O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti”ntm


-MAVZU: KUTUBXONASHUNOSLIK VA BIBLIOGRAFIYA ASOSLARI HAMDA ULARNING TARIXCHINING ISH SOHASIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə22/34
tarix05.01.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#98256
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Махсус тарих фанлари мажмуаси

6 -MAVZU: KUTUBXONASHUNOSLIK VA BIBLIOGRAFIYA ASOSLARI HAMDA ULARNING TARIXCHINING ISH SOHASIDAGI AHAMIYATI

REJA:
1.TARIXCHI MUTAXASSISLARNING ISH SOHASIDA KUTUBXONALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
2. KUTUBXONALARNING JAMIYAT HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI
ADABIYOTLAR:

  1. F.Abdullaev “Kutubxonashunoslik asoslari”, T,1988 yil.

  2. M.Matyoqubova “Xiva xonligida kitobat”, T,2009 yil.

  3. X.Aminov, N.Polvonov “Feruzxon fehristi”, T, 2009 yil.

Insoniyat tarixi kurashlardan, aql va ma’rifatning rivojidan, uning nodonlik ustidan g‘alabasidan, yaxshilik va yomonlikning kurashidan iborat. Insoniyat doimo muntazam taraqqiyot yo‘lidan borgan. Inson tafakkurini o‘zida aks ettirib, saqlab kelayotgan ijtimoiy xotira shu taraqqiyot negizini tashkil etadi. Ijtimoiy xotira insoniyat taraqqiyotining hamma davrlarida biron-bir axborotni yoki ma’lumotni qaerdadir qayd etish, ro‘yxatga olish, saqlash, qayta ishlov berish, kimgadir, avloddan avlodga etkazishning o‘sha davrga xos shakllaridan iborat bo‘lgan. Bu shakllar ma’lum bir sifatga, qiyofaga yoki vositalarga ega bo‘lgan. Jamiyatlar taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida tilning paydo bo‘lishi dastlabki tajribalarni o‘zlashtirib, tahlil qilib, mehnat qurollarini takomillashtirish, ulardan foydalanish jarayonlarida ko‘zga tashlangan. Eng muhim belgilar tuzilmasidan iborat yozuvning paydo bo‘lishi esa fikrlarni uzoq vaqt davomida saqlab qolish, bir kishidan ikkinchi kishiga etkazish, avloddan avlodga etkazish imkonini kengaytirdi. Avval xalq og‘zaki ijodi ko‘rinishida, keyinchalik yozma shaklda paydo bo‘lgan ma’lumotlar almashinuvi og‘zaki va yozma adabiyotning paydo bo‘lishiga olib keldi. Natijada, avval og‘zaki ko‘rinishdagi matnlar yozma shaklga aylandi. Insoniyat tomonidan yaratilgan ikkinchi kashfiyot – kitob yuzaga keldi va hamma bilim sohasida adabiyotning mavjudlik shakllariga aylandi. Davrlar davomida kitobning shakl-shamoyili, sifati, bezatilishi, tashqi ko‘rinishi, ishlab chiqarilishi takomillashib bordi. Antik davrda o‘rama kitoblar shakllangan bo‘lsa, keyinchalik eramizning IV asriga kelib, muqovaga ega qo‘lyozma kitoblar paydo bo‘ldi. XV asrga kelib esa qo‘lyozmalarni qo‘lda ko‘chirib yozishdan kitob chop etishga o‘tildi. XX asr oxiriga kelib esa ilg‘or mamlakatlarda elektron shakldagi kitoblar yuzaga keldi. Ammo har qanday shaklda bo‘lmasin, kitobning mohiyati o‘zgarmaydi. Qo‘lyozma holida ham, matbaa holida va elektron shaklda ham kitob o‘zining tub mohiyatini, ahamiyatini yo‘qotmaydi, uning o‘rnini boshqa narsa egallay olmaydi. Kitob insoniyat va jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismi bo‘lib, insoniyat taraqqiyotining hamma davrlarida kishilarni tarbiyalash, ularning aqliy rivojlanish vositasi bo‘lib keldi. Kitob barcha sohaga oid bilimlarni to‘plash, saqlash usuli sifatida ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishda, barcha formatsiyalarning almashinuvida va taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Inson O‘zbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan ko‘rsatilishi shart! | 2 tafakkurining rivojlanishida kitob va yozuv doimo hamroh bo‘lgan. Ba’zi madaniyat va ma’rifat shakllari og‘zaki aloqa munosabatlariga asoslangan bo‘lsa-da, yozuv paydo bo‘lgandan so‘nggina hozirgi kungacha etib keldi va voqelikka aylandi. Insoniyat yaratgan muomala vositalari ichida eng ishonchlisi, eng qulayi kitobdir. Barkamol inson tarbiyasi, odamlar ma’naviyati, madaniyati, odob-axloqi, bilim saviyasi, jamiyatda o‘ziga xos o‘rinni egallashi faqat kitobdan olgan bilimiga bog‘liq, chunki u inson aql-zakovati va bilimlarini saqlash hamda keng yoyishning eng mukammal qurolidir. Kitob kishilarga insoniyat erishgan yutuqlarni bilish imkonini beradi, xalqlar o‘rtasidagi munosabatni, hamjihatlikni, o‘zaro mehr-oqibatni tiklaydi. Dunyoda tinchlikni o‘rnatishga, mustahkamlashga xizmat qiladi. Insoniyat yaratgan yozuvlar, kitoblar bo‘lmaganda odamzod o‘zining o‘tmishini, bilim, donolik va hikmatlarini ham bilmagan, ilm-fanni ham taraqqiy ettira olmagan bo‘lardi. Jami ixtirolar, kashfiyotlar, taraqqiyot darajasi ham kitoblar tufaylidir. “Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir”, degan edi nemis yozuvchisi S. Sveyg. Kitoblar barcha zamonlar uchun eng zarur narsa, qalblar malhami, bilimlar xazinasi, donishmandlik chashmasi bo‘lgan va bo‘lib qolaveradi. Kitoblar tufayli qadim davrlardagi kutubxonalar, ulardagi fondning mazmuni, katalog va kartotekalar tizimi, kutubxona xizmati ko‘rsatishning sifati haqidagi ma’lumotlarni bilish bilan o‘sha davr kishilarining qiziqishlari, intilishlari, hayot darajasi haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Eramizdan avvalgi asrlarda kutubxonalarning sopol taxtachalarda bitilgan qo‘lyozma boyliklari Ossuriya-Bobil madaniyatini tushunishga yo‘l ochib berdi. Boshqa topilmalar kabi Mesopotamiyaning qadimgi madaniyati tarixini, uning yozuvi, saroy, cherkov va boshqa kutubxonalari sirlarini ochishga yordam qildi. Ular sababli bizgacha etib kelgan juda ko‘p turk, fors, arab tillaridagi qo‘lyozma kitoblar, tarixiy shaxslar haqidagi adabiy manbalar jonli guvohligida O‘rta Osiyoning qadimgi sulolaviy kitob fondlari, masjid va madrasalarning kutubxonalari, shaxsiy kitob to‘plamlari bo‘lganligidan xabardor bo‘lamiz. Somoniylar, xorazmshohlar, qoraxoniylar va mo‘g‘ullarning O‘rta Osiyoga bostirib O‘zbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan ko‘rsatilishi shart! | 3 kirgan davrida saljuqiylar davlatidagi juda boy kitob xazinalari, SHahrisabz, Samarqand va Hirotdagi Temur va temuriylar kutubxonasi, Buxoroda shayboniylar va ashtarxoniylar kutubxonasi, Qo‘qon, Xiva va Buxoro xonliklari kutubxonalari musulmon olamiga mashhur bo‘lganligini bilib olamiz. YOzma axborot manbalari bo‘lgan kitob, gazeta, jurnal va boshqalar jamiyat taraqqiyotini, ma’naviy, ijtimoiy-maishiy talabehtiyojlarini to‘la qondirishga qaratilgan va butun insoniyat taraqqiyoti davomida shu vazifani ham bajarib kelgan. YOzma hujjatlar kishilarning o‘zaro fikr almashuv imkoniyatlarini kengaytirgan bo‘lsa, kutubxonalar yozma asarlar umrini uzaytirish vositasi hisoblangan. Boshqa ijtimoiy muassasalar kabi kutubxonalar ham jamiyatning eng zaruriy ehtiyojlari asosida vujudga keldi va turli davrlarda turlicha shaklda rivojlanib keldi. Buning sababi, ma’lumotlarni qayd qilish, uzatish vositasi sifatida ijtimoiy talabga javob beradigan yozuvning paydo bo‘lishi bilan o‘z-o‘zidan tabiiy holda ana shu yozuvlarni saqlay oladigan muassasalarni vujudga keltirishga ehtiyoj paydo bo‘lgan edi. SHu tufayli ham kutubxonalar avval-boshdanoq jamiyatning mo‘‘tadil mavjudligini ta’minlaydigan ajralmas qismi hisoblangan. Kutubxona – kitoblar va kishilik jamiyati tarixi yig‘indisi bo‘lgani uchun insonparvar muassasadir. Bunda insoniyat erishgan barcha ilmlar, turli fan sohalari bo‘yicha shaklidan, xilidan, turidan, tilidan qat’i nazar, adabiyotlar to‘plangan. Kutubxonalar zulmatga, nodonlikka, jaholatga qarshi kurashda faol bo‘lgan, kishilar qalbiga ezgulik, yaxshilik, sahovat, sadoqat, mehr-muhabbat, oqibat urug‘larini singdirgan. U insoniyat butun borlig‘ining buyuk hujjatlashgan guvohi sifatida yashab kelmoqda. Unga zarurat sezgan har bir kishi bemalol foydalana olishi va, o‘z navbatida, kutubxonalar shu maqsadda hammabop bo‘lishi kerak. Bora-bora madaniyatning takomillashuvi ijtimoiy va moddiy madaniyat taraqqiyotining tarixan rivojlanishiga asos bo‘lib, kutubxonalar, kitob fondi, ularni tashkil etish va boshqarishning, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishning muhim omiliga aylanib qoldi. Qadimgi davrlardagi SHumer va Nineviya sopol taxtachalaridagi yozuvlardan Misrdagi papirus o‘rama kitoblarigacha, o‘rta asrdagi masjid va madrasalardagi taqchil O‘zbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan ko‘rsatilishi shart! | 4 qo‘lyozmalardan to dastlabki maktablar uchun yaratilgan darsliklargacha bo‘lgan hamma davrda kutubxonalar ko‘plab tarixiy o‘zgarishlarni boshidan kechirdi va o‘sha davr jamiyat talablariga, taraqqiyotiga javob berib keldi. Har bir jamiyatning g‘oyalari, yangiliklari, oliy maqsadlari kutubxonalarning rivojlanishiga, mazmun-mohiyatiga ta’sir etdi. SHu tufayli, kutubxonalarning jamiyatda tutgan o‘rni, maqsad va vazifalari shunga qarab o‘zgarib, rivojlanib bordi. Hamon kutubxonalar jamiyat ma’naviy kamolotining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib qolmoqda. Zero, ma’naviyat kitoblar, axborot resurslarining boshqa turlari orqali shakllanadi. Buni jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ko‘rish mumkin. SHuning uchun kutubxonalarning ijtimoiy roli aniq tarixiy sharoitda namoyon bo‘ladi. Kutubxonachilik ishi hech qachon makondan va zamondan tashqarida mustaqil rivojlana olmaydi, jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Kutubxonalar ijtimoiy hodisa sifatida o‘zi ishlab turgan ijtimoiy muhit doirasiga bog‘liq ravishda shakllanishi buyuk haqiqatdir. Jamiyat kutubxonaning vasiysi bo‘lgani uchun ham kutubxonalar jamiyat oldida o‘z faoliyatiga javobgardir va uning ehtiyojiga javob berishi shart, ya’ni jamiyat a’zolarining axborotga bo‘lgan talabini to‘la va sifatli qondirishi axloqiy, ma’naviy, ijtimoiy qoidalar darajasiga ko‘tarildi. 1892–1972-yillarda yashab ijod etgan hindistonlik kutubxonashunos olim SH. R. Ranganatanning kutubxonachilik ishining besh qoidasi hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bular: kitoblar o‘qish uchun xizmat qiladi; har bir kitobning o‘z kitobxoni bo‘lsin; har bir kitobxonning o‘z kitobi bo‘lsin; kitobxonlar vaqtini asra; kutubxona o‘sayotgan organizmdir. Bunday fikrlar juda ko‘p va ulardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kitob ma’naviy kamolotning mahsuli, ma’lum bir bosqich yakunidir. Kitob o‘qish esa, o‘sib borayotgan ma’naviy ehtiyojni qondirish yo‘li, ma’naviyatni boyitish vositasi, ma’naviy kamolot kalitidir. Professor O. G‘. Qosimova va T. B. Esimovning 1994-yil nashr qilingan “Umumiy O‘zbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan ko‘rsatilishi shart! | 5 kutubxonashunoslik” darsligida O‘zbekistonda “Kutubxonashunoslik” fanining rivojlanish bosqichlari uch davrga bo‘lib ko‘rsatilgan. Agar shunga amal qiladigan bo‘lsak, hozirgi kunda bu davrlar to‘rtta bo‘ladi: 1918–1945-yillar; 1946–1974-yillar; 1975–1990-yillar; 1991-yildan keyingi davr. Bunday bo‘linishlar kutubxonachilik ishidagi rivojlanish xususiyatlari va sohaga oid amalga oshirilgan ilmiy-amaliy ishlar ko‘lamiga bog‘liq. Birinchi bosqichda kutubxonashunoslik masalalariga oid atigi 14 ta material e’lon qilingan bo‘lsa, 1976–1987yillarda birgina Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan chiqarilgan “O‘zbekistonda kutubxonachilik ishi tarixi” to‘plamida kutubxonachilik ishining turli yo‘nalishlari bo‘yicha 131 ta maqola e’lon qilingan. 4- bosqichda esa kutubxonashunoslik masalalariga oid o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, har ikki yilda an’anaviy tarzda O‘zbekiston hududida o‘tkazilib kelinayotgan “Central Asia” Xalqaro anjumani, boshqa xalqaro anjumanlar to‘plamlarida, xalqaro seminarlar, an’anaviy tarzda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilayotgan Betgerxonlik kunlari to‘plamlarida, Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yilda bir marta nashr etiladigan “XXI asrda bolalar kitobxonligi” Respublika seminari to‘plamida, “KUTUBXONA-UZ” oylik jurnali va “Kitob dunyosi” gazetasi sahifalarida muntazam maqolalar berib borilmoqda. SHu davrda sohaga oid birinchi marta qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 2006-yil 20-iyunda qabul qilingan Prezidentimizning “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi, 2011-yil 23-fevraldagi “2011–2015- yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatini yanada sifatli takomillashtirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari, 2012-yil 20-martda qabul qilgan “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot-resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorning o‘ziyoq bu davrning o‘ziga xos xususiyatlarini va ahamiyatini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan ko‘rsatilishi shart! | 6 O‘zbekistonda kutubxonashunoslik fanining birinchi bosqichi asosan fanning shakllanish davri deb hisoblanadi. Bu bosqichda Turkiston Respublikasida kutubxonalar tarmog‘ini barpo qilish, kutubxonachilik ishining tashkiliy va funksional jihatlarini asoslash, uning nazariy va amaliy asoslarini yaratish, turli xil kutubxonachilik ishiga oid konferensiyalar, kengashlar, qurultoylarni chaqirish, kutubxonachilik ishiga rahbarlik qilish organlarini tashkil etish bilan bog‘liq ishlar bajarildi. Bu ishlarni amalga oshirish o‘sha paytdagi Turkiston xalq kutubxonasi (hozirgi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi) faoliyati bilan bog‘liq. CHunki aynan shu kutubxonada o‘sha davrning eng etuk kutubxonachi-bibliograflari, dastlabki kutubxonashunos, sharqshunos olimlar, madaniyat arboblari to‘plangan edi. O‘zbekistonda “Kutubxonashunoslik” fanining shakllanishi va rivojlanishi Evgeniy Karlovich Betger nomi bilan bog‘liq. Y. K. Betger 1887-yil 30-iyunda Toshkent shahrida tug‘ilib, 1905-yili Toshkent erkaklar gimnaziyasini, keyin Moskva, Gendelberg, Kiev universitetlarini tugatgan. 1920–1924-yillari O‘rta Osiyo davlat universitetining sharq fakultetini tugatadi va sharq tillari bo‘yicha etuk mutaxassis bo‘lib etishadi. 1914-yilda juda keng bilimga, ayniqsa, rus tilshunosligi bo‘yicha etuk bilimga ega bo‘lgan Y. K. Betger Toshkent erkaklar gimnaziyasida rus tili va adabiyotidan o‘qituvchilik faoliyatini boshlaydi. 1915-yildan uning kutubxonachilik ishi bilan bog‘liq hayoti boshlanadi. Avval u Rus geografik jamiyatining Turkiston bo‘limida ham uning a’zosi, ham kutubxonachi lavozimida ishlaydi. 1915-yil u bir ovozdan kutubxona mudiri lavozimiga saylanadi. A. V. Penkov bilan kitoblarni joylashtirish ishini tugatib, kartochkali va predmet katalogini tuzishga kirishadi. Olimlar yordamida fondni kengaytirishga harakat qiladi. Fond, ayniqsa, o‘lkashunoslik xarakteridagi adabiyotlar bilan boyiydi. Y. K. Betger kutubxona fondini targ‘ib qilish ishini jonlantirdi, shu yo‘nalishda bibliografiya ishini tashkil qiladi. A. V. Penkov bilan birgalikda “1912-yil 1-oktabrdan to 1914-yil 1- yanvargacha bo‘lgan davrda turkistonshunoslikka oid kitoblar va maqolalarning bibliografik ko‘rsatkichi”ni va 1914–1915-yillar uchun ko‘rsatkichini tuzadi. 1917-yili u Turkiston ommaviy kutubxonasining Kuzatish qo‘mitasi tarkibiga ishga O‘zbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan ko‘rsatilishi shart! | 7 olinadi. Bu erda u asosan kitob fondini saqlash va uni targ‘ib qilish masalalari bilan shug‘ullanadi. Rahbarlik qobiliyatiga ega bo‘lganligi sababli, 1918-yil Turkiston xalq kutubxonasini qayta tashkil etish komissiyasi ishiga jalb etiladi, bir vaqtning o‘zida Xalq komissariati qoshidagi kutubxonachilik bo‘limini boshqara boshlaydi. Uning tashabbusi bilan Toshkentda kutubxona xodimlarini tayyorlash kurslari tashkil etiladi. Bolalar, maxsus va milliy kutubxonalar tashkil etila boshlaydi. Boshqa mutaxassislar bilan birgalikda ilmiy va akademik kutubxonalarning Markaziy O‘rta Osiyo birlashmasini boshqaradi. Markaziy bibliografik komissiya ishiga rahbarlik qilib, kataloglashtirish bo‘yicha mas’ul xodim, o‘nli tizim bo‘yicha yirik mutaxassis va indeksator sifatida o‘lka bo‘yicha kutubxonalar rahbarligiga tayinlanadi. 1922–1931-yillar ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, ilmiy kotib, 1947-yilgacha bo‘lim mudiri lavozimlarida faoliyat yuritadi. 1943-yil “A. I. Butakov kundaliklari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1920-yillardayoq Y. K. Betger kutubxonalar ishini tashkil etishdagi asosiy jihatlarga e’tiborini qaratadi. Bular: hisobotlarni tuzishda bir xillikka erishish, kutubxona fondi va kutubxona ma’lumot apparatini tashkil etish, katalog va kartotekalarni tuzish, kitob fondini saqlash, klassifikatsiya qilish va o‘nli klassifikatsiya asosida tavsiflash. 1918-yili L. K. Davidov, A. A. Metelnikov bilan birga 1-marta “O‘nli bibliografik klassifikatsiya”ni nashr ettiradi. Y. K. Betger bu ishni 1922-yili takomillashtirib qayta nashr ettirdi, unga so‘zboshi, uslubiy ko‘rsatma, foydalanish qoidalarini qo‘shadi. Betger kutubxonalar hisobotini va uning tarkibiy qismlarini belgilab beradi, unda kutubxonaning tuzilishi va kutubxona bo‘limlarida ishni tashkil etish haqidagi masalalami yoritishni talab qiladi. Bo‘limlar ishini qulay va to‘g‘ri tashkil etish kitobxonlarga ilmiy xizmat ko‘rsatishning mezoni ekanligini ta’kidlaydi. Uni takomillashtirishda kutubxona xodimining o‘rni beqiyosligini, buning uchun undan professional bilim, aql-zakovat, mahorat talab etilishini, kutubxonaning moliyaviy ahvoli, uning smetasini tuzish hamda tahlil qilib turish kutubxona faoliyatini rivojlantirishda, takomillashtirishda muhim ekanligini, kutubxonaning moddiytexnik bazasini mustahkamlashning kutubxona oldida turgan vazifalarni hamda aholiga kutubxona xizmati ko‘rsatishni yaxshilashning asosiy omili ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan ko‘rsatilishi shart! | 8 O‘rta Osiyo davlat kutubxonasi (hozirgi Milliy kutubxona)ning Y. K. Betger tomonidan tuzilgan yillik hisobotlarida qiyosiy tahlil usuli qo‘llanilgan bo‘lib, bu bilan kutubxonaning ijtimoiy roli yildan yilga oshib borganligi, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rish mumkin. Y. K. Betger bibliografik faoliyatga, ayniqsa, o‘lkashunoslik bibliograiiyasiga katta e’tibor beradi. Nashr etilmay qolib ketgan bo‘lsa ham, u juda ko‘plab o‘lkashunoslik xarakteridagi bibliografik ko‘rsatkichlarni tuzadi. Arab, fors va boshqa sharq tillarini mukammal bilgan mutaxassis sifatida hozirgi SHarqshunoslik instituti faoliyatida ham ishtirok etadi. 1947–49-yillarda sharq qo‘lyozmalarini tavsiflash ishida, 1952-yil tuzilgan “O‘zFA sharq qo‘lyozmalari katalogi”ning 1-jildini tuzishda qatnashadi. Nizomiy, Sa’diy, Navoiy, Ogahiy asarlarini tarjima qiladi. 1953-yili uzoq yillik samarali mehnatlari uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan kutubxonachi” unvoni bilan taqdirlanadi. A. P. Arxangelskiy va Stenmaxiar esa kutubxona budjeti, kitob fondining o‘sib borishi kutubxonachilik ishining taraqqiyotini belgilab beradigan omil bo‘libgina qolmay, balki kutubxonaning ijtimoiy rolini ham ko‘rsatib beradi deb ta’kidlashgan. Buni yana kitobning ommaga etkazib berilishiga, kutubxona ishi mazmunining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lib, yangi tipdagi kutubxonalar avvalgi kutubxonalardan siyosiy va madaniy masalalarni ilgari surishi bilan ajralib turishi zarur degan g‘oyani ilgari surishgan. Ushbu g‘oyani rivojlantirib, kutubxonalarning muhim vazifalaridan biri kutubxonaga zarurati, ehtiyoji katta bo‘lgan uy bekalari, uy xizmatkorlari, kosiblami va boshqalami jalb qilish zarurligini aytganlar. Kutubxonaning tarbiyaviy rolini oshirish uchun kutubxonachilik ishi sifatini yaxshilash, kitobxonlarga tabaqalashtirilgan (differensial) xizmat ko‘rsatish zarurligini ko‘rsatdilar. O. V. Maslova va M. N. Latipovalarning 1931-yil nashr etilgan “Alifbo katalogi” amaliy qo‘llanmasida asarlarni tavsiflashda qo‘llaniladigan ruscha-o‘zbekcha qisqartirilgan so‘zlar lug‘ati va boshqalar o‘zbek tilida nashr qilingan kitoblar asosida ishlab chiqiladi. O‘zbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan ko‘rsatilishi shart! | 9 Olga Vasilevna Maslova yirik kutubxonashunos-bibliograf, Respublikada xizmat ko‘rsatgan kutubxonachi, tarix fanlari nomzodi, xalqimiz ma’naviy merosining faol targ‘ibotchisi 1893-yil 11-sentabrda Toshkentda harbiy xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Faoliyati davomida ma’lumot-bibliografiya apparatini, tarix, geografiya, geologiya, gidrologiya, biologiya, O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatiga oid bibliografik ishlarni tuzadi. Bibliografik tavsif, annotatsiya va sharhlarni tuzish metodikasiga alohida e’tibor qaratadi. Kutubxonashunoslik fani taraqqiyotining birinchi bosqichi kutubxonachilik nazariyasining tashkiliy masalalari bilan bog‘liq bo‘lib, ular 1921-yil noyabr oyida Markaziy idoralararo kutubxonachilik komissiyasining barpo qilinishi, 1923-yil Toshkent shahrida kutubxona birlashmalarining tashkil etilishi, turli kutubxonachilik kengashlari, konferensiyalar, seminarlar, qurultoylarning chaqirilishi, respublikadagi ayrim kutubxonalar faoliyatini tekshirish, kutubxona shoxobchalarini rivojlantirish rejalarining tuzilishi, etakchi kutubxonalarning ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish, targ‘ib qilish, ommalashtirish va boshqa ishlar amalga oshirildi. O‘sha davrda kutubxonashunoslar tomonidan ba’zi bir muammolar o‘rganilgan va rivojlantirilgan. Bular: O‘zbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan ko‘rsatilishi shart! | 10 kutubxonachilik ishi tarixi va nazariy asoslarining umumlashtirilishi (O‘zbekiston davlat kutubxonasi asarlarining nashr qilinishi va ilmiy sessiyalarning o‘tkazilishi); O‘zbekiston davlat kutubxonasining ilmiy hisobotlarini tuzish va faoliyatini tahlil qilish; kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishning ahvoli va kutubxona fondini to‘ldirish muammolarini o‘rganish; kutubxona shoxobchalari va tarmoqlarini tashkil qilish; tavsiflash metodlari va alifbo katalogini tashkil qilishning nazariy asoslarini ishlab chiqish hamda o‘zbek tilidagi kutubxonachilik atamalari muammolarini tadqiq etish; turli xil nazariy qarashlar (tanqidiy, munozarali), aniq namoyon bo‘lgan o‘nli bibliografik klassifikatsiya jadvali nazariy va amaliy asoslarining ishlab chiqilishi. O‘zbekistonda kutubxonachilik fani rivojlanishining ikkinchi bosqichi birinchi bosqichdan farqli ravishda sohada mahalliy millat vakillarining ko‘payishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda kutubxonachilik ishining umumiy masalalaridan tortib, alohida kutubxonalar faoliyati, kutubxona tarmoqlari, kutubxonalar ishining ayrim yo‘nalishlari, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, kutubxona fondiga oid muammolar, kutubxonalar ishini tashkil qilish, kutubxonalarda ilg‘or tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va targ‘ib qilish, boshqa kutubxonalar amaliyotiga joriy etish, kutubxonalar ish tajribalarini ommalashtirish va targ‘ib qilish maqsadida to‘plamlar nashr qilish, lug‘atlar, ma’lumotnomalar tuzish, ma’lum mavzularda dissertatsiyalar yaratish masalalari asosiy o‘rinda turdi. 1940-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab matbuotda O‘zbekistonda kutubxonachilik ishi, uning tashkil etilishi, tarmoqlarning rivojlanishi, A. Navoiy nomidagi davlat kutubxonasining faoliyati, tashkiliy-metodik ishlariga oid materiallar paydo bo‘la boshlaydi. 1950-yillar o‘rtalariga kelib, jamoa xo‘jaliklari kutubxonalari ishi keng o‘rganiladi va ular matbuotda yoritila boshlanadi. O‘tgan asrning 60-yillariga kelib, qishloq va sho‘ro xo‘jaligi kutubxonalarining faoliyati, taraqqiyoti bo‘yicha O‘zbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan ko‘rsatilishi shart! | 11 materiallar paydo bo‘ldi. Markaziy ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasi faoliyati, qishloq va sho‘ro xo‘jaligi kutubxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yoritila boshlandi. 1950-yillardan bolalar kutubxonalari xodimlarining bolalarga kutubxona xizmati ko‘rsatish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, bolalar o‘qishiga rahbarlik qilish, bolalar bilan ishlash masalalarini yoritadilar. O‘tgan asrning 60-yillari boshlariga kelib, ochiq kitob fondlarini tashkil etish masalasi oldingi o‘ringa chiqdi. 1960- yilda Farg‘ona va Buxoro viloyatida tuman kutubxonalarining ochiq kitob fondi sharoitida kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish tajribasi o‘rganilib, respublika miqyosida bu ilg‘or tajribani yoyishga o‘tildi. Dastlab bu masalada Moskva va Sankt-Peterburgda nashr qilingan uslubiy qo‘llanmalardan foydalanildi. SHuning uchun milliy tildagi adabiyotlar fondini shakllantirish, kitoblarni joylashtirish usullarini ishlab chiqish, tavsiya bibliografik qo‘llanmalarining etishmasligi, katalog va kartotekalar tizimining takomillashmagani tufayli kutubxona fondi mazmuni to‘la ochib berilmasligi, ochiq kitob fondi sharoitida “kutubxonachining bo‘lishi shart emas” degan tushunchalarning paydo bo‘lishi kutubxonachilik ishini takomillashtirishdagi asosiy to‘siqlar bo‘lib qoldi. SHu sababli, O‘zbekiston davlat kutubxonasi metodik markaz sifatida ochiq kitob fondi sharoitida kitobxonlar o‘qishiga rahbarlik qilish, kutubxona fondini o‘rganish va to‘ldirish, katalog va bibliografk qo‘llanmalardan foydalanish hamda boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha tajribalarni o‘rganish, ommalashtirish, umumlashtirish masalalari bilan shug‘ullandi. Kutubxonachilar uchun viloyat, shahar, tuman kutubxonalarida ochiq kitob fondini tashkil etish, fondni joylashtirish, kutubxonachilarga yordam beradigan adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan tavsiya uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish boshlandi. SHu sharoitda o‘qishga rahbarlik qilish, kitobxonlar qiziqishini o‘rganish, ommaviy, bolalar, kasaba uyushmalari, texnika kutubxonalarida ochiq fondni tashkil etish kabi.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə