O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti”ntm



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə12/34
tarix05.01.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#98256
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Махсус тарих фанлари мажмуаси

Jahon tarixi kafedrasi 1935 yilda Tarix fakulteti qayta tashkil etilgandan keyin YAngi va eng yangi tarix kafedrasi nomi bilan o‘z faoliyatini boshlagan. Fakultetning Qadimgi dunyo va o‘rta asrlar tarixi, Evroosiyo tarixi, Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixi hamda YAngi va eng yangi tarix kafedralari birlashishi natijasida kafedra 1998 yildan Jahon (Umumiy) tarix nomi bilan atala boshlandi. Hozirgi kunda t.f.n. dotsent Dilshod Jamoliddinovich Urakov kafedraga rahbarlik qilmoqda. 
Kafedrada 3000 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlangan, ulardan 20 dan ortiq fan doktori, 180 dan ortiq fan nomzodi ilmiy darajasiga erishdilar.
Kafedrada Respublikaga taniqli olim professorlardan G.A. Xidoyatov, T.S. Sattorov, T.K.Xodjaev, R.F.Farmonov, G‘.A.Axmedjonov, A.M.Matveev, X.G‘. Gulomovlar faoliyat ko‘rsatgan.
Kafedrada hozirda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar: D.J.Urakov, A.G.Xolliev, S.I.Gabrielyan, R.N.Tursunov, O.A.Maxmudov, A.A.Razakov, A.A.Biykuziev, B.B.Xaynazarov, R.Djuraev.
Kafedrada hozirgi kunda 5A120302-Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanib kelinmoqda. Kafedraning olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari Jahon tarixini o‘rganish va o‘qitishning dolzarb muammolari mavzusi bilan bog‘liqdir. Ushbu mavzu doirasida ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar tayyorlanmoqda va nashr qilinmoqda.Kafedraning professor-o‘qituvchilari Evropa va Osiyoning etakchi universitetlarida (Germaniyaning Bilefeld universitetida, Angliyaning Ekseter universitetida, Hindistonning Ta’limni tashkil etish va boshqarish Milliy universitetida, Rossiyaning Moskva davlat universitetida) malakasini oshirgan.
Mazkur kafedra universitetning tarix fakulteti tarkibida 1991 yilda tashkil topgan va dastlab unga Manbashunoslik, arxivshunoslik va muzeyshunoslik kafedrasi degan nom berilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalarga manbashunoslik, arxivshunoslik va maxsus tarix fanlarining nazariy va amaliy masalalari bo‘yicha dars o‘tib kelmoqdalar, bevosita respublika arxivlari, muzeylari va SHarq qo‘lyozmalari fondlarida amaliyot darslari o‘tiladi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə