O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti”ntm


MUSTAQIL O‘ZBEKISTONDA ARXIV ISHI



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə20/34
tarix05.01.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#98256
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
Махсус тарих фанлари мажмуаси

6. MUSTAQIL O‘ZBEKISTONDA ARXIV ISHI.
O‘zbek xalqining mustaqillikka erishishi, bozor munosabatlariga o‘tishi jamiyatimizning barcha sohalarida, jumladan madaniy merosni tiklash, tarix, arxivshunoslik fanlarini rivojlantirish sohalarida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keldi.
Bozor munosabatlariga o‘tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tufayli qator davlat sanoat korxonalari, transport va qurilish, maishiy xizmat va savlo korxonalari xususiylashtirildi, mulkdorlar sinfi shakllantirila boshlandi. Nodavlat sanoat, qurilish korxonalari, fermer xo‘jaliklari, kasaba uyushmalari, xayriya va boshqa jamkarmalari, siyosiy partiyalar va harakatlar, diniy tashkilotlar arxiv fondlari va arxiv hujjatlari nodavlat arxiv fondini tashkil qildi. Davlat va nodavlat arxiv fondlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (O‘zR MAF)ga aylaitirildi.
O‘zR Milliy arxnv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘gkazish va hujjatlar zgasiga, tashkilop-a maxsus guvohnoma berish joriy etildi. Davlat arxivlarining pulli xizmat ko‘rsatishi kengaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotlarning shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlari saqpanishini ta’minlash maqsadida respublika shaharlari va tumznlari hokimliklari tomonidan shaxsiy tarkib bo‘yicha idoralararo arxivlar soni kengaytirildn.
Bu arxialar maxsus (byudjetdan tashqari) mablag‘lar hisobiga tashkil qilinadi. Ular fuqarolarni ijtimoiy - huquqiy so‘rovlarini bajarishda, shahar va tumanlarda arxiv ishiniig umumiy axvolini yaxshilashda muhim rol o‘ynay boshladilar.
Mustaqillik sharoitida «O‘zarxiv» agentligi tomonidan arxiv ishining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va rivojlantirishning kompleks dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Bu dasturlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan va besh yilga mo‘ljallangan: hujjatlarni idoraviy saqlovini ta’minlash, ularning davlat hisobn va ilmiy-ma’lumot apparatini takomillashtirish, arxiv hujjatlaridan foydalanishni jadallashtirish.
1996 yilda «O‘zarxiv» agentligi O‘zbekiston Respublikasida arxiv shpiii 2000 yilgacha rivojlantirish Konnepsiyasini ishlab chiqdi. Bu konsepsiya davlat arxiv xizmati faoliyatining metodologik harakat dasturi edi. U jamiyatni va davlatni axborot bilan ta’minlashdagi imkoniyatlarni kengaytirish, jamiyatning hujjatli yodgorliklarini saqlashdagi rolini ortirishga qaratilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati arxiv ishi bo‘yicha qonun va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqdi. 1999 yil 15 - aprelda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Arxivlar to‘g‘risida» qonun va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1999 yil 30- oktyabrda «Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiklash to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv foidi to‘g‘risida Nizom», «O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi», «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi («o‘-)bosharxiv») to‘g‘risida Nizom», «O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokichiyati va boshqaruvi organlari. korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy arxiv to‘g‘risida Namunaviy nizom» tasdiqlandi. Bu hujjatlar respublika arxiv idoralarini mustaqilligini, erkin.chigini qonuniy yo‘l bilan rasmiylashtirdi. G.u hujjatlar asosida arxiv idoralari sovet tuzimi davridagidek ittifoq arxiv organlari aralashuvi, rahbarligi bilan , endi mustaqil O‘ebekistonda arxiv ishiga erkin rahnamolik qilmokda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasn arxlv ishini boshqarishni yanala takomillashtirish to‘g‘risidaigi qaroriga ko‘ra «O‘zbosharxiv» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentlshiga aylantirildi. Joylarda hokimliklar arxiv bo‘limlari o‘rnsha Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tashkil qilindi. Hududiy organlarning boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarn bilan kelishuv bo‘yicha «O‘zarxiv» agentligi Bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bo‘ldi. Ilgari arxiv bo‘limi mudirlari hokimlar tomonidan tayinlanardi va ozol qilinardi.
O‘zbekistonda bozor munosabatlarnga o‘tish jarayonida ko‘plab xususiy, nodavlat tashkshyutlar, korxonalar va ularning arxiv fondlari eujudga keldi. Nodavlat tashkilotlar idoraviy arxivi uyaarning mulki hisoblanadi. SHuning bilan birga 1999 yil 30- oktyabrda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risidati Nizomda «Nodavlat yuridik ea jismoniy shaxslar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini saqlash maqsadida tashkil etilgan arxivlarda yoki korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashma-larning tarkibiy buliimalarida doimiy saqlashni ta’minlaydilar. Doimny muddatda saqlanadigan hujjatlar va shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar (mehnat staji, ish haqi, o‘qish, mukofotlash va bosh^alzr to‘g‘risidagi hujjatlar) O‘zbeknston Respublikasi-Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi organlari va muassasalari roziligini olmasdan nodavlat va yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘q qilinishi mumkin emas», deb uqtirilgan. O‘zR MAF to‘g‘risidagi Nizomga biloan iodavlat yuridik, jismoniy shax^lar o‘z hujjatlarini davlat mulki qilib daalat arxivlari, muzeylar aa kutubxonalarda saqlashga berishlari mumkin. Nodavlat tashkilotlar yoki shaxsiy arxiv egasi vafot ztganda, vorislar va qonuniy merosxo‘rlar bo‘lmaganda, ularning hujjatlari davlat mulkiga o‘tkazilib, doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi. Davlat arxivlari xujjatlarni butlash, saqlash, foydalanish ishlariga metodik yordam beradi va hujjatlarga ilmiy-texnik ishlov berish, ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarpi ishlab chiqish, Yig‘majildlarni ta’mirlash va muqovalash yuzasidan pullik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin,
Mustaqillik yillari davlat arxiv muassasalari idoraviy arxivlar hujjatlari saqlovini ta’minlash, ish yuritishni tashkil qilish borasida samarali ishlarni amalga oshirdi. O‘lar o‘z faoliyatini 1990 yil 28- iyunda «O‘zbosharxiv» qarori bilan tasdiqlangan «DAF hujjatlari idoraeiy saqlovining ta’minlashni asosiy yo‘nalishlari (1990-1995yillar)ning amalga oshirishni tashkiliy-metodik tadbir-lari rejasi» asosida amalga oshirdilar. Unda arxiv tashkilotlari respublika vazirliklari va idoralari bilan birgalikda DAF hujjatlari idoraviy saqlovini takomillashtirish, ular tarkibini nxshilash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni kadrlar bilan ta’minlash, idoraviy arxivlar bilan ishlash bo‘yicha me’yoriy-metodnk qo‘llanmalar tayyorlash va boshqa tadbirlarni amapga oshirish iazarda tutilgan edi. Eu tadbirlarning bajarapishi muassasa, tashkilot va korxonapar idoraviy arxia hujjatlari saqlovini yanada yaxshilanishiga imkon berdi.
SHahar va tuman hokimiyatlari qoshidagi shaxsiy trkib bo‘yicha idoralararo arxivlar tarmog‘i birmuicha kengaydi. 1995 yilda 1990 yilga nisbatan bunday arxivlarning soni 13 taga ko‘iaydi va 1995 yilda ularning soni 91 tani tashkil qildi. Bu arxivlar shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjaglar saduyuvini va fuqarolarga ijtimoiy - huquqiy ma’lumotnoma berishni yaxoshladi.
1990-1995- yillarda davlat arxivlari idoraviy arxivlarda 115 ta kompleks, 1378 ta maazu bo‘yicha, 1705 ta nazorat qilish maqsadida tekshirish o‘tkazdi. SHu bilan birga arxiv tashkilotlari respublikaning ayrim idoralari tarmoklarida kompleks tekshiruvlar o‘tkazdilar. Masalan, 1991-1995 yillarda quyidagi idoralar tarmoqlari kompleks tekshirildi: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy statistik qo‘mitasn (1991y), Mahalliy sanoat vazirligi (1992y), "O‘zsanoatfuqaroqurilish" korporatsiyasi (1993 y.), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1994 y.), Sog‘likni saqlash vazirligi (1995 y.) va hokazolar.
O‘zbekiston davlach- sanoat va fuqarolar qurilnshi korporatsiya-sining kompleks tekshirilishi natijasida 31 ta arxiv tashkilotlari nazoratidagi muassasalarda 26 tasi binolar bilan taminlanganliklari, ulardan 20 tasi stellajlar bilan jihozlanganligi aniqlandi. 31ta tashkilotdan 17 tasining ish yuritish bo‘yscha yo‘riqnomasi, 58 % muassasalarda yig‘ma jildlar nomenklaturasi bo‘lgan.
SHuning bilan birga, ushbu korporatsiya tizimidagi idoraviy arxivlarda hujjatlar saqlovini ta’minlash va ish yuritishpi tashkil qilishda ayrim kamchiliklar borligi aniqlandi. Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomalar va yig‘ma jildlar nomenklaturasi barcha muassasa va korxonalarda bo‘lmagan va joriy qilinmagan. Faqat 3 ta muassasa shtatida arxiv xodimi bo‘lib, 5ta muassasada arxivga mas’ul shaxs buyruq bilan tayinlanmagan edi. Hujjatlarni tartibga solish, ularni davlat saqloviga tayyorlash va topshirish etarli darajada uyushtirilgan emas edi. Korporatsiya tizimi bo‘yicha doimiy saqlanadigan 5,1 ming yig‘majild, shaxsiy tarkib bo‘yicha 9,3 miig yig‘ma jild tartibga solinmagan va 3,2 ming muddati o‘tgan yig‘majildlar saqlanmoqda edi. Ko‘pchilik muassasalarda doimiy ishlaydigan ekspert komissiyasini tashkchl qilinmagan va ular to‘g‘risida nizomlar ishlab chiqilmagan edi.
Boshqa kompleks tekshirilgan idoralar tizimida ham idoraviy arxivlarda hujjatlar saqlovi va ish yuritishni tashkil qilinishi yuqorida bayoi etilgan tizimdagiga o‘xshagan holatlar uchratilli.
Arxiv tashkilotlari nazoratidagi muassasalarga ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma, yig‘majildlar nomenklaturasi, ekspertiza komissiyasi va idoraviy arxiv to‘g‘risidagi nizomlar ishlab chiqishga metodik va amaliy yordam ko‘rsatdilar.
1996 yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi muassasalarida arxiv hujjatlarining idoraviy saqlovi va ish yuritishni tashkil etilishi ahvoli o‘rganildi- Ish yuritishda asosiy me’yoriy hujjat hisoblangan ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma vazirlik tizimida mavjud bo‘lgan 1763ta tashkilotning 585tasidagina (33 %) ishlab chiqilgan. Buning ustiga bir qator idoralarda ish yuritish bo‘yicha guzilgan yo‘riqnomalarga qo‘shimcha aniqlik kiritilishi va arxiv muassasalari bilan kelishishni talab qilardi.
Vazirlik tizimi tashkilotlarining yig‘majildlar nomenklaturasi bilan ta’minlanishi 65 %ni tashkil qilgan. Xolbuki, hujjatlarni qidirish, indekslashii o‘tkazish, yishajildla ijro etilgan x,ujjatlarni to‘plashda yig‘ma jildlar nomenklaturasi odatdagi ish yuritishda asosly hujjat hisoblanadi.
Idoraviy arxivlar to‘g‘risidagi nizomlar ushbu tizimning 558ta gashkilotlaridagi mavjud edi. Bu 31 % ni tashkil qilardi.
Tekshirilgan davrda tizimning davlat arxivlari nazoratdagi 1763ta tashkilotidagina 750 nafar ish yuritish xodimi va 107 nafar arxia xodimi Xizmat qilgan.
Vazirlik tizimidagi (333ta (75%) muassasa va tashkilotlar arxiv uchun ajratilgan xonalarga ega bo‘lgan. qolgan 25 % idoralarda esa arxiv hujjatlari duch kelgan joylarda yotgai.
Tizim bo‘yicha arxiv muassasalari nazoratidagi 1763ta muassasaning 838 tasida ekspsrg komissiyasi tuzilgan, shulardan 554tasi o‘zining nizomiga ega bo‘lgan. Tizim muassasalarida tegishli davlat arxivlariga topshirilishi lozim bo‘lgan 78-164 yig‘majilddan iborat hujjatlar bepgilangan muddatdan ortiq saqlanayottan edi. Qishloq xo‘jaligi muassasalarining idoraviy arxivlarda doimiy saqlanishga molik 157610 yig‘ma jild saqlanayotgan bo‘lib, shulardan qariyb 38 mingtasi tartibga keltirilmagan.
Arxiv tashkilotlarining harakati tufayli 1995 yilda respublika bo‘yicha 61,5% idoraviy arxivlar hujjatlar saqlaydngan joylar bilan, 67,7% davlat arxivlari nazorat qiladigan muassasalar yig‘majildlar nomenklaturasi bilan ta’minlanganligi malum bo‘ldi.
Davlat arxivlarida saqlanishi lozim bo‘lgan ^ujjatlar saqlovini ta’minlashning ishonchli garovi-bu idoraviy arxivlarda saqlanayotgan hujjatli matsriallarni tartib!^ solish va ularni davlat arxivlariga qabul qilish hisoblanadi. Lekin 1996 yil 1 - yanvarda idoraviy arxivlarda 1 millionaan ortiq doimiy muddatda saqlanadigan va 0,5 millionga yaqin idoraviy arxivda saqlash muddati tugagan, ya’ni davlat arxiviga qabul qilinadigan hujjatlar saqlanardi. Davlat arxivlarida bo‘sh joy bo‘lmaganligi uchui idoraviy arxivlardagi hujjatlarni qabul qilish imkoniyati bo‘lmagan.
Davlat arxiv fonli hujjatlari saqlovini ta’minlashning jiddiy muammosi davlat va idoraviy arxivlarda hujjatlar saqlaydigan joylarniig etishmasligi edi. 1996 yil 1- yanvarda respublikada faqat 9 ta davlat arxivlari uchun quri.chgan bino mavjud bo‘lgan. 68 ta davlat arxivlarining binolari hujjatlar saqlash uchun moslashtirnlgan binolar bo‘lib, ularni ko‘pchiligi hujjatlar bilan to‘lgan va idoravky arxivlardan davlat saqlovi uchun hujjatlar qabul qila olmas edi. Arxivlarning rejali butlashni ta’minlash uchun respublika bo‘yicha 1,5 millioidan ortiq yig‘majildlar saqlanadngan joylar qurib foydala-nishga topsshrish lozim edi.
Rsspublika davlat arxivlarida hujjatli axborotlar bilan ta’minlash uchun O‘zR Milliy arxiv fondi (MAF) tarkibi va mazmuni to‘g‘risida ilmiy-ma’lumot apparati (IMA) barpo qilindi. Davlat arxivlarmniig IMA tarkibiga quyidagi ma’lumotnomalar kiradi: 1) arxiv ro‘yxatn (olisi); 2) arxiv bo‘yicha ko‘rsatgich (putevoditel’); 3) viloyat arxivi bo‘yicha qisqacha ma’lumotnoma; 4) fondlar katalogi; 5) tiznmli, ismli, mavzuli kataloglar; 6) fondlar va mavzular bo‘yicha sharhlar. Viloyat davlat arxivlari filiallarida fondlar katalogi va ro‘yxatlar. viloyat davlat arxivlarida bulardan tashqari arxiv fondlarp bo‘yicha qisqacha ma’lumotnoma va tizimli katalog. Markaziy davlat arxivlarida IMAnint barcha gurlari albatga bo‘lishi kerak. Ayrim arxivlar doirasidagi IMA dan tashqari respublika va viloyat doirasida ham IMA bo‘ladi. «O‘zarxiv» agentligida respublika fondlar katalogi. Arxiv ishi hududiy boshqarmalarida fondlar katalogi bor. Bu barcha ma’lumotnomalar garixchilar, tadqiqotchilar uchun ochiadir. Ular tadqiqotchilarga O‘zR MAF tarkibi va mazmuni xyaqida zarur bo‘lgan ma’lumotlar beradi.
Mustaqil O‘zbeknston sharoitida arxiv tashkilotlari IMA ni takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturni amapga oshirlilar. «1989-1995 yillarda DAF hujjatlarining davlat hisobi va IMA ni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi arxiv muassasalarining tshkiliy - metodik rejasini bajara borib. arxiv tashkilotlari arxiv hujjatlari IMAni takomillashtirishda ma’lum darajada yutuqlarga erishdi.
1989-1995 yillarda 404368 yig‘majildlardan iborat arxiv ro‘yxatlari takomillashtirildi va qayta ishlandi. Ularni takomillash-tirish jarayonida yikmajildlar sarlaahalari tahrir qilindi, ro‘yxatlarga mundarija, kirish so‘zi va ko‘rsatgichlar tuzildi. 152 mnng boshqaruv hujjatlari yig‘majildlari, 6 ming ilmiy - texnik hujjatlar yig‘majildlari, 227 kinohujjatlar saqlov birligi, 49 ming fotohujjatlar va 4,1 mint fonoadjjatlar saqlov birligi kataloglashtirildi. Maazular bo‘yicha kataloglar uchun 375 miig kartochka tuzildi aa yataloglarga qo‘shildi. Davlat arxivlari fondlar tarkibi va mazmuni haqida 5 ta ma’lumotnoma chop etdilar, jumladai O‘zbekiston Respublikasi kino-foto-fonohujjatlar markaziy davlat arxivining ko‘rsatgichi, O‘zbekisgon Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi ko‘rsatgichi.
Mustaqillik tufayli respublikamiz, xalqymiz tarixiga qiziqish ksskin ortdi. SHu munosabat bilan davlat arxivlarining xalqning arxiv hujjatlariga bo‘lgan talabini qondirishga qaratilgak axborot faoliyati ahamiyati o‘smoqda.
Mustaqillik sharoitida O‘zR MAF hujjatlaridan g‘oyaviy. ijtimoiy-madaniy, o‘quv-pedagogik, tarbiyaviy maqsadlarda, shuningdek fuqarolarning ijtimoiy - huquqiy talablarini qondirish uchun foydapanish ancha faollashdi. Respublika, viloyatlar, shaharlar, tumanlar tyarixiga oid, ayrim tarixiy shaxslar hayoti va faoliyatn, jamiyat hastida arxivlarning ahamiyagi to‘g‘risila fotohujjatlar bilan bezatilgan va maemunli maqolalar, hujjatlar to‘plamlari e’lon
1941-1945 yillarda fashizm ustidan qozonilgan galabaning 50 yilligini tayyorlash va o‘tkazish munosabati bilan urush yillarida viloyat davlat arxivlari mehnatkashlarning fashizm ustidzn qozonilgan g‘alabaga qo‘shgai hissasi to‘g‘risida risolalar chop etdilar. Masalan, «Samarqand-frontga», «Qashqadaryo-frontga» va boshqalar nashr etildi. Har yili gazeta va jurnallarda yuzlab maqolalar eadoya qilindi. o‘nlab ko‘rgazmalar tashkil qilindn, teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar berildi. 1999 yilda respublika arxiv tashkilotlari davriy matbuotda 205 ta maqola e’lon qildilar, 83 ta arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi, 35 ta tsleko‘rsatuv va radioeshttirish tashxnl qildilar.
Juda ko‘p ijtimoiy-huquqiy va mavchu bo‘yicha so‘rovlar bajarildi. Respublikaarxivtashkilotlari 1991-1993 yillar mobaynida fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy xususdagi 46 .ching so‘rovini bajardi. Daalat arxnvlariga kelgan fuqarolar so‘rovlari yildan-yilga ortib bordi. Masalan, 1991 ynlda 15 mingga yaqin so‘rovlar bajarilgan bo‘lsa, 1992 yilda 18 mingdai ortiq va 1993 yilning birinchi yarmida 12,5 mingso‘rov bajarildi.
1994-1995- yillarda respublika arxiv tashkilotlari 50 miigdan ortiq fuqarolar so‘rovlari bajarilgan bo‘lsa, ulardan 32 mingdan ko‘piga ijobiy javoblar berilgan. Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari nafaqaxo‘rlarga imtiyozlar bergani munosabati bilan urush yillaridagi ish stajini va medal bilan mukofotlaiganligi, polyak, yahudiy, koreets va boshqalarning evakuatsiyasi go‘g‘risidagi so‘rovlar ko‘paydi.
Respublikganing bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida ko‘pchilik dav^lat arxivlari fuqarolar so‘rovinn shoshilinch (muddatidan oldin) bajarganligi uchun pullik xizmat ko‘rsatgan. «O‘zarxiv» agentligi davlat arxivlari tomonidan bepul bajarilaligan so‘rovlar ro‘yxatii tasdiq — ladi. Bu ro‘yxatga ish staji, urushda ishtiroki, urush yillari medal bilan taqdirlangailigi, qatag‘on qilinpshligi to‘g‘risidagi so‘rovlar kiritilgan edi. So‘rovlarning boshqa turlari pullik bajarilgan.
O‘zbekiston arxiv tashkilotlari faoliyatning asosiy yo‘nalish-laridan yanabiri tarixiy hujjatlarni e’lon qilish hisoblanadi. Lekin bozor munosabatlari sharoitida arxiv tashkilotlari nashriyot bazasi, qog‘oz va mablag‘ yo‘qligi tufayli hujjatlar to‘plamlari chop echish imkoniyatlari bo‘lmadi. Tarix ixgisosligidagi manfaatdor tashkilotlarni, shuningdek sponsorlarni qidirish borasadagi urinishlar muvaffaqiyat bilan tugallanmadi. Arxiv tashkilotlarining ilmiy-tadqiqot ishlari ham shu ahvolda qoldi.
Bozor munosabatlariga o‘gish sharoitida iqtisodiy islohotlar jarayonida arxiv tashkilotlarida xo‘jalik yuritishning iqtisodiy usullarini joriy qilish va rivojlantirish yuz bermokda. Respublika arxiv ishini rivojlantirnsh fondining asosiy qismini bundan keyin ham davlat byudjeti mablag‘lari tashkil etadi.
SHuning bilan birga, yangicha xo‘jalik yuritish usuliga o‘tish arxivlarga tashkilot va korxonalar, jamiyat va kooperativ, ijodiy muassasalar hamda aholiga tartnoma asosida pulli xizmat ko‘rsatishni kengaytirish hisobiga byudjetdan tashkdri moliyalashtirish manbalari-ning topish imkoniyatini berdi.
Davlat arxivlarini shargnoma asosida bajaradigan pullik xizmag ishlari turlari quyidagilardan iborat:
1.Vazirlik, idora va boshqalarga yikmajildlar nomenklaturasini ishlab chiqishda, ish yuritishni tashkil qilishda metodik va amaliy yordam ko‘rsatish.
2.Hujjatlarni tanlab olish va tartibga solish, jumladan shaxsiy arxivlarda ham shunday ishlar amalga oshirilishi mumkin.
3.Mavzuli so‘rovlarni, shuningdek mulkdorlik huquqi to‘trisida. sulolaviy xususdagi so‘rovlarni bajarish.
4.Tashkilotlarni axborot bilan ta’minlash.
5.O‘quv yurtlari, ijodiy muassasalar va boshqa tashkilotlar buyurtmasn bilan hujjatlar to‘plamlari, hujjatlar ko‘rgazmalari, ekskursiyalar tayyorlash.
Davlat arxivlari rahbarlari ish haqi jamg‘armasidan iqtisod qilingan, pullik xizmat va shartnoma asosida topilgan qo‘shimcha daromadlar asosida xizmatchnlarini iqtisodiy rag‘batlantirish (oylikka qo‘shimcha haq qo‘shib berish, mukofotlash) huquqiga ega bo‘ldilar. 1999 yilda respublika arxiv tashkilotlari pullik xizmat hisobiga 47,5 million so‘m daromad qildilar. Arxiv tashkilotlari pulli xizmatda! olingan daromaddai xizmatchilarni mukofotlash, ularga qimmatli sovg‘alar taqdim etish va sog‘lomlashtirish gadbirlarini amalgl oshirdilar.
Mustaqillik sharoitida arxiv ishini boshqaruv davlat organi O‘zbekmston Vaznrlar Mahkamasi huchuridagi "O‘zarxiv" agentligi hisoblanadi. Uiing tnzimiga Qoraqalpog‘istoi Respublikasn, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari, ularning qaramog‘idagi davlat arxivlari (ulariing filiallari) hamda markaziy davlat arxivlari kiradi.
YUqorida qayd etilgan arxiv tashkilotlariga arxivlarni butlai!, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hisoblangan respublika xalqlarining o‘tmish tarixi to‘g‘risidagi hujjatli yodgorliklarni jamiyat va fuqarolar manfaati uchun saqlash va foydalayaish kabi davlat majburkyatlari yuklangan.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 80dan ortiq davlat arxialari bo‘lib, ularda 6 mln. Yig‘ma jildlardan iborat hujjatlar asrab-avaylab saqlanmoqda. Bu hujjatlardan tarixchilar, tadqiqotchilar, talabalar va boshqa mutaxassislar ilmiy, madaniy-ma’rifiy ishlarda keng foydalanmoqda.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə