamiyat rivojida tutgan o‘rni, ta’lim tizimidagi islohotlar kabi mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari olib boradilar.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə